San’atshunosllik fakulteti Cholg`u ijrochiligi yo`nalishi 3-kurs h guruhi talabasi sayfiddinov mo`minjonning


I-Bob. Skripka cholg‘usining yaratilishi tarixi va takomillashuvi


Download 1.01 Mb.
bet4/9
Sana14.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1197335
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mo`min Kurs ishi

I-Bob. Skripka cholg‘usining yaratilishi tarixi va takomillashuvi
1.1. Skripka cholg‘usining yaratilishi
Skripka slavyancha so’zdan olingan bo’lib “skri” ya’ni — gʻijirlamoq degan ma’noni anglatadi. Skripka torli kamonli musiqa cholgʻu asbobidir. Skripkasimon cholgʻu asboblari Skripka, skripka alt, violonchel va kontrabas orasida yetakchi va eng baland registrli soz hisonlanadi. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshadi.. Umumiy uzunligi 600 mm ni tashkil qiladi. Skripkaning klassik shakli XV XVI larda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. XVII XVIII asrlarda Shimoliy Italiya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar Skripkaning mukammal namunalarini yaratishgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. XVII XVII asrlardan Skripkada yakkanavozlik sanʼati rivojlanib kelmoqda, Skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada XIX asrda virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlar N. Paganini, P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta boʻldi. XX asr skripkachilaridan F. Kreysler (Avstriya), I. Menuxin (Angliya), I. Stern, I. Perelman (AQSH), A. S. Mutter (Germaniya), Sh. Mins (Isroil), G. Shering (Meksika), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov (Rossiya), G. Krem yer (Latviya) va b. mashhur. Oʻzbekistonda M. Reyson, N. Pover, V. Yudenich va b. skripkachilar tanilgan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan D. Xoliqov, N. Hoshimov, T. Yaxshiboyev va b. xalqaro tanlovlarda gʻalabalarga erishgan. Oʻzbekiston kompozitorlari Skripka uchun konsertlar (Ik. Akbarov, S. Jalil va b.), sonatalar (G. Mushel, N. Zokirov va b.) kabi asarlar yaratishgan. XX asr boshidan oʻzbek (Andijon maktabi va b.) sozandalari baʼzida Skripkadan gʻijjak oʻrnida foydalanishadi.


Violonchel (ital. violoncello) -skripkastlotar oilasiga mansub torlikamonli soz. Bastenor registrli. 4 tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Diapazoni 5 oktavaga yaqin. Umumiy uz. 155 sm. Ijro paytida V.ni tik holatda ushlab sahnaga qoʻyishadi. 15-asr oxiri — 16-asr boshi da Yevropada xalq kamonli sozlari rivoji natijasida yuzaga kelgan. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambl va orkestrlar tarkibida ishlatiladi. Oʻzbekistonda V. ijrochiligi 19-asr oxirida shakllangan. Oʻzbekiston kompozitorlaridan S. Jalil V. va orkestr uchun konsert, G. Mushel, B. Giyenko, F. YanovYanovskiy, S. Karimxoʻjayev, N. Zokirovlar turli pesalar yozgan.

Violonchel (italyancha „violoncello” so'zidan kelib chiqqan; qisqartmasi cello) — toʻrt torga ega boʻlgan torli va kamonli musiqa asbobi. Ovozining balandligi boʻyicha alt va kontrabasning orasida turadi. Altning kattalashtirilgan shakliga ega. Violonchel qadimgi viola (italyancha: viola da Gamba) asbobining zamonaviy holidir. Violonchelning tuzulishi xuddi altniki kabi, biroq bir oktava past. Violonchelning ovoz hajmi juda kattadir — uch yarim oktava. Violonchelchi tizzalarini orasida, violonchelni vertikal, shpilini polga tiragan holda qoʻyib chaladi.


Dunyoning eng yaxshi skripkalari buyuk, iste'dodli italiyalik usta - Stradivarining skripkalari, aniqrog'i uning ijodining "oltin davri" - 17-asr oxiri - 18-asr boshlari. Uning yaratgan skripkalari shu qadar sehrli va g'ayrioddiy bo'lib eshitiladiki, zamondoshlari uning ruhini shaytonga sotganini aytishgan. Ma'lumki, Stradivari 1000 ga yaqin skripkani yaratgan, ammo buyuk ustozning atigi 600 ga yaqin skripkasi bizning davrimizgacha etib kelgan, ularning har biri bir milliondan uch million evrogacha bo'lgan.

Ba'zi qiziqarli ma'lumotlar. Albert Eynshteyn bir vaqtlar pubda skripka chalib ijro etgan. Buni kuzatib borgan va ushbu rassomning ismini bilib olgan bir jurnalist gazetada bu haqda eslatma yozgan. Eynshteyn buni o'zi uchun saqlab qoldi va hammaga uning skripkachi ekanligini va buyuk olim emasligini aytdi. Shuningdek, "Mona Liza" ni suratga olayotganda Leonardo Da Vinchi skripka chalishni buyurganligi haqida afsona mavjud. Uning tabassumi musiqaning aksi ekanligiga ishonishadi.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling