San’atshunosllik fakulteti Cholg`u ijrochiligi yo`nalishi 3-kurs h guruhi talabasi sayfiddinov mo`minjonning


Download 1.01 Mb.
bet3/9
Sana14.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1197335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mo`min Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risidagi qarorida “umumiy o'rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg’ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to’g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi”.Olib borilayotgan islohotlar shuni ko'rsatib turibdiki, о`zbek milliy musiqa san'ati yanada yuksalishining kelajagi borasida qator rejalar ishlab chiqilib amalga tatbiq etilmoqda.
Kurs ishimning maqsadi skripka cholg`usini yosh avlodga yanada yorqinroq tanitish orqali bo`lajak o`quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda ushbu cholg`u asbobini chala olish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari: Asosiy vazifalardan biri skripka cholg`usini mukammalroq o'rganish hamda uni amalda qo`llay olish malakalarini rivojlantirish va ko'nikma xosil qilish ansambllari ijrosidagi unison, hamda kup ovozli musiqiy asarlarni o‘rganish, tahlil qila olish; cholg‘u haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkaza olish; cholg‘u ijrochiligi va ansambli tarihi, shakillantirishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
cholg‘uda ijro etishni o‘rgatish jarayoni o‘quvchilar tomonidan ijro asoslarini ongli ravishda puxta egallash, ijro uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni hosil qilish va ularni amalda qo‘llay olish hamda mustaqil ijodiy fikrlash va kuzatish qobiliyatlarini rivojlantirish, huningdek, etsetik didini shakillantirishga qaratishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti:Ushbu cholg`u asbobini umumta’lim va musiqa maktablarida o`quv mashg`ulotlari jarayonida chalish davomida o`quvchilarning individual xususiyatlarini,notani mukammal o`qiy olishi, cholg`u asbobining texnik va musiqiy tomondan sozligini e’tiborga olish zarur. O’rgatish jarayonining muhim omili, musiqachi-ijrochidan talab etiladigan asosiy ko’nikmalardan biri - xotira qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Chunki bir necha va turli janrdagi asarlardan tuzilgan dasturni ijro etish uchun ijrochida albatta xotira malakalari shakllangan bo’lishi zarur. Buning uchun mashg’ulot jarayonida xotira malakalarini o’stirish maqsadida maxsus uslublardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu nazariy va amaliy tarzda olib borilishi mumkin. Nazariy yo’nalishda musiqa nazariyasi fani bo’yicha (solofedjio fanida o’tiladigan materiallarni - akkord va intervallarni eshitib aniqlash) hamda amaliy yo’nalishda oldingi ijro etilgan asarlarni takrorlash usuli qo’llanishi mumkin.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling