Sanaat geografiyasi pa’ninin’ obekti ha’m predmeti joba
Download 0.96 Mb.
|
2a geo 412 Нурполат[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoyi gazlamalar.
To’qimachilik sanoati. Respublikamizda sanoat usulida gazlamalar ishlab chiqarish 20 asrning 20 yillarida boshlandi. 1930 yilda Farg’ona ip yigirish-to’qish fabrikasi (xozirgi Farg’ona to’qimachilik kombinati) ishga tushirildi. 1932 yildan Toshkent to’qimachilik kombinatini qurish boshlandi. Toshkent to’qimachilik kombinati va Farg’ona yigiruv-to’quv fabrikasi 1945 yilda respublikada ishlab shiqarilgan jami ip gazlamaning 95,4%ini byerdi. Keyinshalik Buxoro to’qimachilik kombinati, Pop noto’qima matyeriallar kombinati, Xiva gilam kombinati qurib ishga tushirildi. Respublikada xozir 4 ta to’qimachilik kombinati va 30 dan ortiq yigiruv-to’quv fabrikalari ishlab turibdi.
Xozirgi kunda Jahon talablariga mos keladigan ip gazlamalar ishlab chiqarish maqsadida AQSH, Italiya, Turkiya, Toshkent, Xindiston, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlar farmonlari bilan ip gazlama ishlab shiqaradigan Yangi qo’shma korxonalar tashkil etilmoqda. “Supyertekstil” paxta ip yigiruv O’zbekiston-AQSH qo’shma korxonasi, O’zbekiston-Janubiy Koreya, Kobul-to’ytepa tekislik, “Farg’ona tekstil” qo’shma korxonalari faoliyat ko’rsatilmoqda. Qarshi va Guliston Turkiyaning “Yazeks” korporatsiyasi bilan xamkorlikda to’qimachilik majmualari qurilmoqda. Shoyi gazlamalar. Marg’ilonda “Ipakchi”, “Marg’ilon xonatlasi” va Namangan “Atlas” aktsiyadorlik jamiyati, Namangan abrli gazlamalar kombinati, Samarqand “Musaffo” aktsiyadorlik jamiyati, Qo’qon shoyi to’qsh fabrikasi, “Xorazm ipagi” aktsiyadorlik jamiyati, Poytug’ shoyi to’qish fabrikalarida to’qib shiqarilmoqda. Bu korxonalar shoyi gazlamalar turlari bo’yisha ixtisoslashgan. masalan: Marg’ilon “Ipakchi” korxonasida krepdeshin, krepshifon, krepjorjet, “Marg’ilon xonatlasi” aktsiyadorlik jamiyatida tabiiy ipakdan milliy gazlamalar, atlas, xonatlas, beqasam, shoyi Shuningdek plashbop, kastyumbop, astarbop gazlamalar Namangan shoyi ishlab chiqarish korxonasida ipakli shtapel, viskoza va aralash tolalardan kiyim-keshak tikiladigan gazlamalar, ip gazlama ishlab shiqarildi. Samarqand “Musaffo” shoyi korxonasi tukli va jakkard gazlamalar, Qo’qon shoyi fabrikasi tabiiy ipak, su’niy ipaklardan abrli gazlamalar ishlab shiqaradi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling