Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Rikardo va iqtisodiy siyosat
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rikardoning iqtisodiy kelishuv predmeti
- Rikardo modeli.
- Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi
Rikardo va iqtisodiy siyosat
Rikardo o‘z davridagi iqtisodiy muammolami yechishga harakat qildi, uning asosiy vaqti bug‘doy narxini tushirish, ijara narxlarining ko‘tariIishi, Angliyadagi ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik o‘rtasidagi aloqadoriikni asoslab berish biian kechdi. Ushu holatda eng asosiy savol bu xalqaro savdoni nazorat qijjshda siyosiy manfaatdor taraflami taqqoslash edi. Yer egalari erkin savdo, unda xarajatlar erkinligi tarafdori bo‘lsa, Britaniya sanoat vakillari esa ko‘plab qishloq xo'jaligi mahsuiotlari va arzon xomashyoni import qilish tarafdori bo‘ldi. Rikardo siyosati keyinchalik faqatgina sogMom iqtisodiy rivojlanishgagina emas, balki qator iqtisodchilaming siyosiy qarashlarining shakillanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Rikardo modeli tarmoqlar o'rtasidagi sabab-oqibat bogManishlarini tahlil qilishda amaliyotchilar tomonidan keng foydalanildi. Rikardo uslubi (yuqori abstrakt darajadagi) va uning siyosatga nisbatan yondashuvlari oxir - oqibatda keyingi iqtisodchilar uchun dasturul amal vazifani o‘tadi. Rikardoning iqtisodiy kelishuv predmeti Rikardo iqtisodiyotning asosiy konsepsiyasida burilish yasadi. Adam Smit xalqlar boyligini aniqlashda merkantilist g‘oyalariga tayandi, ammo Rikardo iqtisodiyotning asosiy maqsadi kapitalistlar va ishchilar o‘rtasida daromadlami taqsimlashni tartibga solish qonunini o‘rganish, deb hisoblagan. Turgo, Stuart, Smit, Sismondi va boshqalar asarlarida ijara, foyda, ish haqi va boshqa tabiiy ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, siyosiy iqtisod muammolari: daromad va uni taqsimlash qonunlari ilmiy tahlil qilinmagan edi17. Rikardo daromadlami taqsimlash funksiyasiga to‘liq kirishib, uni tizimda makroiqtisodiyotning bir qismi sifatida tan oldi. Uningcha bu yerda uch sinf muammosi yotadi, bular: kapitalistlarning foyda olishga qiziqishi, yer egalarining renta olishi, ishchilarning ish haqi olishi. Kapitalistlarning aksiyadan oladigan daromadini tushintirish uchun daromad, foiz, renta va ish haqi nazariyalari yaratildi. Xuddi Smit kabi Rikardo ham mikroiqtisodiy darajada ish olib bordi (lekin Rikardoning ko‘p nazariyalari, jumladan, aholi nazariyasi, ish haqi fondi ta’minoti, kadrlar, narxlarning umumiy darajasi va iqtisodiyotning qisqa va uzoq muddatli barqarorlik holati kabi makroiqtisodiy masalalardan iborat edi). Xususan, daromadlami taqsimlashda narxlarning davriy o'zgarishlariga to‘xtalib o'tilgan. Umuman olganda daromadlami taqsimlash funksiyasi zamonaviy iqtisodiyotining makro va mikro darajadagi oddiy ko‘rinishi, makroiqtisodiyot nazariyasining esa bir qismidir. Shunday bo‘lsada, u tomonidan ilgari surilgan qiymatning mehnat nazariyasi nisbiy narxlarning shakllanishiga tayanch nuqta bo‘ldi. Boshqa tomondan, Maltus va Rikardoning iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlik g‘oyaIari pravoslav cherkov tomonidan qariyb bir asrga yopib qo‘yildi. Rikardo modeli. Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining predmeti va metodini aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini amaliy ishlab chiqishda muhim rol o‘ynadi. Uning fikricha jamiyatning sinfiy tuzilishi uning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi «уer mahsuloti» (ya’ni milliy daromad va milliy boylik)ning uch asosiy sinf o‘rtasidagi taqsimoti qonunlarini aniqlashdan iborat. Bu taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va manfaatlaridan kelib chiqishi kerak edi va bu Rikardoning yutug‘i edi, ammo uning xatosi taqsimot usulini moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish usuli bilan bog‘Iiq qilib qo‘yganIigida edi. U mantiqiy abstraksiya metodidan foydalandi, ijtimoiy fanlarda aniq fanlarning usuli, ayniqsa, ilmiy deduksiyani keng qo‘lladi. U o‘z konsepsiyasi asosiga qiymat qonunini, ya’ni tovarlaming qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo‘ydi. Faqat bir omil - «Mehnat» qiymatining asosida yotadi, deb yozadi olim. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar shu qonunga qanchalik mos kelish-kelmasligini o‘rgandi. Rikardo kapitalizmni jamiyatni tashkil etishning yakkayu-yagona tabiiy va abadiy shakli, deb o‘y lagan. Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi D.Rikardo eng avvalo, qiymat nazariyasiga alohida .e’tibor qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni tugatish, D.Rikardo bo‘yicha siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni ko‘rib chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va ulami tanqidiy rivojlantirishga harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning mazkur kategoriyaga bo‘lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat tovar ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini yozadi. U qiymat birlamchi, shu bois daromadlar bilan aniqlanishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o'zini qiymatning mehnat nazariyasi tarafdori ekanligini namoyish etadi. Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish klassik iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda e’tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital va xomashyo ishlab chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini qayd qilib o‘tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu nazariyasini birinchi bo‘lib tanqid qilgan o‘zining do‘sti T.Maltus hisoblanadi. U birinchidan, savol qo‘yadi: agar qiymatning mehnat nazariyasini to‘gcri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to‘lash qanday bo‘ladi: qiymat bo‘yichami yoki qiymatdan past baho bo‘yichami? Agar baho qiymatdan past bo‘lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash tamoyili buziladi (foydaliligi har xil, lekin bir xil qiymatga ega bo‘lgan tovarlar ayirboshlanadi) bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning asosiy tamoyili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi real amaliyot bilan mos tushmasligini ko‘rsatib beradi: agar qiymatning yagona manbayi haqiqatdan ham mehnat bo‘lsa, unda mehnat ko‘p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko‘p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko‘proq foyda olishlari kerak. Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda me’yori deyarli bir xil. Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan emas, baiki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham aniqlanadi, deb xuiosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo olimidan sal avval, o'zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan oMchanadi, deb tushuntirishga qilgan harakati noto‘g‘ri ekanligini tan olgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling