Sanoat farmatsiyasi


Download 241.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.04.2023
Hajmi241.55 Kb.
#1337631


Men nega “Sanoat farmatsiyasi” yo’nalishini tanladim .
Reja; 
1.Kasb tanlashda ta’sir qiladigan omillar. 
2.Insonlar hayotida “Muhandis- texnolog” kasbining ahamyati 
3.Farmatsevtika sanoatinig o’ziga xos tomonlari. 
Hayotda hech narsa bordan yo'q bo'lmaydi, yo'qdan esa bor. 
Kelajakda qanday kasbni egallamoqchisan? Bu savol har qanday insonni bolaligidan to bir kabni egallamaguncha beriladigan 
savollardan biridir. Xo’sh siz bu savolga qanday javob bergansiz? Kimdur bolalikda harbiy,kimdur shifokor,o’qituvchi ,uchuvchi 
yokida aktyor bo’lishni orzu qilgan, xo’sh ular kelajakda o’zlari orzu qilishgan kasbni egallashganmi? 
Insonlar doimiy shug’ullanadigan,o’zlari , yaqinlari va jamiyatga ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy tomondan foyda keltiradigan 
mashg’ulotni biz kasb deb atasak, bunda kasb tanlashda qanday omillarga e’tibor qaratishimiz kerak degan savolga javob 
berishimiz kerak. 
Hayotda ideal inson yo’q hammada qandaydur kamchiliklar bo’lishi tabiiy ,ammo mukammal, komil inson bo’lish uchun 
harakatdan to’xtamaslik kerak. Birinchi navbatda yoshlikdan maqsadni to’g’ri qo’yish kerak,Agar biz yoshlikdan orzu
va maqsadni ajratib olib ,o’z orzuymizni amalga oshirish yo’lida unga qanday va qancha maqsadni to’g’ri tanlay bilishimiz 
kerakligini bilgan holda harakat va izlanishdan to’xtamasligimiz, kechayu-kunduz mehnat qilishdan to’xtamaslik kerakligini 
anglashimiz kerak. 
Inson umrining 1/3 qismini o’z kasbiga bag’ishlaydi.Shuning uchun tanlagan kasbi sog’lig’i uchun ham ahamiyatlidir. Har 
bir inson o’z jismoniy holatidan kelib chiqqan holda kasb egallashi kerak,agarda tanalagan kasb sog’lig’I uchun zararli
bo’lsa , bu sohada muvafaqqiyatga erishish u yoqda tursin o’ziga ham zarar berishi mumkin. 
“Oyim shifokor ,dadam futbolchi, buvim advokat bo’lishimni xohlaydi”-deb qaysi kasbni tanlashni bilmay turganlar uchun
esa atrof muhit ta’siri muhim rol o’ynaydi.Bunday vaziyatda bu insondan o’z kasbining yetuk mutaxasisi chiqishi qiyin
masala, shuning uchun ota-ona yoki ma’sullar bolalarni yoshligidan qiziqishlari va qobilyatlaridan kelib chiqqan holda 
yo’naltirish lozim. Axir inson o’zi bajarayotgan ishdan zavq olishi , xursand bo’lishi va boshqalar ham o’z kasbining ustasi
deyishini xohlashadi 
Jamiyat- bu katta kichik jamoalardan tuzilgan bir hokimyatdir. Bu jamiyatda esa turli jamoalardan turli sohalar
tarmoqlangan .Qaysi sohada faoliyat olib borishingizdan qat’iy nazar shu jamiatni bir bo’lagi bo’lib, mana shu
jamiyatda o’z o’rnimizda ega bo’lish uchun harakat qilamiz.Va bu jamiyatdagi insonlar bir birini to’ldirib
keladi.Qaysi sohada talab kuchaysa yetishmovchilik yoki kamchilik sezilsa usha sohaga e’tibor boshqalariga qaraganda 
ko’proq qaratiladi. Misol tariqasida so’ngi yillarda pandimiya tufayli shifokor va farmatsevtlarga ehtiyoj oshdi.Ba’zidan
jamiyat ham qanday kabni egallashimizni bellgilab quyadi bunda jamiyatni ta’siri ulkan. 
Xalqimizda shunday kasb egalari borki ular qilayotgan ishlar ota- bobolari va avlodlari qon-qoniga singib ketgan .Asrlar
davomida shug’ullanib otalaridan farzandlariga meros bo’lib qolayotgan kasblar haqida to’xtalsak .Ular orasida to’g’ma
estedod egalari yetishib chiqishi mumkin .Xalqimizda “Ot o’rnini toy bosar” deganlaridek bunday kasb egalari farzandlari
yoshlikdan kelajakda kim bo’lishini juda yaxshi bilishadi va yillar davomida davom etib kelayotgan an’anaviy shajarani
davom ettirib kelishadi. 
Hayotda qandaydur kasbni egallash shartmi? Degan savol ham tug’ilishi mumkin. Xo’sh biz nega kasb tanlab ma’lum bir
sohada faoliyat olib boramiz.Albatta biz bajargan ish uchun ma’lum bir to’lov ya’ni maosh olamiz. Hozirgi zamon 
yoshlari qiziqtirgan eng katta masala bu- qaysi kasbda ko’proq haq to’lanadi.Oylik maoshi baland kasbni tanlayman deb
o’zlari qiziqmagan sohani tanlab juda qizqa faoliyat olib borib boshlagan ishlarini yarim yo’lda tashlab ketganlar
ham yuq emas. Hoh dehqon bo’ling hoh advokat hoh jurnalist qayerda bo’lmang o’z kasbingizni ustasi bo’ling har yerda
qadringiz va qiymatingiz baland bo’ladi, zero har kim mehnatiga yarashasini oladi. 
Har bir sohaning o’z sir asrorlari bor deganlaridek, bu sir-asrorlarni o’rganish uchun to’xtovsiz mehnat, sabr- toqat
va bilim kerak bo’ladi. Kim bo’lishdan qat’iy nazar bilim olishdan to’xtamaslik kerak zero hozirgi zamon shuni talab 
qiladi . Doimo yangiliklar va kashfiyotlar yaratishdan to’xtamasligimiz kerak , zero kimning vorislari ekanligini
unutmasligimiz darkor. 


XXI asr texnologiyalar asri deb bejiz aytishmaydi, qayerga qarama texnika yaqin 10 yil ichida hatto bemorlarni ham 
texnika davolab shifokorlarni o’rnini texniklar egallasa ham ajab emas.Kundalik turmushimizda ham texnikasiz yashay 
olmaymiz.Misol uchun uyimizdagi oshxonaga kiramiz muzlatgich, gaz plitasi, kir mashinasi mikro to’lqinli pech kabi bir qator
texnikalarga ko’zimiz tushadi. Bularning barchasi inson mehnatini yengillashtirish uchun yaratilgan ongsiz robitlardir , 
ularning barchasi ma’lum bir funksiyani bajarishga muhandislar tomonidan programmalashtirilgan.Aytaylikki ulardan
biri buzilib qoldi ya’ni o’z vazifasini to’liq bajarmayapti, xo’sh kimga murojot qilishni bilasizmi? Albatta 
texnologlarga.Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga shunchalar shiddat bilan kirib keldi va bizni o’ziga shunchalar
chambarchast bog’ladiki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin. Barchamizga virusdek tarqalib ketgan smartfonlar, 
notebooklar,quloqchinlar uyali aloqa vositalari bizni qo’l oyog’imizga aylangan.Biz ularsiz yashay olamizmi? Bu savolga
barchamiz albatta yo’q deb javob beramiz ,chunki bizni hayotimizni yengillashtirib turgan bu texnikalarni yanada yangi
ko’rinishda yangidan yangi modellarini avvalgilaridanda qulayini ishlab chiqsak ishlab chiqamizki lekin also vos
kechmaymiz. Axir bizni daho qilgan mana shu texnologiya emasmi ? 
Biz yashab turgan dunyoda texnika kirib bormagan soha qolmadi deb bemalol aytolarkanmiz, xo’sh bu aqlli robotlarni
ixtirochilari kimlar? Qadimdan texnika insonni mehnatini yengillashtirish maqsadida qo’llanib kelgan , lekin Thomas Edison
elektr energiyasini , XX asrning 60-yillarida internet tizimi yaratilishi bilan texnikaga miya qo’yila boshladi va yangidan
yangi kashfiyotlar dunyo yuzini ko’rdi. Bu ixtirochilar kimlar matematiklarmi,fiziklarmi, kimyogarlar balki biologlardur--- yo’q. 
Bularni barchasi jam bo’lgan bir-birini to’ldiruvchi sohadir ya’ni muhandis-texnologlardir. 
Muhandislik texnologiyasi rivojlanish tezligi yuqori bo’lgan keng qamrovli soha bo’lganligi tufayli ko’p tarmoqqa kirib
borgan zamonaviy yo’nalishlardan biridir. Bu soha axborot texnologiyalarini ham o’zida jamlagandir.Ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish , insonlar uchun arzon ham sifatli mahsulotlarni
yaratish shular jumlasidandur. 
Yer yuzida aholi soni oshib borishi oziq-ovqat, ichimlik suvi, dori- darmonga bo’lgan talabni yanada oshishiga sabab
bo’lmoqda va bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu borada muhandislik-texnologiyasi bu muammolarni hal 
qilishda yangi yo’l hisoblanadi. Ekologiyani buzilishi , tabiat resurslarini keskinlik bilan kamayishi,iqlimning o’zgarishi
chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqarishga bulgan talabni yanada ortishiga sabab buldi. 
Muhandislik texnologiyasi shunday bir sohaki inson birgina kompyuter orqali butun bir ishlab chiqarish jarayonini nazorat 
qilib boshqarishi mumkin. Inson texnikani emas texnika texnikani yaratib turgan bir zamonda muhandislarimiz vaqt
mashinasini ham yaratsa ajab emas! 
Sanoat farmatsevtikasi – Sanoat farmatsiyasi, Biotexnologiya,Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti
kabi bir qator sohalarni o’z ichiga oladigan ko’p tarmoqli yangi yo’nalishlardaan biridir.So’ngi yillarda enjener-texnolog
provezr, farmatsevt kabi kadrlarni tayyorlab kelayotgan bu sohada sezilarli darajada o’zgarishlar qilinmoqda. 
Sanoat farmatsiyasi - zamonaviy yo’nalishlardan biri bo’lib , tibbiyot va zamonaviy texnologiyalarning
uyg’unlashuvidir.Tabiat ne’matlaridan va xalq tabobatidan to’g’ri foydalangan holda aholi uchun sifatli va kerakli tayyor dori
vositalari ishlab chiqaradigan keng ko’lamli yirik sohalardan biridir. 
So’ngi yillarda yurtimizda tibbiyot sohasiga qanchalik e’tibor qaratilayotgani barchamizga ma’lum.Oxirgi yillarda butun
dunyoda davom etayotgan Covid-19 pandimiyasi Shifokor va farmatsevtlarga, sifatli va arzon dori vositalariga bo’lgan
talabni yanada oshirdi. Bu esa yurtimizda sanoat miqdorida ishlab chiqarish foizi past ekanligi ,import qilinatotgan dori
vositalar va tibbiyot buyumlari miqdori ancha yuqoriligi xalqimizni malakali va sifatli tibbiy xizmatga bo’lgan ehtiyojini 
oshirib kelmoqda.Bu esa mamlakatimizdagi korxonalar xorijdan tayyor xomashyoni qadoqlash o’rniga , to’liq siklda
mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kerakligidan darak beradi. 
Sanoat farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalari ko’lamini oshirish , importga bo’gan talabni 
pasaytirish, berilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanish biz muhandis-exnologlarni oldida turgan dolzarb masalalardan
biridir.Xususan aholini dori vositalariga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va bo’yicha malumotlar ba’zasini yaratish ,dori
subbstansiyalari ishlab chiqarishni keskin ko’paytirish, xalqaro GMP standartlariga javob beradigan mahsulotlar
yaratish,ilmiy- tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda murakkab formulali dori vositalari va mikroorganizmlardan 
biotexnologiya sohasida yangiliklar yaratish, ichki bozorni to’liq sifatli mahsulotlar bilan taminlash,zamonaviy inovatsion


texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalana oladigan kadrlarni tayyorlash sanoat farmatsiya yo’nalishi
vazifalaridandir. 
Farmatsevtika – dori tayyorlash, saqlash va bemorlarga berish haqidagi amaliy fanlar majmui. Farmatsevt esa, dori tayyorlovchi 
mutaxassis.Enjener – texnolog bu jarayonnni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtiradi 
Farmatsevt assistenti – dori vositalarini saqlash, tarqatish va ta’minlash bo‘yicha farmatsevt yordamchisi. 
Demak, tabletkalar, kapsulalar, miksturalar, kukunlar va fizeritmalar, xalqaro sanitar-ishlab chiqarish standartlarga to‘la mos 
tushadigan zamonaviy kimyoviy laborotoriyalar hamda ishlab chiqarish sexlari to‘g‘risidagi orzular Yoki bo‘lmasa minglab 
nomdagi turli xil dori vositalari va shu vositalarga ehtiyoj sezgan qator-qator odamlar navbatda turgan apteka. Bularning 
barchasi aptekachi ish hududida joylashgan. Ha, qachonlardir farmatsevt va provizorlarni shunday atashgan. Aptekachilar 
hammasini bajarishgan – “eliksir” retseptini ishlab chiqishdan tortib, qabul qilishning induvidual sxemasigacha. 
Bugun ham farmetsevtika kollejlari yoki oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining katta qismi aynan dorixona tizimida ish topishadi. 
Biroq, ayniqsa, davlat tomonidan xarid qilinadigan dori-darmon oqimini boshqarish oson ish emas va bu ishga “ko‘chadan 
kelgan” odamlar to‘g‘ri kelishmaydi. 
Klinik statsionarda ish topish – kasalxona uchun dori-darmon xarid qilish - ancha osonroq. Lekin bu erda tajriba kerak, chunki 
mas’uliyat ancha yuqori va kasallarni davolashda qalbaki vositalardan foydalanilgani uchun provizor-ta’minotchi ustidan, hattoki 
sudgacha arz qilinishi mumkin. 
Bu sohada ham tanlovdan o‘tib, ishga kirish imkoniyatingiz bor. Demak, apteka? Faqatgina shuning o‘zi emas. Farmatsevtik 
ishlab chiqarish sohasida bu kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori. Apteka tarmoqlari ixtiyoriy tuman yoki shaharda bor, 
farmatsevtika kombinatlari esa – hattoki ko‘chib ketishga ham to‘g‘ri keladigan, sanoqli hududlardagina borligi – bu boshqa 
masala. Aytgancha, turli xildagi biologik qo‘shimchalarini ishlab chiqarish ham rivojlanmokda, yangissexlar ochilyapti, yangi 
kadrlar kerak bo‘lyapti, ishlab chiqarishning bu tarmog‘ida esa o‘sadigan xomashyodan foydalaniladi. Bu – juda ham istiqbolli 
yo‘nalish. 
Yo‘q, faqat ham apteka emas. Siz o‘zingizni farmakologiya va farmokopeyada ham sinab ko‘rishingiz mumkin. YA’ni, 
farmokologiya – dorivor moddalarning organizmga ta’sirini o‘rganuvchi soha bo‘lib, kimyo va biologiyani chuqur bilgan 
mutaxassislar uchun eng yaxshi kasb. 
Farmokopeya - dori tayyorlash, saqlash va kasallarga yozib berishga oid qo‘llanma yoki qoidalar to‘plami bo‘lib, agar o‘zingizda 
konsultatsion va tahliliy matnlarni yozishga nisbatan qobiliyat borligini sezsangiz, oliy ma’lumotga ega bo‘lib, o‘zingiz uchun 
konsultativ markazlarda ish topishingiz ham mumkin. Faqat ona tili va chet tillarini, ayniqsa, lotin tilini ham puxta o‘zlashtirgan 
bo‘lishingiz lozim. SHuningdek, kompyuterda qoyilmaqom ishlashni ham. 
Tibbiyot yoki farmatsevtika o‘quv yurtlarida pedagog sifatida faoliyat yuritish ham mumkin. 
Provizorlar - iqtisodiy jihatdan samarali assortiment tayyorlash mutaxasssislari – shuningdek, muddati o‘tgan, qalbaki yoki 
sifatsiz preparatlarni “qirqib tashlash” ishini ta’minlovchi ekspertlar sifatida, preparatlarni ulgurji sotish firmalarida ham kerak 
bo‘lishadi. 
Balki, apteka yoki farmatsevtik vositalarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan muassasani noldan tashkillashtira oladigan, 
kadrlarni to‘plab, faoliyatingizni boshlash uchun ruxsat etuvchi barcha kerakli hujjatlarni qo‘lga kiritib, nisbatan foydaliroq 
ta’minotchilarni topib, reklama kompaniyasining konsepsiyasini tuzib, narx-navoni to‘g‘ri “kelishtirib”, dori-darmonlarni 
potensial ravishda sotib oladigan tashkilotlar bilan yaxshi aloqaga kirishib keta oladigan mutaxassis bo‘lib etishish, sizning 
qo‘lingizdan kelar. Lekin bu endi yaxshigina farmatsevtik ta’limotga ega bo‘lgan tijorat, savdo ishlari, reklama bo‘yicha 
menejerning ishi. 
Insonlar dardiga shifo baxsh etishga hissa qo‘shishni judayam istaysizmi? Unda yodingizda tuting:“Bizning ozuqa moddalarimiz 
shifobaxsh bo‘lmog‘i, shifobaxsh dori-darmonlarimiz esa ozuqa bo‘lmog‘i kerak”. (Gippokrat) 

Download 241.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling