O`quvchilar bilimini baholash:Guruhlarda bajargan ishlariga ko`ra baholash.
Uyga vazifa: O`zbek milliy kuylari haqida orttirma nisbatdagi fe’lning majhul nisbatda qo`llanishiga 5-6-ta gap tuzish.
sana
sinf
Mavzu:Musiqa olamida.(Orttirma nisbatdagi fe’lning majhul nisbatda qo`llanishi).
2- dars
Darsning ta'limiy maqsadi: “Musiqa olamida” mavzusiga oid leksik mini- mumini boyitish, uni faol leksikaga aylantirish.
Shu mavzuga oid yozma va og`zaki nutqiy ko`nikmalarini shakllantirish. O`z nutqida orttirma nisbatdagi fe’lning majhul nisbatda qo`llanishini mustaqil ravishda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Savodxonlik, to`g`ri talaffuz me’yorlari ustida ishlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O`quvchilarda musiqa haqida tushuncha hosil qilish,musiqa turlariga havas uyg`otish. Musiqani tahlil qilish orqali olinadigan estetik zavqni uyg`otish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O`quvchilarda mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
Bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ijodiy yondoshishni shakllantirish.
O`quvchilarning so`z boyligini va lug`at boyligini oshirish.
Darsning turi:Interfaol.Mustahkamlovchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, flipchart, marker, darslik, rasmlar, mini test topshiriqlari.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (guruhlarda o`qitish texnologiyasi)
Dars rejasi:
Dars bosqichlari:
Tashkiliy qism-2 daqiqa
Uy vazifasini so`rash-10 daqiqa
O`tilgan mavzuni mustahkamlash-20 daqiqa
Mashq-topshiriqlar bajarish-10daqiqa
O`quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish - 3daqiqa
Tashkiliy qism:
Dars tashkil qilinadi, davomat aniqlanadi. O’quvchilarning darsga tayyorgarligi ko`rib chiqiladi.
Darsning borishi va maqsadi bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |