Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnalogiya yo'nalishi 104-a guruh Amirova Rayhona mavzu: Kislorodli va kislorodsiz kislotalar. Ularning olinishi va xossalari. Reja


KISLOTALARNING OLINISHI VA XOSSALARI


Download 1.19 Mb.
bet3/3
Sana18.02.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1211173
1   2   3
Bog'liq
kis.Amirova Rayhona

KISLOTALARNING OLINISHI VA XOSSALARI.
 Olinishi. Kislotalar quyidagi usullar yordamida olinadi:
1. Kislorodli kislotalami kislotali oksidlar bilan suvning o ‘zaro ta’siri natijasida olish mumkin:
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4; SO2 + H2O = H2SO3.
2. Kislorodsiz kislotalami metallmaslaming vodorod bilan ta ’sirlashuvi
mahsulotlarini suvda eritib olish mumkin:
H2 + Cl2 = 2HC1 (suvdagi eritmasi - xlorid kislota);
H2 + S = H2S (suvdagi eritmasi - sulfid kislota).
3. Kislotalami ularning tuzlariga boshqa kislotalami ta’sir ettirib olish mumkin:
Na2SO3 + H2SO4 = H2SO3 + Na2SO4;
FeS + 2HC1 = FeCl2 + H2S↑ ;
Na2SiO3 + 2HC1 = H2SiO3↓ + 2NaCl.
Fizik xossalari. Kislotalar qattiq (borat, ortofosfat kislotalar), suyuq (sulfat, nitrat kislotalar) bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi suvda yaxshi eriydi va ayrim gazlaming (vodorod xlorid - HC1, vodorod bromid - HBr, vodorod sulfid - H2S) suvdagi eritmalari ham kislotalar bo‘lib hisoblanadi. Kislota molekulalarida vodorod kislota qoldiqlari bilan bog‘langan holda bo‘ladi.
Kimyoviy xossalari. Kislotalaming kimyoviy xossalari ularni ancha faol moddalar ekanligini ko‘rsatadi:
1.Kislotalar indikatr rangini o`zgartiradi.
2. Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi
(bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi)
H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O;
HC1 + Mg(OH)2 = Mg(OH)Cl + H2O;
H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O.

3. Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashadi, tuz va suv hosil qiladi
(bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi):
2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O.
4. Kislotalar metallar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda sharoitga qarab vodorod ajralib chiqadi yoki boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi :
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2↑
Na + 2HCl = NaCl + H2↑
Metallaming faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib chiqaradi, o‘ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil boladi:
Cu + 4HNO3 (kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O.
3Cu + 8HNO3(suyul.) = 3Cu(NO3)2 + 2NO↑ + 4H2O
Umumiy ximiyani mustaqil o'rganish (G.Ibragimova, Q.Ahmerov)Umumiy va noorganik kimyodan masala va mashqlar to'plami (O.Yoriyev va b.)Qiziqarli kimyo (T.Do'shtmurodov, A.Aloviddinov)Organik ximiya (M.Hasanov, A.Sattiqulov)
Qo'llangan Adabiyotlar
E`TIBORINGIZ
UCHUN
RAXMAT !!!
Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling