Sanitariya nazorati to’g’risida


-modda. Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiquvchilarning majburiyatlari


Download 183.5 Kb.
bet3/11
Sana23.04.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1387503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SANITARIYA NAZORATI TO’G’RISIDA”GI QONUN BANDLARINI O’RGANISH

8-modda. Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiquvchilarning majburiyatlari
Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiqayotgan davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar aholining salomatligini saqlashni va sanitariya-epidemiya masalalarida xotirjamligini ta’minlashga qaratilgan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Qayd etilgan idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar yangi kimyoviy va biologik moddalarni, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini hamda mana shu manbalarga ega bo‘lgan asboblarini, atir-upa va pardoz mahsulotlarini, materiallar, texnologiya jarayonlari, uskunalar va boshqa xalq iste’moli mollarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemiya xavfsizligini ta’minlashga doir normativlar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni, ularga rioya etilishi ustidan nazorat qilish usullarini, zararli mahsulot va chiqitlarni zararsizlantirish yo‘llarini ishlab chiqishlari hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishlari shart.
9-modda. Obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya talablariga rioya etishning shartligi
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, birlashmalarning rahbarlari va alohida shaxslar obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish, yangilash chog‘ida, korxonalarni texnika bilan qayta qurollantirish va ularni foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilishlari shart.
10-modda. Maydonlar, inshootlar, binolarni saqlab turish, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar texnologiya va boshqa uskunalardan foydalanilishini, maydon, inshootlar, ishlab chiqarish binolari va sanitariya-maishiy binolar, ish joylari, turar joy binolari, bolalar va davolash-profilaktika muassasalari, o‘quv yurtlari, madaniyat, sport va boshqa muassasalar binolari, shuningdek transport vositalari sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlab turilishini ta’minlashlari shart.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling