Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 1.1 Mb.
bet47/83
Sana23.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1047910
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti

Marketing turlari


Talabning sakkiz xil (manfiy, talabning yo‘qligi, yashirin, kamayib boradigan, nomuntazam, to‘la qimmatli, xaddan ortiq, noma’ko‘l talab) axvoli va ularga to‘g‘ri keladigan ma’lum marketing turlari quyidagilardir:

  1. Konversion marketing – manfiy talabni engishga, ya’ni tovar to‘g‘risida bo‘lmag‘ur gap-so‘zlar, xato fiqrlar va boshqa sabablar tufayli unga xozirga xtiyoj sezilmaydigan joyda amalda o‘sha tovarga talabni yuzaga keltirishga yordam beradigan marketingdir. Masalan, urushdan keyingi yillarda sanoatda ishlab chiqarilgan mayonez sotuvda paydo bo‘lganida xaridorlar bu maxsulotni qabul qilishmadi. Faqatgina reklama unga talab paydo bo‘lishiga va taklifni muvozanat xolga keltirishga yordam berdi.

  2. Rag‘banlantiruvchi marketing – talabni yg‘otadi. Tovar xaridorlarni qiziqtirmay qo‘yigan va bugungi kunda xar qanday qimmatiniyo‘qotib bo‘lgan (masalan, ba’zi gramplastinkalar), noto‘g‘ri joylashtirilgan (janubda piymalar yoki shimolda tok qalamchilari) maxalda, ya’ni tovarlarni qabul qilishga xaridorlar xali tayyor bo‘lmagan maxalda (chunonchi, bizda dastlabki paytlarda ko‘pgina elektr asboblari shunday axvolga tushgan) talab bo‘lmasligi mumkin.

  3. Rivojlantiruvchi marketing – yashirin talabni o‘z ichiga oladi va uni aniq yuzaga chiqqan talabga aylantiradi (masalan, shaxsiy kompyuterlarga bo‘lgan xozirgi talab).

  4. Remarketing – kamayib borayotgan talabni jonlantiradi. Masalan, oq-qora televizorlar bilan bir qatorda rangli televizorlar paydo bo‘lganida xaridorlarni oq-qora televizorlarni extiyotdan saqlash (o‘choq boshi, dala xovlidan) qulayligi ishontirish zarur bo‘ldi.

  5. Sinxromarketing – o‘zgarib turadigan, nomuntazam talabni nisbatan barqaror xolga keltiradi. Bunday talab mavsumiy yoki boshqacha o‘zgarishlarga uchrab turadi (masalan, modaning o‘zgarishi, odamlar didlarining boshqacha bo‘lib qolishi. Sinxromarketing strategiyasi taklif va talab xajmlarini tenglashtirishdir.

  6. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing – tovar va xizmatlar assortimentini arzonlashtirish, yangilash, to‘ldirish yo‘li bilan iste’mol va talabni qanday darajada bo‘lsa, shu darajada saqlab borishga imkon beradi. Bir vaqtlar talabni saqlab turish uchun savdoda gilamlar, billur buyumlar va boshqalarning baxolari pasaytirilar edi.

  7. Demarketing – xaddan tashkari yuqori talabni kamaytiradi (baxolarni ko‘tarish, tovarlarni kim oshdi sovdasi bilan sotish va boshqalar).

  8. Qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi marketing – noma’qul extiyojlarni qondiruvchi tovarlar (tamaki maxsulotlari, spirtli ichimliklar) va xizmatlarga bo‘lgan talabni antireklama va boshqalar yordami bilan kamaytiradi yoki yo‘qotadi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling