Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish


Download 0.85 Mb.
bet36/49
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1526165
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Bog'liq
3.O\'quv materiallari

Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o‘zlashtirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi.
Investorlar investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:

  • yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg‘armalarida (kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulkni yoki aksiyalarni olish;

  • qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;

  • konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalarni olish;

  • mulk huquqini, shu jumladan ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joylarga mulk huquqini, shuningdek yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) huquqini olish.

Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag‘larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo‘yish bilan ifodalanadi.
Real investitsiyalar pul mablag‘larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun xalq xo‘jaligining kuch-quvvatini belgilab beradi.
Investitsiyalar avvaldan o‘ylab ko‘rilgan maqsad va birinchi o‘rinda investitsion loyiha asosida korxona ishlab chiqarish potensialini mustahqamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi.
Investitsiya loyihasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish quvvati va boshqa sifat ko‘rsatkichlarini kuchaytirish maqsadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasidir. Investitsiya loyihasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • investitsiyaviy g‘oya(fikr)ni shakllantirish;

  • g‘oyaning dastlabki asoslanishi;

  • loyihada ko‘zda tutilgan texnik qarorning tahlili;

  • sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;

  • investitsiya loyihasi bo‘yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish;

  • axborot memorandumini tayyorlash.

Yuqorida ko‘rsatilganlarni amalga oshirgandan so‘ng loyihani ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion mo‘ljallarning maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi loyiha-smeta hujjatlarigacha) zarurati tug‘iladi.
Investitsiyalar, ayniqsa gap yangi qurilish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni kengaytirish yoki qayta tiklash haqida ketganda, investitsion jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlar investitsion maqsadlarni zamon va makonda bog‘laydi. Investitsion jarayonlarning quyidagicha tarkibiy qismlari mavjud: loyihalashtirishdan avvalgi asoslash, loyihalashtirish, bevosita ob’ekt qurilishi (korxonani kengaytirish yoki qayta tiklash) va ishga tushirilishi. Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so‘nggi bosqichi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan o‘tkazilib, amaldagi va loyiha ko‘rsatkichlari baholanadi hamda investitsiya jarayonining xuddi shu jarayonida hal qilinishi lozim bo‘lgan chetga og‘ish va kamchiliklar aniqlanadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling