Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish haqi nazariyasi.
- Foyda nazariyasi.
d) sinflar va daromadlar
A.Smit qarashlarida jamiyat uch sinfga ajratib ko‘rsatiladi: yer egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar: yer egalari qo‘lida asosiy ishlab chiqarish vositasi yer bo‘Iadi. Ular ijaraga bergan yeri uchun ijara to‘lovIari sifatida ushbu yerdan olingan daromadning bir qismini renta ko‘rinishida oladi; tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir-turiga (imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xomashyo zaxiralariga) egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko‘rinishida foyda oladi; yollanma ishchilar — eng ko‘p kambag‘al sinf hisoblanadi, ular mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko‘rinishida ish haqi oladi. A.Smit bo‘yicha jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va qatlamlarni ham o‘z ichiga oiadi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlaming daromadlari esa — ikkilamchi, ya’ni qayta taqsimlash natijasida shakllanadi. A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko‘rib chiqdi. Ish haqi nazariyasi. Ishchining daromad sifatidagi ish haqi, A.Smit bo‘yicha mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevosita bog'iiq. A.Smitning ish haqi nazariyasining e’tiborga molik joyi shundan iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va keyingi D.Rikardodan farqli ravishda mehnatga haq to‘lash miqdori yashash minimumi darajasigacha pasayadi, deb atalmish qonuniyatni inkor etgan. Buning ustiga, A.Smit mehnatga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida ish haqini oshirish tarafdori bo'lgan. Uningcha past ish haqidan ko‘ra yuqori ish haqi amal qilib turgan paytda faol faoliyat yurituvchi ishchilarni doimo topish, ishga jalb etish mumkin bo‘Iadi. Foyda nazariyasi. A.Smit bo‘yicha tovar qiymatining bir qismi ish haqi sifatida ishchiga tegadi, qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan qiymatning qolgan qismi tadbirkoming daromadi ko‘rinishida uning foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga to‘lanadigan haq, deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik daromadining adolatli ekanligini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda miqdori, A.Smit bo‘yicha “kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning ko‘p yoki каш boMishi ushbu kapitai miqdoriga bog'liq boMadi”. Foyda me’yorining pasayish moyiiligi qayd qilib o‘tiladi, bunday moyillik iqtisodiy rivojlanish bilan bogMab tushuntiriladi, chunki ancha rivojlangan mamiakatlarda foyda me’yori hamisha past bo'ladi. U foyda miqdoriga 3 ta omii ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb taxmin qiladi: Mehnat bozorlaridagi raqobat. Buning natijasida maoshlar ko‘tariIadi. Mahsulot bozori o‘rtasidagi raqobat. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat ortadi, mahsuiot narxlari tushadi, foyda ham kamayadi. Investitsiya bozorlarida raqobat, investitsiya imkoniyatlari soni cheklangan, kapitai miqdori oshganda foyda kamayadi. U ba’zi hududlar (masalan, Shimoiiy Amerika)da maosh va foyda har ikkisi yuqori darajada oshganini ham e’tirof etib o‘tadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling