Sangilova setora 5141600-boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish kunduzgi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun boshlang’ich sinf ona tili
Download 0.66 Mb.
|
Guliston davlat universiteti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa berish.
Darsni yakunlash.―Kayfiyatni aniqlash‖ mashqi O’qituvchi doskaga 3 xil kayfiyat aks etgan rasm iladi. O’quvchilarga hohlagan rasmni tanlab daftarlariga chizish topshiriladi. Chizib bo’lgach nega aynan shu rasmni tanlaganliklari so’raladi. Darsga xulosa yasaladi. O’quvchilar darsda faolligiga qarab baholanadi. Uyga vazifa berish.―Buloq va daraxt‖ ertagini so’zlab berish. 2.2 Tajriba-sinov ishlari natijalariKo’rgazmalilik asosida lug’at ustida ishlash. Bolalarning lug’atini boyitishda predmetlar rasmini ko’rsatish ko’rgazmalilik juda foydali. O’quvchi eshitayotgan, yozayotgan narsalarni ko’zi orqali ko’radi. Bu esa bolalarning xotirasida mustaqil saqlanadi. 4-sinf o’quvchilari G tovushi va harfi bilan tanishayotganda, G tovushi so’zning boshida, o’rtasida va oxirida kelishini eshitadi va ko’rgazmalar orqali ko’radi. O’quvchining ko’z oldida turgan predmet uning xotirasida yaxshi saqlanadi. Undan nima maqsadda foydalanish aytiladi. Mantiqiy mashqlar orqali mustahkamlanadi. Birinchi bor mashq qilish o’qituvchi ishtirokida o’tadi. Mashqda fikrni ixcham grammatik qonun-qoidalariga amal qilgan holda bayon qilishga e’tibor beriladi. Bolalar ko’rmagan narsalarini gapirishda xatoliklarga yo’l qo’yadilar. Boshlang’ich sinflarda tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlarni tizimli o’rganish talab etiladi. Har bir yangi o’zlashtirilgan so’z keyingi darslarda mustahkamlanishi qaytarilishi lozim. So’zlarni bo’g’inga ajratish, qayta-qayta o’qish, unga urg’u qo’yish, turlash, tuslash va gap tuzish topshiriladi. O’quvchining bu so’zlardan o’z nutqida qanday foydalanayotganligi tekshirib turiladi. O’quvchilarning fonetik tahlil qilishiga o’rgatish va darsning samaradorligini oshirish uchun, mustaqil ishning bir turi bo’lgan tarqatma materiallar bilan ishlash foydalidir, chunki tarqatma materiallar bilan ishlashda o’quvchi topshiriqni xech kimning yordamisiz o’zi bajarishga harakat qiladi. Bunda o’rganilayotgan so’zni o’quvchi yaxshi o’zlashtiradi, og’zaki nutqi xam o’sadi, faol lug’ati ham boyiydi. Bu o’tilganlarni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganliklarini tekshirish uchun xam qulay. Tarqatma materiallar darsning turini hisobga olib tarqatiladi. Tarqatma materiallar tuzish uchun quyidagi so’zlardan foydalanish lozim. A’zo, san’tkor, a’lo, she’r, va’da, ma’no, ma’lumot, jur’at. Ta’lim, mas’ul, ta’rif. Tarqatma materiallar bilan ishlashda so’zlarni ovoz chiqarib o’qishga so’zdagi tovush va harflar sonini to’liq aytishga, unli tovushni aniqlashga so’zni bo’g’inlarga ajratib, bo’g’inlar sonini aytishga urg’uli bo’g’inni topishga alohida e’tibor beriladi Lug’at ishi jarayonida tovushlarning o’rin almashishi (tuproq-turpoq, ahvol- avhol) jarangsizlanishi (kitob-kitop) jarangsizlashuvi (qishloq-qishlog’, bilak- bilag) tushib qolishi (g’isht-g’ish, go’sht-go’sh, kelsa-kesa), orttirilishi (rais- rayis, qism-qisim) kabi til hodisalariga ahamiyat berilsa, o’quvchilarning adabiy talaffuzi ko’nikmalari orttiriladi. Unlilarning aytilishi va yozilishi bo’yicha lug’at ustida ishlash. O’quvchilar birinchi sinfda alifbe davridayoq, unli tovushlar ularning talaffuzi yoki yozuvda unli xarflar bilan ifodalanishi. Unlilarning bo’g’in hosil qilishini bilib oladilar. Shuningdek, talaffuzi bilan imlosi farq qilingan unlilar lug’atlarini; Shamol, mashina, navbatchi, bahor, bulut, butun, uchqun kabi bir qancha so’zlarni leksik ma’nolari bilan tanishadilar. O’quv yilining ikkinchi yarmida ona tili darslarida a. o. i. e. u. o’. unlilarning talaffuzi va yozilishini bilib olganlar. 2-sinfda unlilarning imlosini takrorlash va mustahkamlash mashqlari o’tkaziladi; aytilishi bilan yozilishida farq qiladigan unlilar bor so’zlarning talaffuzi bilan yozilishini farqlash, og’zaki va yozma nutqda ularning mustaqil va to’g’ri qo’llay olish, leksik ma’nosini aniqlash yuzasidan mashq qilinadi. Bunda qo’yidagi mashq turlaridan foydalaniladi. Nutqlar o’rnini to’ldirib yozish, Tushurib qoldirilgan qo’yib yozish; Nuqtalar o’rniga so’zlar qo’yib, gaplarni to’ldirib yozish; V) So’zlarning leksik ma’nosini aniqlash, lug’atini boyitish. Rasmda ko’rsatilgaaan predmetlarning nomini yozish. Rasmlarning nomini qo’yib, gaplarni to’ldirib yozish. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan unlilarning tagiga chizish. Berilgan so’zlar bilan gap tuzish. So’zlarni bo’g’inga va bo’g’in ko’chirish qoidasiga ko’ra bo’laklarga ajratib yozish. Bu mavzu ustida mashq qilish jarayonida dastur talabiga ko’ra o’rganiladigan imlosi qiyin davlat, jahon, lavlagi, navbatchi, no’xat, ohak, pomidor, savol, tamom, shabada, shaftoli, hayvonot kabi so’zlarning yozilishi o’zlashtiriladi. A va O unlilarning talaffuzi va yozilishini takrorlash. O’rganilgan so’zlarning talaffuzi va yozilishini mustahkamlash hamda o’quvchilar qanday o’zlashtirib olganliklarini aniqlash, uy vazifasini tekshirish uchun jahon, shamol, davlat, javlon, kavlamoq, kontsert, shavkat, havaskor, davo, gavda, havo, so’zlari lug’at nazorat ishi yozdiriladi. O’qituvchi aytib turadi so’zni o’quvchilardan biri izohlaydi. Jahon so’zining birinchi bo’g’inidagi a unlisi o unlisidek eshitilsa ham a harfini yozamiz. Jahon so’zi yoki qaysi harfni yozish kerakligini ko’rsatadi. Boshqa so’zlar ham shunday izohlab yoziladi. 152-mashq o’qituvchi rahbarligida doskada va daftarda ishlatiladi.153- mashqni esa o’quvchilar mustaqil bajaradilar. Mustaqil ishning bajarilishi tekshirilgach, kanal, shabada so’zlarining talaffuzi va imlosi izohlanib, o’quvchilarning lug’at daftarlariga yozadilar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling