Sanoat binolari


Download 0.81 Mb.
bet5/6
Sana22.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1715995
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TUSHINTIRISH YOZUVI

g) Tom konstruksiyasi
Loyihalanadigan bino ishlab chiqarish jarayonlarining sanitariyaviy xarakteristikasi bo‘yicha sanoat korxonalarining birinchi guruhiga kiritiladi. Binoda ishlab chiqarish jarayonlari natijasida sezilarli miqdorda chang, namlik ajralib chiqadi, texnologik jarayonlar noqulay sharoitlarda o‘tadi, alohida ifloslantiruvchi moddalar yo‘q. Yuqoridagi faktorlarni hisobga olgan holda loyihalanadigan sanoat binosi uchun yuqoridan shamollatish konstruksiyasini tanlab olish talab etiladi.
L oyihalanadigan binoda tom yopma plitalari sifatida o‘zaro parallel va ko‘ndalang ravishda joylashgan prolyotlarning tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalarining joylashish qadamidan kelib chiqqan holda uzunligi 6 metr va kengligi 1,5 va 3,0 metr bo‘lgan P/3x6-1 markali qovurg‘ali tom yopma plitalaridan foydalanilgan. Barcha tom yopma plitalari tomning yuk ko‘taruv konstruksiyasi bo‘lgan to‘sin va fermalarga qattiq tarzda payvandlash usuli bilan mahkamlangan. Plitalarning ko‘ndalang yo‘nalishdagi choklari D10 klassli beton biln, bo‘ylama yo‘nalishdagi choklar esa 75 markali sement qorishmasi bilan to‘ldirilgan.
Loyihalanayotgan binoda tomning yuk ko‘taruv elementlari yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan loyihalangan. A,B,D va E bo‘ylama o‘qlar bo‘yicha o‘zaro parallel tarzda joylashgan prolyotlar uchun tomning yuk ko‘taruv konstruksiyasi sifatida ikki nishabli kengligi 18 metr bo‘lgan tekis kesimli 1BDR 18-1 markali to‘sin konstruksiyasidan foydalanilgan.
14-15 o‘qlar bo‘yicha joylashgan kengligi 18 metr bo‘lgan ko‘ndalang prolyot uchun FB 24 I-1 markali ferma konstruksiyasi tanlab olingan.
Qo‘llanilgan tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalarining barcha o‘lchamlari mustaqil ish chizma qismining “TEMIR BETON KONSTRUKSIYALAR RO‘YXATI” da keltirilgan.


6 .Zilzilaga, yemirilishga va yong‘inga qarshi qabul qilingan chora-tadbirlar
Loyihalanadigan bino davriy ravishda zilzilalar takrorlanib turadigan tumanda quriladi. Seysmik kuchlar tasiri Rixter shkalasi bo‘yicha 7,1 ballni tashkil etadi.
Loyihalanadigan binoda zilzilaviy tumanlarda qurilishi amalga oshiriladigan sanoat binolarining asoslari va konstruksiyalarini loyihalashda har qanday yo‘nalishdagi silkitish kuchini o‘zida sodir etish xususiyatiga ega bo‘lgan seysmik tasirlarni xisobga olgan xolda loyihalangan.
Binoni loyihalashda zilzilaga qarshi chora-tadbirlar bilan birgalikda loyihalash ishlarida quyidagicha qo‘shimcha konstruktiv choralar ham qabul qilingan:

  • ekspluatatsiya sharoitida binoning mustaxkamligi va ustivorligini taminlovchi qattiq va sharnirli birikmalardan foydalanilgan;

  • deformatsiya choklariga ega bo‘lgan oddiy shakl tanlab olingan;

  • binoda bo‘ylama turdagi konstruksiyalarni tik yo‘nalishdagi yuk ko‘taruv konstruksiyalariga ko‘proq miqdorda ilinishini (opiranie) taminlangan;

  • kranosti to‘sinlari uchun faqat kesimli (razreznoy) konstruksiyalardan foydalanilgan;

  • cho‘kish bloki chegarasida bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishdagi devorlarda o‘zaklangan belbog‘lardan foydalanilgan;

  • cho‘kishlar natijasida hosil bo‘lgan shikastlanishlarni tezda bartaraf etish texnolgiyalarini ishlab chiqilgan.

Loyihalanadigan bino doimiy ravishda issiq quruq iqlim sharoitiga ega bo‘lgan tumanda loyihalanib, bino doimiy ravishda uzoq muddatli yuqori haroratlar ostida ekspluatatsiya qilinadi. Doimiy ravishda tasir etuvchi quyosh nurlari tasirida yemirilishdan saqlash maqsadida bino nur qaytaruvchi ochiq-biryuza (svetlo-biryuzovыy) rangga bo‘yoqlangan. Binoning yer ostida joylashgan konstruksiyalari yer osti termitlari va boshqa kuch bilan tasir etmovchi tasirlardan saqlash uchun bitum bilan bo‘yoqlangan.
Loyihalanadigan binoda yong‘inga qarshi choralar sifatida bino ichkarisida har bir proyotda xar 50 m masofada yong‘inga qarshi kranlar o‘rnatilgan. Korxonaning yordamchi hamda omborxonalar va transport zonalarida maxsus yong‘inga qarshi suv havzalari loyihalangan. Ishlab chiqarish binosida yong‘in holatlarida qo‘llash uchun maxsus yong‘inga qarshi panellar o‘rnatilgan.
Loyihalangan binoda texnologik yoriqlar yoki eshik o‘rinlari yonmaydigan mahsulotlardan loyihalangan o‘zi yopiladigan jihoz va qurilmalar bilan to‘ldirilgan, yani darvoza va eshiklar uchun yonmaydigan va qiyin yonuvchi xarakterga ega bo‘lgan oralig‘i bo‘sh yoki mineral to‘qimalar bilan to‘ldirilgan po‘lat polotnolardan foydalanilgan.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling