Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nominal narx.
- Taqsimot nazariyasi.
Renta nazariyasi. A.Smit nazariyasiga ko‘ra renta ishchining haq to‘lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulotning bir qismi hisoblanadi. U rentada yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi unsurlarini ko‘rgan, lekin absolyut va differensiai renta tushunchalarini ajratib ko‘rsatib bermagan. Yer uchastkalari ham unumdorligi, ham joylashishi bo‘yicha farq qilishi, bu farqlaming ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkinligini qayd qilib o‘tgan.
Smit rentaning eng kamida 4 ta nazariyasini taklif etadi. Rentaning kelib chiqishi: yer egalari tomonidan talab; monopoliya; turli xil afzalliklari; tabiat saxiyligi bilan belgilanadi. Nominal narx. Adam Smit garchi nominal narx taklif yoki faqatgina mahsulot narxlari kabi belgilanadi, deb izohlagan bo‘lsa ham u talabning rolini butunlay rad etmagan. U bozordagi narx talab va taklifning har ikkisi tomonidan belgilanadi, deb ishongan. U ba’zida tabiiy narxlar ham aynan talab va taklifga bogMiqligini ta’kidlagan. Shuningdek, u iqtisodning turli sektorlari orasida resurslar nazoratida va tabiiy narxlar tuzilmasida talabning o‘rni haqida qayd etib o'tgan. Nominal narxni belgilashda ba’zi faktorlar chalg‘ituvchi bo‘lgani sabab Smit 3 ta alohida nazariyani ishlab chiqdi: 1) mehnat qiymati; 2) mehnat buyrug'i nazariyasi va mahsulot narxi nazariyalari. Smitning fikricha narxlar talab va taklif bilan bog‘liq holda shakllanadi. Taqsimot nazariyasi. Daromadning shaxsiy taqsimoti alohida sotilgan mahsulot miqdori va narxiga bog‘liq bo‘ladi. Mehnat ko‘pchilik oila va ro‘zg‘or tomonidan egalik qilinadigan mahsulot omilidir, shuning uchun daromad maosh darajasi va ish vaqtiga bog‘liq bo‘lgan holda shakllanadi, deydi. Smitning iqtisodiy nazariyaga qo‘shgan ulkan hissasi nihoyatda ulkan. Boshqa o‘sha davrdagi mutafakkirlarga qaraganda Smit bozor iqtisodiyotini boshqarishning asosiy g‘oya va kuchlarini ko‘ra oldi. Biroq uning ishlari xatolardan xoli emas. U bazi jabhalarda, ya’ni narxlarning umumiy darajasi, nisbiy narxlarda chalkashliklarga yo‘i qo‘ydi. Biroq uning g‘oyalari iqtisodiy siyosat va bozor o‘rtasidagi munosabatlarga aniqlik kiritdi, tartibga soldi. Umuman olganda raqobatbardosh bozorlar faoliyati ustida tadqiqotlar olib borgan holda iqtisodiy nazariyaga sezilarli darajada o‘z hissasini qo‘shgan Rikardo, J.S.Mill va Alfred Marshall kabi nazariyotchilar Adam Smitning tahlillarini o‘rganishgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling