Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
v) “ко *rinmas qo 7”
Bozor iqtisodiyoti bir markazdan turib boshqarilmaydi. Shunday bo‘lsada, u muayyan tartib va qoidaga amal qiladi. Xo'jalik faoliyatining har bir ishtirokchisi o‘z maqsadini ko‘zlagan holda ish yuritadi. Biroq bunday sharoitda alohida kishilaming manfaatlari qanday uyg'unlashadi, barcha jamiyat manfaatlari qanday yuzaga chiqadi? Birinchi bo‘lib bu muammoni ilmiy darajaga ko‘targan A.Smit bo‘ldi. U shunday yozadi: «Наг bir kishi o‘z kapitalini ko‘proq qiymat keltiradigan qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda, u jamiyat foydasiga ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutmaydi va unga ancha ta’sir ko‘rsatayotganini sezmaydi. U faqat o‘z manfaatini nazarda tutadi, faqat o‘z foydasini ko‘zlaydi. Shunday boMsada, bunday maqsad uning rejasiga kirmagan bo‘lsa ham, ushbu sharoitda ко‘rinmas qo'l uni maqsad sari yo‘naltiradi. 0‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda, jamiyat manfaatlariga atayiab unga xizmat qilgandan ko‘ra tez-tez xizmat qilib turadi». Gap shundaki, o‘z manfaati yoMida xizmat qilayotgan har bir odam pirovard natijada ijtimoiy mahsulotning ko'payishiga, jamiyat boyligining oshishiga yordam beradi. Shaxsiy manfaatga intilish ishlab chiqarishning rivojlanishiga, taraqqiyotga olib keladi. Har bir kishi o‘zini o‘ylab ish yuritadi, bundan butun jamiyat yutadi. A.Smit aytib o'tgan «ko'rinmas qo‘l» bozor mexanizmidir. U odamlami o‘z istak va xohishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda maqsad sari yo‘naltirib turadi. Masalan, agar qandaydir bir mahsulotga, aytaylik, nonga boMgan talab oshsa, novvoylar uning narxini oshiradilar. Ulaming daromadlari oshadi. Kapital bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa oqib o‘tib turadi, ayni chog‘da, u non yopish sanoatiga oqib o‘ta boshlaydi. Natijada non ishlab chiqarish ko'payadi va narx yana pasaya boshlaydi. Bu yerda A.Smit shaxsiy manfaatni raqobat va xo'jalik mexanizmining ichki harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko‘rsatib bergan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha turli mehnat egalari o‘rtasida raqobat kurashi amal qilib turadi. Bunda shaxsiy manfaat, o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish bir vaqtning o‘zida jamiyatga foyda keltiradi, umumiy boylikka erishishni ta’minlaydi. Demak, bozor iqtisodiyotida “ko‘rinmas qo‘l” amal qiladi; g) qiymat va bahoning shakllanishi A.Smit «sarfli» qiymat nazariyasiga asos soldi. U tovarning foydaliligi (iste’mol qiymati) bilan almashuv qiymatini bir-biriga qarshi qo‘ydi va almashuv qiymatining shakllanishini tahlil qilishda foydalilikni inkor etdi. Keyinchalik bu nazariyadan ikki qarama-qarshi yo‘nalish hisoblangan - iqtisodiy liberalizm va sotsializm vakillari o‘zlarining tamoyillarini asoslash uchun foydalandilar. A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doirniy o‘zgarishlaming natijasi ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Lekin boylikning «haqiqiy» qimmati doimo o‘zgarib turishi mumkin emas. Shuning uchun A.Smit o‘z oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya’ni uning qiymatini topish vazifasini qo‘ydi. Bunda u bir vaqtning o‘zida ikki har xil konsepsiyadan foydalandi. Birinchisi — tovarning qiymati faqat unga sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko‘p mehnat sarflansa, tovar shuncha qimmat bo‘ladi (bu konsepsiya D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy ta’limotlarining asosini tashkil etadi). Ammo ushbu qoida, A.Smitning fikricha, faqat jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, «qoloq jamiyatlarda» qo‘llaniladi. Lekin sivilizat- siyalashgan jamiyatda tovar qiymatini aniqlashda kapital va yer ham hisobga olinadi. Ikkinchi konsepsiya ana shunday pay do boMadi, unga binoan tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, yer) qatnashadi. Shunga muvofiq tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarish Taqsimot 8.1-rasm. A.Smitning qiymatning (va bahoning) tashkil topishi toeg‘risidagi ikki konsepsiyasi Ushbu rasmda A.Smitning birinchi konsepsiyasi «mehnat» so‘zi yozilgan yaxlit strelka ko‘rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni yaratishda mehnat yagona manba ekanligini ko'rsatdi. Mehnat bilan yaratilgan daromad taqsimlanish jarayonida ish haqi, foyda va rentaga bo'linadi. A.Smitning ikkinchi konsepsiyasining asl ma’nosi «Kapital» va «Yer» so‘zlari yozilgan nuqtali chiziq (punktirli) strelka yordamida ifodalangan. Bu konsepsiya mahsulot va daromadlami yaratishda mehnat bilan birga kapital va yeming ham ishtirok etishini bildiradi. Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida bo‘ladi. Mehnat ish haqi ko‘rinishida daromad yaratadi, kapital foyda ko‘rinishida daromad yaratadi, yer renta ko‘rinishida daromad yaratadi. A.Smitning ikkinchi konsepsiyasi oddiy tovar ishlab chiqarishni («qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni tadqiq qilishga o‘tish bilan bog‘liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab chiqarishda jonli mehnat qiymatning yagona manbayi bo‘la nlmaydi. “Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‘lgan. Kapital jamg‘arilishi va yeming xususiy mulkka aylanishidan oldingi jamiyatda, -deb yozadi A.Smit, - mehnat miqdorlari o‘rtasidagi nisbatmahsulotlami ayirboshiashning yagona asosi bo‘lib kelgan. Barcha mehnat mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‘iadi va sarflangan mehnatning miqdori bahoning yagona oMchovi hisoblanadi”. Keyinchalik kapital jamg‘arilib borgan sari vaziyat o‘zgarib boradi. Tovarning qiymati ikki qismga boMinadi: bir qismi ish haqiga, ikkinchi qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‘lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli boMadi. Bunday sharoitda muayyan tovami ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan bir manba bo‘la oimaydi. A.Smitning fikricha «tabiiy baho» (qiymat) bu shunday bahoki, uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va yer uchun toManadigan tabiiy me’yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy me’yorlar mintaqalar bo'yicha farq qiladi va ular hayot darajasiga, geografik va tabiiy sharoitlarga, o‘rtacha xarajatlar darajasiga va boshqalarga qarab o‘matiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx» konsepsiyasiga o‘xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi shundaki, F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan ongli ravishda o‘rnatiiadi, A.Smit bo‘yicha esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi - obyektiv bozor qonunlarining amal qilish natijasidir. Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab undan yuqori yoki past boMishi mumkin. Ushbu tebranish tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklifdan kam bo'lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo‘lgan boMadi va tadbirkorlar ishlab chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning oshishi va taklifning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Natijada bozor bahosi «tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning yetishmasligi, tabiiy va sun’iy monopoliyalarning mavjudligi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno; Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling