Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 0.56 Mb.
bet29/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

Tayanch tushunchalar
Sxolastiklar - diniy va dunyoviy ilmni teng olib boruvchilar.
Unumli sinf - qishloq xo‘jaligida ish bilan band bo‘lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar sinfi.
Unumsiz sinf - bular hunarmandlar, ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, to'ralar, ya’ni dehqonchilikdan boshqa sohada ish bilan band bo‘lgan kishilar.
Muhokama uchun savollar

  1. U.Pettining boylik nazariyasining o‘ziga xos xususiyati nimada?

  2. U.Petti bo‘yicha ish haqi darajasi nimaga bog‘liq?

  3. Fiziokratlar ta’Iimotiga qanday xususiyatlar xos?

  4. F.Kenening takror ishlab chiqarish nazariyasidagi ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsatib bering.

  5. A.Tyurgoning qiymat nazariyasining o‘ziga xos tomoni nimada?

M History of economic thought. Налу Landreth, David C Colander 80-b.


KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO‘LA SHAKLLANISNI. ADAM SMIT VA DAVID RIKARDONING IQTISODIY TA’LIMOTLARI

  1. Adam Smitning iqtisodiy qarashlari

B

Adam Smit (1723-1790 y.)
uyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» asari zamonaviy iqtisod fanining boshlanishi hisoblanadi. A.Smit o‘z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarini umumlashtirdi va tizimlash- tirdi. U xo'jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi.
Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi, bu yerda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o‘rgandi. A.Smit 1748-yilda Edinburgda ommaviy ieksiyalar o‘qiy boshladi, 1751-yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759-yilda o‘qigan Ieksiyalari asosida o‘zining etikaning falsafiy muammolariga bag'ishlangan birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764-yili A.Smit hayotida keskin o'zgarish bo'ldi: u kafedrani tark etdi va o‘sha davrda ko‘zga ko'ringan siyosiy arbob - gersog Baklning o‘g‘li - yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga hamrohlik qilish to‘g‘risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohatdan A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko‘rar edi, ya’ni umrining oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik gonoraridan ancha ko‘p bo‘lgan. Sayohat chog‘ida u Shvetsariyada Valter, Fransiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, uiaming ishlari
bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smit dunyoqarashining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
1766-yilda u o‘z yurtiga qaytib keldi va «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari tolg‘risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga kirishdi. Bu asar 1776-yil martda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi va umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi.
A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo‘lib, birinchi qismida qiymat va qo‘shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg‘arilishi va uning funksional shakllari, uchinchisida - kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko‘rsatib berildi, to‘rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlar ta’limotiga boMgan o‘zining munosabatlari aks etdi, beshinchi qismida davlat moliyasi masalalari ko‘rib chiqildi. Bu asar A.Smit hayot paytidayoq to‘rt marta, uning o‘limidan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta nashr etildi. U nafaqat Angliyada, balki chet ellarda ham zo‘r qiziqish uyg'otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy ta’limotlaming rivojlanishiga va ko‘pchi!ik davlatlaming iqtisodiy siyosatiga o'zining katta ta’sirini ko‘rsatdi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling