Sanitariya nazorati to’g’risida


-modda. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari


Download 183.5 Kb.
bet2/11
Sana23.04.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1387503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SANITARIYA NAZORATI TO’G’RISIDA”GI QONUN BANDLARINI O’RGANISH

3-modda. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari
Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalar tomonidan ishlab chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi va shundan so‘ng uch oy muddat ichida matbuotda bosib chiqarilishi kerak.
II BO‘LIM. ODAMNING QULAY ATROF MUHIT ShAROITLARIGA EGA BO‘LISh HUQUQI VA UNI TA’MINLASh KAFOLATLARI
4-modda. Odamning qulay atrof muhit sharoitlariga ega bo‘lish huquqi
Har bir odam qulay atrof muhit sharoitlariga ega bo‘lishga haqli.
5-modda. Aholi salomatligi va atrof muhitning ahvoli haqida axborot olish huquqi
Har bir kishi kasalliklar, epidemiya va radiatsiya vaziyati, atrof muhitning holati hamda ularning odamlar salomatligiga ta’siri haqida, shuningdek gigiyena sohasidagi va maxsus o‘tkazilgan boshqa ekspertizalar haqida haqqoniy ma’lumot olish huquqiga ega.
6-modda. Odamning salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘latish huquqi
Har bir odam atrof muhitning zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa omillari, shuningdek sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’moli mollari va boshqa sanoat buyumlari ta’sirida o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘latib olishga haqlidir.
III BO‘LIM. SANITARIYA-EPIDEMIYA MASALALARIDA AHOLINING XOTIRJAMLIGINI, RADIATSIYA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh TALABLARI VA ULARNI BAJARISh MAJBURIYATLARI
7-modda. Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslarning sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini ta’minlashga doir majburiyatlari
Davlat idoralari, mulkchilikniing shakllaridan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar:
belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari;
davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan idoralar, muassasalar, mansabdor shaxslarga ro‘y bergan avariyalar, sanitariya- epidemiya, radiatsiya vaziyati to‘g‘risida haqqoniy va to‘la-to‘kis axborot berishlari shart.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling