Sanaat geografiyasi pa’ninin’ obekti ha’m predmeti joba
Download 0.96 Mb.
|
2a geo 412 Нурполат[1]
Organik sintez kimyosi. Ushbu sohaning rivoji gaz sanoati bilan bog’liq. Organik sintez kimyosi sohasining eng yirik korxonasi Navoiy kimyo kombinati xisoblanadi. Bu Yerda asitelin, sirka kislotasi, asetilyuloza, nitron tolalari ishlab shiqariladi. Farg’onada asitat ipak ishlab shiqariladi. Namangan kimyo zavodida viskoz ipak ishlab shiqarilmoqda. Bu su’niy tolalar turli xil gazlamalar, gilam, trikаtaj ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Respublika xalq xo’jaligi polietilen plenkalariga talabi kushli. Ayniqsa shigit ekishda polietilen plenkalar ko’p ishlatiladi. Shuni xisobga olib Qashqadaryo viloyatida AQSH va boqa shet davlatlar bilan xamkorlikda Sho’rtangaz kimyo majmuasi 2001 yilda qurib ishga tushirildi. Xozirgi kunda ushbu majmuada gaz asosida polietilen plenkalari xom ashyosi tayorlanmoqda. Ushbu xom ashyo asosida Jizzaxdagi plastmasa zavodida polietilen plenkalari ishlab shiqarilmoqda. Bundan tashqari Jizzaxdagi plastmassa zavodida turlisha diametrga ega bo’lgan plastmassa quvurlar xam ishlab shiqarilmoqda. Plastmassa maxsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida Toshkent plastmassa zavodi qayta qurilib kengaytirildi. Oxangaron plastmassa zavodida plastmassa asosida leoneldum, polietilen quvurlar ishlab shiqarilmoqda. Olmaliq maishiy kimyo zavodida kundalik xarid maxsulotlari bilan birga polimyer tolalar ishlab shiqarmoqda. Respublika kimyo sanoatining yana bir yo’nalishi rezina-texnika maxsulotlari ishlab chiqarishdir. Texnik rezina buyumlar – Toshkent, Yangiyo’l, Angren rezina-texnika zavodlarida ishlab shiqarilmoqda. Angren rezina kombinatida turli xildagi rezina texnika maxsulotlari bilan birgalikda kelajakda avtomobil shinalari xam ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Toshkent va Popda shina ta’mirlash zavodlari ishlab turibdi. Popda (Namangan viloyati) rezinadan poyabzal tayorlovshi zavod maxsulot ishlab shiqarmoqda. Kimyo sanoatida gidroliz korxonalari respublikamizda urushdan keyingi yillarda qurilma boshladi. Farg’ona furan birgaliklari, Yangiyo’l biokimyo, Andijon gidroliz zavodlarida asosiy xom ashyo shigit sheluxasi va sholi qipig’idan texnik etil epyerti, furfurol, ozuqa ashitqilari (xamirturush), furil spirti, ksilet, laprol, katamizatorlar va boshqa maxsulotlar ishlab shiqaradi. 90 yillar boshida bu zavodlarda g’alladan oziq-ovqat (etil) spirtli ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sanoat tarmoqlarini respublikaning o’zida ishlab shiqarilgan spirt bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming tonnaga Yaqin karbon kislotalari xam ishlab shiqariladi. Respublika kimyo sanoatining maxalliy axmiyatga ega bo’lgan yo’nalishlarga lak-bo’yoq va maishiy-kimyo maxsulotlarini ishlab chiqarish kiradi. Toshkent lak-bo’yoq zavodida xilma-xil maxsulotlar tayorlanmoqda. Olmaliq zavodida kir yuvish vositalari ishlab shiqarilmoqda. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling