Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o`quvchilarning yozma va o`g`zaki nutqini o`stirish.
Mavzu doirasida lug`at boyligini oshirish.
Mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish.
Dars turi: Mustahkamlovchi.Interfaol.
Darsning joihozlanishi: Turli kasb egalari va ularning faoliyati bilan bog`liq turli rangli rasmlar, orzu haqidagi donolar (shoir, yozuvchi, faylasuf kabi)ning fikrlaridan namunalar, tarqatma materiallar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: suhbat-brifing.
Dars rejasi:
Tashkiliy qism – 2 daqiqa.
Uyga vazifa tekshirish – 10 daqiqa.
Mustahkamlash – 20 daqiqa.
Mashq va topshiriqlarni bajarish – 10 daqiqa.
O`quvchilar bilimini baholash va uyga vazifa berish – 3 daqiqa.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Darsni tashkil qilish,davomatni tekshirish,o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.Uyga berilgan vazifani,o`quvchilarning tuzib kelgan matnlarini o`qittirish,tahlil qilish va baholash.
O`tilgan dars yuzasidan savol-javob o`tkazish.
O` quvchilarni dars mavzusi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o`quv topshiriqlarni bajarishga yo`llash.
Mavzu yuzasidan mustahkamlash: “Orzular qanotida” matni ustida ishlash , savol va topshiriqlar bajarish, lug`at ustida ishlash, yangi so’zlar ishtirokida gaplar tuzish.
Mashq va topshiriqlar bajarilish:1-2-mashqlarni,2-topshiriqni shartiga ko`ra bajarish.
O`quvchilar bilimini baholash:Darsdagi faolliklariga ko`ra baholash.
Uyga vazifa berish:Mavzu yuzasidan savol-topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |