Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish
Sanoatning xom ashyo, yoqilg‘i va boshqa resurslaridan oqilona foydalanishning strategiyasi va taktikasi
Download 0.85 Mb.
|
3.O\'quv materiallari
7.4. Sanoatning xom ashyo, yoqilg‘i va boshqa resurslaridan oqilona foydalanishning strategiyasi va taktikasi
Ma’lumki, har bir davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun resurslar tekin emas. Ular o‘z maqsadlariga erishishda strategiya va taktikadan foydalanadilar. Bundan ko‘zlangan maqsad, ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xom ashyo harajatlarini kamaytirish va shu orqali foydani ko‘paytirishdir. Izlanishlar ‒ qo‘llanilgan strategiya va taktikaning xom ashyo harajatlarini kamaytirishdagi so‘nggi bosqich va muqobil yo‘l resurslar tejamkorligi ekanligini ko‘rsatmoqda. Resurslarni tanlash muqobilligi undan foydalangan sohalarda quyidagi vazifalarni hal qiladi: harajatlarning kamayishi va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining oshishi; alohida tovarlar va mahsulotlar assortimenti bilan bozorga kirib borish va o‘z o‘rnini egallash; mahsulot sifatida aniq ustunlikka erishish; iqtisodiyotdagi kabi texnologiyada ham peshqadamlik mavqeining o‘sishiga intilish; dinamikani hisobga olgan holda mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish va xo‘jalik faoliyatidan foyda olish. Muqobillik (bir-biriga zid ikki yo‘ldan birini − yo unisini, yo bunisini tanlab olish zaruriyati) shuningdek, resurslardan foydalanish strategiyasi va taktikasining tarkibiy qismi hisoblanib, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejamkorlik va samaradorlik oshishiga olib keladi. Modomiki, strategiya va taktika har qanday ishda, shuningdek, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanishda birinchi navbatda, xodimlardan tegishli bilim va ish malakani, resurslardan foylanishda mas’ullikni, bozor iqtisodiyoti sharoiti shartlarini va fan-texnika yangiliklaridan voqiflikni, ilmiy tadqiqot va ularning yechimlarini teran anglashni talab qiladi. Hozirgi sharoitda qaysi mahsulotni, qancha va kimga ishlab chiqarishgina emas, shu bilan birga bu mahsulotni ishlab chiqarishga qancha resurs va mablag‘ talab qilinishi ham ko‘pgina korxonalar uchun asosiy masalaga aylanmoqda. Bu har bir korxonani bir tomondan, talabni qondirish, ikkinchi tomondan esa, resurslar harajatining kam chiqimli yo‘llarini axtarishga undaydi. Bulardan tashqari, har bir korxona uchun harakterli bo‘lgan normalashtirish va resurslarning pulliligi ham aynan shuni taqazo etadi. Xom ashyodan oqilona foydalanish — sanoat xom ashyo bazasini kengaytirish va mustahkamlashning muhim manbaidir. Iqtisodiy nuqtai nazardan xom ashyodan maqsadga muvofiq va oqilona foydalanishda ko‘p jihatdan qayta ishlovchi sanoat tarmog‘i yoki korxona uchun xom ashyoni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Xom ashyo − mahsulot xususiyatini va sifatli texnologik jarayonni tanlashga va uning progressivlik (ilg‘orlik) darajasiga, mashinalardan va vaqtdan foydalanish darajasiga, ishlab chiqarish siklining uzunligi va umuman ishlab chiqarishning barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda har bir sanoat tarmog‘ida bir necha turdagi xom ashyo qo‘llaniladi. Ayrim tarmoq uchun qaysi xom ashyoni tanlash maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash uchun turli xom ashyolarni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirmoq zarur: solishtirma kapital harajatlari; mehnat unumdorligi; mahsulot tannarxi; mahsulot sifati; mahalliy xom ashyodan maksimal foydalanish; kamyob bo‘lmagan xom ashyodan foydalanish; ishlatilmaydigan chiqindilardan foydalanish mumkinligi; sun’iy materiallardan foydalanish mumkinligi; xom ashyoning progressiv texnologiya talablariga javob berishi; xom ashyoning bo‘lg‘usi tayyor mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi; ma’lum davrda muayyan tarmoqda qo‘llashning milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligi; ayrim hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari; ayrim tarmoqlardagi texnika taraqqiyoti va innavatsion faoliyat. Xom ashyodan to‘liq va har tomonlama foydalanib, uning turli qismlaridan turli xil mahsulotlar olish uchun undan kompleks foydalanmoq kerak. Xom ashyo resurslarini kengaytirish va tejashning yana bir yo‘li — xom ashyo va materaillardan qayta foydalanishdir. Masalan, yemirilgan mashinalar, binolar va eski texnikalarning metall qismlari, qog‘oz materiallari va boshqalardan sanoatda qayta foydalanish mumkin. Iqtisodiyot tizimining raqobatbardoshligini yanada kuchaytirish, aholi farovonligi yuksaltirish, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchali tejamli foydalana olishimizga bog‘liqdir. Ushbu vazifani xal etishda eng avvalo energiya iste’molini qimmatlashtirish va samarali energiya tejamini joriy etish choralarini amalga oshirish nihoyatda muhim ahamiyaga ega. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling