Mavzu: Buloq va daraxt
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Mavzu haqida nazariy ma’lumot berish. O’quvchilarda to’g’ri, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni ezgu fazilatlarga yo’g’rilgan milliy ruhda tarbiyalash,o’zgalar fikriga hurmat bilan qarashni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning erkin fikrlash doirasini kengaytirish.
Dars turi: Yangi tushuncha,bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, ―Didaktik o’yin‖, ―Javobim o’zim bilan‖,
―Bo’lishi mumkin emas‖, ―Bu meniki‖, ―Muzyorar‖ o’yinlari.
Dars jihozi: Darslik, videolavha, ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
Uyga vazifani baholash.
Uyga vazifa savol-javob orqali baholanadi. 1.Alisher Navoiy kim bo’lgan?
2.Necha yoshdan maktabga boradi? 3.Alisher qanday bola bo’lgan?
―Javobim o’zim bilan‖ o’yini.
Aziz bolajonlar, Alisherning do’sti bulbul kechgacha tergan gullaridan bizga ham hadya qildi. Bu gullar sirliligi bn boshqa gullardan ajralib turadi. Chunki gul bargida savol va topshiriqlar berilgan. Savollarga to’g’ri javob bersak gul yaproqlari ochilib bugungi darsimizning mavzusi kelib chiqadi. Savol va topshiriqlar:
Botir so’zidagi bosh harfni ayting.
Buloq so’zidan b harfini olib tashlang.
Vali so’zining birinchi bo’g’ini qanday?
D,A harflaridan bo’g’in hosil qiling.
Karaxt so’zidagi 1-bo’g’inni olib tashlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |