Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish
Download 0.85 Mb.
|
3.O\'quv materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.1.Faol investitsiya siyosatini olib borish va qulay investitsiya muhitini yaratish asoslari
Tayanch iboralar: milliy, siyosat, iqtisodiyot, sanoat, korxona, resurs, vosita, mineral, xom ashyo, yoqilg‘i, energetika, zaxira, tuzilish, tarkib, mehnat, taqsimot, kadr, samaradorlik.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Xom ashyo tushunchasi va uni guruhlash. 2. O‘zbekiston sanoatining xom ashyo bazasi va uning rivoji. 3. Mineral xom ashyo konlarini iqtisodiy baholash. 4. Sun’iy materiallar ishlab chiqarishning rivoji. 5. Sanoat xom ashyosidan foydalanishning oqilona usullari. 6. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tejamkorlik tamoyili va uning talablari. 7.Sanoat xom ashyo bazasini mustahkamlashda xorijiy hamkorlikning roli. 8. Sanoat xom ashyosidan foydalanishning oqilona usullari. 9. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tejamkorlik tamoyili va uning talablari. 10. Sanoat xom ashyo bazasini mustahkamlashda xorijiy hamkorlikning roli. 8-mavzu. Sanoatda investitsion faoliyat.Reja: 8.1. Faol investitsiya siyosatini olib borish va qulay investitsiya muhitini yaratish asoslari 8.2.Investitsiyalar korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida. 8.3.Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari. 8.1.Faol investitsiya siyosatini olib borish va qulay investitsiya muhitini yaratish asoslari Faol investitsiya siyosati mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning eng muhim sharti va manbai bo‘lmog‘i kerak. O‘zbekistonda so‘nggi besh yil mobaynida investitsiyalarning yillik o‘sish sur’ati 9 foizdan ziyodni tashkil etmoqda va bu dunyodagi yuqori, barqaror ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Jahon miqyosida global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, bugungi murakkab sharoitda biz erishgan bu natijaning ahamiyati va mohiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi. Keyingi 10-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,2 barobar oshgan bo‘lsa, shu davrda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 20 barobardan ziyod o‘sgani e’tiborga sazovordir”, deb ta’kidladi. Shuni qayd etish lozimki, investitsiya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u iqtisodiyotni modernizatsiyalash uchun kerakli bo‘lgan resurslarni shakllantirishga va ulardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Maqsadga yo‘naltirilgan va samarali investitsiya siyosati ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo nomutanosibliklarni yo‘qotish, mintaqalar iqtisodiyotini tenglashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga imkon beradi. Korxonalar darajasida investitsiya siyosati, avvalo investitsiyalarning o‘zi tufayli ishlab chiqarishga zamonaviy mashina va asbob-uskunalarni, resurs va mehnatni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarini qayta rejalashtirish va tuzilmaviy qayta qurish, zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, ishlab chiqarish estetikasini yaxshilash va boshqa vazifalar hal qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi sharoitlarda investitsiya siyosati, investitsiyalash miqyosi va sur’atlari ko‘p jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlarning muvaffaqiyatga erishuvi, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati va xalqaro nufuzining o‘sishiga zamin yaratadi. Biroq investitsiya siyosatining o‘zi, xuddi zamonaviy bozor iqtisodiyotini qurish kabi, yagona maqsad bo‘lishi mumkin emas. U mablag‘larni iqtisodiyotning eng istiqbolli va hayotiy muhim yo‘nalishlari – agrar sektor, yoqilg‘i-energetika kompleksi va boshqa asosiy tarmoqlarga ajratishni nazarda tutuvchi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi, keng miqyosda oladigan bo‘lsak – respublikaning mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ustuvorliklarga muvofiq bo‘lishi lozim. Ushbu ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun birinchidan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni iqtisodiyotga keng jalb qilishni ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni takomillashtirish, ikkinchidan, xorijiy investorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda respublikaga jahon talablari darajasidagi texnologiyalarni keltiruvchi va zamon iqtisodiyot tuzilmasini yaratishga ko‘maklashuvchi xorijiy investorlarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini amalga oshirish, uchinchidan, xorijiy kapitalni jalb qilish uchun imtiyozli sharoitlar yaratish, shuningdek, xorijiy investorlarning real foyda yoki daromad olishlari uchun mos keluvchi kafolatlar taqdim etilishi zarur. Shunisi e’tiborga joizki, bugungi kunda bu vazifani boshdan boshlashning zarurati yo‘q. Respublikada qabul qilingan ko‘plab qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, qonunosti va me’yoriy hujjatlar investitsion faollikning o‘sishi, iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida maqsadli yo‘naltirilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun qulay muhit yaratadi. “Investitsion muhit” tushunchasi u yoki bu mamlakatda, xususan, mintaqa, tarmoq va har bir korxonada ishlab chiqarish va umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar uchun vaziyatning qulaylik darajasini belgilab beradi. Bunda korxona, tarmoq yoki mintaqa miqyosidagi investitsion muhit shunga o‘xshash boshqa tuzilmalardagi investitsion muhit bilan bir xil yoki unga o‘xshash bo‘lishi shart emas. Biroq, mamlakatdagi umumiy investitsion muhit mintaqa, tarmoq va korxonalardagi investitsion vaziyat va faollikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sishga xizmat qiluvchi investitsion muhitni tahlil qilish va baholashda asosiy omillar sifatida quyidagilar hisobga olinishi lozim: tabiiy resurslar va ekologik xolat; ishchi kuchining sifati; infratuzilma ob’ektlarining rivojlanish darajasi va ochiqligi; siyosiy barqarorlik, fors-major holatlarning yuzaga kelish ehtimolligi va ularni oldini olish imkoniyatlari; qonunchilikning mukammalligi, sifatliligi va amaliyligi, shuningdek iqtisodiyotning erkinligi darajasi; huquq-tartibot va qonunchilikka rioya qilish darajasi, shuningdek mulkiy huquqlarni himoya qilinishi; soliq tizimining sifati va soliq yukining darajasi; moliya-kredit institutlari faoliyatining sifati, shuningdek, kredit olishning osonlik darajasi; iqtisodiyotning ochiqligi, shuningdek, chet el mamlakatlari bilan savdo qilish qoidalari; iqtisodiyotdagi monopoliya darajasi, bozorga kirib borish va investitsiyalash oldida turgan xavf-xatar (tavakkalchilik) va to‘siqlar. O‘zbekistonda investitsion muhit, avvalo, jamiyatdagi siyosiy vaziyatning barqarorligi, sog‘lom iqtisodiy rivojlanish, davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlari va nodavlat sektorining o‘sishi, o‘tkazilayotgan islohotlarning ketma-ketligi, tabiiy resurslar va respublika aholisining mehnatsevarligi bilan to‘ldiriluvchi bozor infrastrukturasining shakllanishini tavsiflaydi. Investitsion muhit, shuningdek, investitsiyalarning davlat tomonidan kafolatlanishidan tashqari investorlarning, ayniqsa chet el investorlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini belgilab beruvchi qonunchilik hujjatlari hisobiga ham ta’minlanadi. O‘zbekistonda yaratilgan investitsion muhit iqtisodiyotning yanada rivojlanishi va barqaror turmush darajasini ta’minlashdan tashqari respublikaning xorijiy kapitalni jalb qilish uchun raqobat qilishiga ham imkon beradi. Matbuotda e’lon qilingan fikrlarga ko‘ra, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilot va institutlarning ishtirok etishi respublikadagi investitsion muhitning jozibadorligidan yana bir bor dalolat beradi. O‘zbekistonda amal qilayotgan qonunchilikka asosan respublika hududida chet ellik investorlar o‘zlarining investitsiya faoliyatini quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi huquqiy va jismoniy shaxslar bilan birgalikda tuzilgan xo‘jalik ob’ektlari va shirkatlar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning nizom jamg‘armasi va boshqa mulklarida o‘z ulushi bilan ishtirok etishi; to‘laligicha chet ellik investorlarga tegishli bo‘lgan xo‘jalik ob’ektlari va o‘rtoqchiliklar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni tashkil etish va ularni rivojlantirish; mulk, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni harid qilish; savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari mulkiga, turar-joy binolari va ular joylashgan yer maydonlariga, shuningdek, tabiiy resurslar va yer maydonlariga (jumladan, ijara asosida) egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini sotib olish; intellektual mulk, jumladan, mualliflik huquqi, patent va hokazolarni himoya qilishga mablag‘ kiritish. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling