Sanitariya nazorati to’g’risida


-modda. Kimyoviy moddalar, biologiya vositalari va materiallarini qo‘llanishga, zararsizlantirishga, qayta ishlashga, ko‘mib tashlashga qo‘yiladigan talablar


Download 183.5 Kb.
bet4/11
Sana23.04.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1387503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SANITARIYA NAZORATI TO’G’RISIDA”GI QONUN BANDLARINI O’RGANISH

11-modda. Kimyoviy moddalar, biologiya vositalari va materiallarini qo‘llanishga, zararsizlantirishga, qayta ishlashga, ko‘mib tashlashga qo‘yiladigan talablar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar kimyoviy moddalarni, biologiya vositalari va materiallarini saqlash, qo‘llanish, zararsizlantirish, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini ta’minlaydigan sanitariya normalari, qoidalari hamda gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni, materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini qo‘llanishga ular zaharliligi va gigiyena jihatidan baholanganidan, gigiyena normativlari belgilanganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasiga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
12-modda. Radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi talablar
Davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mehnat jamoalari va ayrim shaxslar radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiatsiya xavfsizligi normalari va sanitariya qoidalariga, shuningdek radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini qazib olish, tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish, saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida standartlarga, texnika shartlariga va boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya qilishlari shart.
13-modda. Turar joy binolariga odam qo‘yish va ularda yashash tartibi
Yashash uchun turar joy binolarini beradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, boshqa mulkdorlar ana shu binolarga odam qo‘yish chog‘ida amaldagi sanitariya normalarini bajarishlari shart.
Amaldagi gigiyena normativlariga javob bermaydigan turar joy binolariga odam yashashiga yo‘l qo‘yilmaydi, uylarda yashovchilar turar joy binolarini saqlash va ulardan foydalanishning mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlagan qoidalarini bajarishlari shart.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling