IV. Darsni mustahkamlash: Kuzating va yasab ko‘ring:
1.Yasab bo‘lgan o‘quvchilar ishini baholash uchun savol-javob o‘tkazaman. 2.Qaysi mashinani yoqtirasiz ? 3.Mashinalar nima uchun kerak?
V.O‘quvchilarni rag‘batlantirish. O‘quvchilar ishini baholayman.
VI . Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan ishlarini tugatib kelish.
O‘IBDO‘ ____________________
Sana: _____________
Meva va sabzavotlarning simmetrik shakllarda yasash
Maqsad: Ta’limiy: Qog‘ozni buklash usulida gul yasash texnologiyasi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarda o‘ziga ishonchni tarbiyalash.Go‘zallikni yarata olish va undan zavqlanishni o‘rgatish.Tejamkorlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyasini
rivojlantirish,Urug’lar,qaychi va qog’oz bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
O‘quv jarayoniga oid kompetensiya: TK 1: texnologiya faniga oid atamalarni to‘g‘ri talafuz qila olish.TK 2; turli manbalardan axborotlarni eshitish, ko‘rish va tushunish. TK3:texnologiya faniga oid bilimlarini boyitish, tirishqoqlikni, qo‘l harakati motorikasini rivojlantirish.TK 4: o‘zining o‘quvchilik burchini bilish, jamoada ishlay olish.TK 5:xalq hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlar va kasb-hunarlarni haqida tushunchaga ega bo‘lish. TK 6:tabiiy va turli materiallardan foydalanishda tejamkorlikka rioya qilish. F.k.1 turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
O‘tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko‘rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Quritilgan meva urug’lari, qog’oz,qaychi,yelim,albom varog’i.Tayyor yasalgan naqsh namunalari.
Darsning borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |