Sanoat binolari
Loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar
Download 0.81 Mb.
|
TUSHINTIRISH YOZUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Loyihalanadigan binoda olib boriladigan texnologik jarayonlar va binoning issiqlik-namlik rejimi haqida ma’lumot.
- 3. Bosh reja
1.Loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar
a) Qurilish joyi -Angren shahri. b) Prolyotlar soni - 4 ta (4 x18m paralell) v) Qavatning balandligi - N1=10,8 m, N2=10,8m/ g) Yuk ko‘taruv konstruksiyalari qadami - l = 6m, d) Binoning uzunligi - L1= 84m, e) Kranning yuk ko‘tarish qobiliyati - Q= 20t j) Poydevorlar - yig‘ma temirbeton konstruksiyali. z) Devorlar - yig‘ma temirbeton konstruksiyali. i) Ustunlar -yig‘ma temirbeton konstruksiyali. k) Tomning yuk ko‘taruv konstruksiyasi - yig‘ma temirbeton konstruksiyali. 2. Loyihalanadigan binoda olib boriladigan texnologik jarayonlar va binoning issiqlik-namlik rejimi haqida ma’lumot. Loyihalash uchun topshiriq sifatida Andijon shahrida quriladigan orayopma plitalari ishlab chiqarish zavodi binosi berilgan. Loyihalanadigan bino sanitariyaviy klassifikatsiyasi bo‘yicha sanoat korxonalarining 2-guruhiga kiritilib ishlab chiqarish jarayonlari noqulay sharoitlarda o‘tadi, lekin jarayon mobaynida ko‘p miqdorda issiqlik, chang va namlik ajralib chiqmaydi, orayopma plitalari ishlab chiqarish sexida gabariti bo‘yicha katta o‘lchamlarga ega bo‘lgan (4x18 metrgacha o‘lchamda) va vazni og‘ir (3 tonnagacha) orayopma plitalari ishlab chiqariladi. Loyihalanadigan bino 4 ta 18 metr kenglikda joylashgan o‘zaro parallel prolyotdan tashkil topgan. Prolyotda texnologik jarayonlar bo‘ylama ravishda tashkil etilgan. Loyihalanadigan binoda texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun asosiy xom ashyo sifatida beton va temir ( turli armaturalar, simlar) mahsulotlaridan foydalaniladi. Betonni tayyorlash uchun suv, to‘ldiruvchi sifatida mayda chaqiq tosh va qumdan, bog‘lovchi sifatida sementdan foydalaniladi. Loyihalanadigan sexga beton qorishmasi TBB zavodida markazlashgan xolda tashkil etilgan beton qoruv sexidan, armatura karkaslari esa karkaslarni tayyorlovchi sexdan olinadi. Orayopma plitalarini tayyorlash uchun qabul qilinadigan beton qorishmasi beton qoruv sexidan telejkalar orqali asosiy loyihalanadigan sexda maxsus bunkerlarda qabul qilinadi va armatura karkaslari joylashtirilgan orayopma plitalarini tayyorlash uchun tayyorlangan temir qoliplarga quyiladi. Temir qoliplar maxsus silkituvchi maydonchalarga qo‘yilib beton qorishmasi zichlanadi. Qoliplarda zichlanib tayyor bo‘lgan orayopma plitasi quritish uchun avtoklav qurilmalariga joylashtiriladi. Avtoklavda quritib tayyorlangan orayopma plitalari o‘zining loyihaviy mustaxkamligini olguncha saqlash va keyinchalik ishlab chiqarishga uzatish uchun tayyor mahsulotlar omboriga uzatiladi. Loyihalanadigan binoda texnologik jarayonlarni yuritish uchun Loyihalanadigan binoda bog‘lovchi va suvni beton qorish sexiga uzatish uchun texnologik trubalardan, har bir prolyotda yuk ko‘tarish qobiliyati 20 tonna bo‘lgan 1 tadan ko‘prikli kranlardan, relsli yer usti va maxsus metall qurilmalar ustida o‘rnatilgan telejkalardan, maxsus beton qabul qiluvchi bunkerlardan foydalaniladi. Loyihalanadigan bino normal issiqlik-namlik rejimiga ega bo‘lib isitilmaydigan binolar tarkibiga kiritiladi. 3. Bosh reja Loyihalanadigan sanoat korxonasining bosh rejasi amaldagi meyoriy hujjatlar va 2.01.01-94 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy –geologik ma’lumotlar” QMQ talablari asosida ishlab chiqilgan. Korxona hududi to‘rt zonaga bo‘lib loyihalangan: -zavod oldi zonasi, ushbu zonaga ma’muriy-maishiy bino, o‘tkazish byurosi, avtomobillar turish joyi va x.k.lar joylashtirilgan; -ishlab chiqarish zonasi, ushbu zonada loyihalanadigan ishlab chiqarish binosi joylashtirilgan; -yordamchi zona, ushbu zonada yoqilg’i-energetka binolari, yer usti va yer osti muhandislik inshootlari joylashtirilgan; - transport va omborxonalar zonasi, ushbu zonada korxonaga tegishli bo’lgan transport vositalarini saqlash va xizmat ko‘rsatish hamda xom-ashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar omborlari joylashtirilgan. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling