Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 1.1 Mb.
|
Korxona iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing moxiyati va maqsadi
15-ma’ruza
Marketing Reja: Marketing moxiyati va maqsadi; Marketing vazifalari; Marketing turlari; Marketing taktika va strategiyasi; 5. Marketing xizmatini tashkil qilish. Marketing moxiyati va maqsadiMarketing (inglizcha “market” bozor, “marketing” bozor bilan shug‘ullanish) – bozorning qoidalarini bilish, moslanish va uga ta’sir etish, tovar ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarning o‘zaro bog‘liqligiga erishishga qaratilgan xo‘jalik munosabatlari majmui. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, bu ishlab chiqarishning qo‘lami va xajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko‘payishi va tadbirkorlar o‘rtasida maxsulotni sotish suammosining vujudga kelishidir. Hozirgi davrda jaxon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq ta’rifi bor. Masalan, T. Levitiy “Sotish sotuvchining manfaatiga qaratilgan bo‘lsa, marketing – xaridor iste’moliga qalatalgandir” – deb ezgan edi. P. Draker shunday deydi: “Sotish va marketing bir-biriga qarama-qarshi xodisadilardir. Sotishning maqsadi uning juda ko‘payishiga erishishdir. Marketingning maqsadi iste’molchini shunday o‘rganish va tushunishidan iboratki, tovarlar yoki tovarlashgan xizmatlar o‘zlarining zarurligini, mazmunini to‘la bildirish kerak”. Marketing nazariyasi va amaliyotini umumlashtirib darslik yaratgan AQSH iqtisodchisi Filipp Kotler marketingning moxiyatini ko‘rsatar ekan: “Extiyojni axtaring va uni qodiring. Sota oladigan tovarni ishlab chiqaring. Tovarni emas, mijozni seving” - deb ta’kidlaydi. Marketing konsepsiyasi bo‘yicha firmaning maqsadi iste’molchilarni qondirish yo‘li foyda olishni ta’minlashdir. Marketingning raqobat vositasi sifatida qo‘llanilishida tadbirkorlik firmasi raqibiga bevosita, ya’ni talab orqali ta’sir etadi. Raqiblarga ta’sirni kuchaytirish iste’molchilar talabani qondirishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Lekin xaridorga o‘z tovarlarini o‘tkazish xollari xam bo‘lishi mumkin. Bu, avvalo monopol sharoit mavjud bo‘lsha, ikkinchidan, u bozor sharoitini to‘lar e’tiborga olgan xolda, bozordagi o‘zgarishlardan samarali foydalana olsa yuz berishi mumkin. Marketing xaqiqatdan xam “xaridor bozori” davri uchun mosdir va uning talabi, maxmunini o‘zida aks ettiruvchidir. Marketing maqsadini umumlashtirilsa, quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin: Eng yuqori iste’molga erishish; Iste’molning eng yuqori darajada qondirilishiga erishish; YUqori tanlov sharoitiga erishish; Eng yuqori turmush sifatiga erishish. Marketingda diqqat-e’tibor iste’molchiga qaratilgan, ya’ni uning diqqat markazida inson iste’moli etadi va shunga yo‘natirilgan faoliyat tufayli pirovard maqsadga erishiladi. Marketing faoliyati xarajatlar bilan birga bog‘liqdir. SHuning uchun marketingning samaradorlik muammosi vujudga keladi. xar soxada bo‘lganidek, asosiy masala tashkil eta bilish, undan yaxshi foydalana olish, qo‘lay chegarani topa bilish va pirovardida kutilgan samaraga erisha bilishdadir. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarning bu soxada xam tajribasi katta. Bizning vazifamiz bu tajribalardan o‘z sharoitimiz, talabamiz asosida foydalanish. Marketingni tovar xarakatining deyarli barcha bosqichlarida zarurligini, ya’ni talablarni yuzaga keltira olishini, iste’molchini to‘la qondira olishidagi axamiyatini quyidagicha bosqichma-bosqich ko‘rish mumkin. Tovar yuqori sifatli, ma’kul baxoda bo‘lgan taqdirda iste’molchi bu tovarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘ladi. Tovar egash tovar-pul muomalasini ko‘p urinmay amalga oshirishga muyassar bo‘ladi va o‘z maqsadiga mushkulsiz erishadi. Natijada ko‘zlangan xajmdagi tovarini sotib, kutilgan darajada foyda olishi mumkin. CHunki bunda juda chuqur va keng bo‘lmagan maxsus tijoriy- marketing faoliyati yuz yueradi xolos. Aytish mumkinki, marketing muraqqab bozor aloqalarini xarakatga keltirishda qatnashuviga qaramay, bunda katta muraqqablik yo‘q. Boshqaga xolat xam bo‘lishi mumkin, ya’ni katta urinishlarsiz xaridorlarni jalb etish mumkin bo‘lmaganda, ko‘zlangan miqdorda tovarlarni sotish, zarur foydani olish uchun katta tashkiliy-texnikaviy ishlarni o‘z ichiga oladigan marketing tizimi talab etiladi. Bunda bozorni chuqur o‘rganish, reklama baxo siyosati, tovarlarni qaboqlash, tovarlarni o‘rash, tovarlar sotilgandan keyin iste’mol bilan xizmatlarni uyushtirish kabi ishlarni o‘z ichiga oladigan marketing tizimi talab etiladi. Bu tovarlar xarakatini amalga oshirishdan iborat muraqqab jarayonni o‘z ichiga oluvchi marketing xizmatidan iboratdir. 1. Bundan tashkari yana boshqacha xolat mavjud bo‘lib, bunda tovarlarni sotish ancha og‘irlashib, endi buning uchun juda ko‘p qo‘shimcha xarakatlar qilish tufayligina zarur darajadagi xaridorlarga ega bo‘lish aloxida usullar qo‘llanishi bozorga boshqarishni o‘z ichiga olgan muraqqab marketing tizimidan foydalanishi talab qilinadi. Bunda albatta kibdiki, erkin bozor o‘zaro aloqa sharoitida iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish mexanizmlari xarakatining o‘zi marketing tizimini yuzaga keltiradi. Marketing, avvalo korxonalarning tijoriy faoliyatini ifoda etib, ularning bozordagi xakatlarni tarkibiy qimini tashkil etadi. Bunday xolda marketing tovarlarning iste’molchilar tomon va ularga etguncha bo‘lgan faoliyatini o‘z ichiga oladi. Buning zaruriyati iste’molchi talabiga tovarning mos kelishi, shu asosda ish yuritish ishlab chiqarishni shunga bog‘lashdan kelib chiqadi. Ma’lumki, xar bir tadbirkor ko‘r-ko‘rona ish boshlamaydi va faqat tavakkal qilib xarakat qilmaydi, shu bilan birga xos sababsiz o‘z soxa va tarmog‘ini tanlamaydi. Albatta, bunda iste’molchi talabi turtki bo‘ladi. Aytganimizdek, tadbirkorning manfaati iste’molchi manfaatisiz amalga oshmaydi. Demak, uning daromad olishi, ularning darajasi tovarlarga bo‘lgan talab bilan belgilanadi. Bozor sharoitida asli maqsad xarakatlantiruvchi kuch foyda olishga qaratilgan bo‘lib, bu faqat tovar sotilishi tufayli amalga oshadi. Buning uchun tovar talabga ega bo‘lishi, uni sotib olish qobiliyatiga ega bo‘lgan iste’molchi mavjudligi zarur. SHuning uchun xar bir korxona, tadbirkorning tovarlarini iste’molchiga etib borishi, iste’molchini xaridor sifatida yaxshi bilishi, tovar xarakatini to‘lig‘icha shunga qarata bilishigina faoliyatining muvafaqiyatli yakunlanishiga imkon beradi. Juda muraqqab bo‘lgan ishlab chiqarish bilan birga bozor talabidan kelib chiquvchi maqsadli tovar xarakati, tijorat, iste’molni tashkil etishigina tadbirkor, bozor qatnashchilarning asl maqsadini ruyobga chiqarish mumkin. Bunda marketingning o‘rni tijoraviy mazmunli tovar xarakati va xaridorlarga sotilishi jarayonidan iborat. SHuning uchun xam xar bir tovar bozorini tashkil etish, uning o‘z joyini topa bilish, xaridorni yuzaga keltira bilish, shu tovar bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatishni yuritish, iste’molchi talabasi asosidagi barcha xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarishni ta’minlash marketingning faoliyat soxasini tashkil etadi. SHunday qilib, marketing keng qo‘lamli xodisa, tarkib topgan tizimdir. U tub mazmuni bilan bozor iqtisodiyoti maxsulidir. Bozorni endi marketingsiz tasavvur etish qiyin, chunki xozir marketing aylangan. U bozor tufayli taraqqiy etish bilan birga, o‘z navbatida, bozorni taraqqiy ettirishda katta axamiyat kasb etadi. CHunki, marketing korxona faoliyatini to‘la bozor iqtisodiga qaratadi, unga bozor faoliyati mazmuni singdiradi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling