Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 0.56 Mb.
bet9/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

«Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar», degan ko‘rsatmalar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi), «Datyo bo ‘yida tahorat qilsangiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Masalan, Niso surasida (29-oyat) «Mollaringizni o‘rtalarinigizda nohaq (ya’ni o‘g‘rilik, qaroqchilik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, qimor kabi) yo‘llar bilan yemangiz! Balki o‘zaro rizolik bilan bo'lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz», deyiladi. Biroq sudxo‘rlik, poraxo‘rlik kabi illatlar shar’iy jihatdan harom ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi.
Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish ham katta gunoh, deb hisoblanadi.
Masalan, Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foydalanib, olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta’kidlangan.
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan, deb tan olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi, yolg‘on ishlatish, o‘g‘rilik, mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo‘l qo‘yganligi uchun qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), «ammo kirn bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o'zini tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar» (39-oyat).
Alloh Taoloning Qur’oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g‘oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga xiyonat qilish eng katta gunohiardan, deb e’lon qilingan. Shuningdek, o‘zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi.

  1. Abu Hamid al-G‘azzoliyning iqtisodiy fikrlari

Al-G‘azzoliy (1058-11 1 1-yillar), boshqa arab olimlari kabi jamiyatning falsafiy, ijtimoiy va iqtisodiy tomonlarini o‘z davrining ustuvor diniy e’tiqodlariga bogMagan asarlar yozgan. U o‘rta asrlar islom dunyosining eng yirik zakovat Ал-газали egalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari Avliyo
(1058-111 1 yillar) _ . , . , - . , . . . . . ...
Tomas Akvinskiyga о z ta sinni о tkazgaligi ma’lum. Uning bozorda ko‘ngilli almashuvlarga bergan ta’rifi o‘n birinchi asrda mehnat taqsimoti bilan bogMiq munosabatiarni muvofiqlashtirishni amalga oshirishga imkoniyat bergan.
Dastlabki vaqtlarda bir kishi bug‘doyni ekkan, o‘rgan va yanchgan, so‘ng xamir qilib non yopgan, vaholanki bu hoiat bir oilaning mehnati natijasi bo‘lishi mumkin. Al-G‘azzoliy o‘z davrida bitta non mingta yoki undan ko'proq ishchi mehnatining mahsuloti bo‘lishi mumkinligini kuzatgan. Kengayib borayotgan ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti iqtisodiy almashinuvga olib kelinishini tushunib, barteming qiyinchiiklarini yengillashtiradigan pulga bo‘lgan munosabatni ko‘rsata olgan. U davlat xarajatlari, soliqqa tortish va qarz olish; tanga pullar va tanga pullaming arzonlashuvi; foiz va sudxo‘rlik; qay tarzda eng yaxshi usul bilan soliq solish, jamiyat bo‘ylab soliq yukini yengillashtirish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatiarni ham o‘rgandi. Ibn Xaldunning iqtisodiy fikrlari
Ibn Xaldun (1332-1406-yillar) tomonidan ko‘plab “iqtisodiy” masalalar: foyda, taklif, talab, narx, jami ortiqcha miqdorlar va sarmoyaning shakllanishi kabi holatlar chuqur o‘rganiiganIigi va tahiil qilinganiigini ko‘rish mumkin. Ayrirn manbalarda Ibn Xaldun islom dunyosida ilk iqtisodiy qarashlar bilan shug‘ullangani qayd etiladi, ayrim bahs va munozaralarga ko‘ra bunday taniqlilik al-G‘azzoIiyga tegishli. Ulardan avval ming yillik davomida mashhur bo‘lib kelgan Aristotel va Platon kabi arab faylasuflari iqtisodiyotga nisbatan ko‘proq fundamental ahamiyatga ega bo'lgan
masalalarni o‘rganish jarayonida iqtisodiy faoliyatning dastlabki
tadqiqotlarida ayrim qiziqarli yutuqlarga erishdilar.
Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo4yozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to‘la shakllanmagan bo‘lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan boMishidan qat’iy nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Misr — Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimiy davlat. Miloddan avvalgi 10-6-ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terichilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug'ullanishgan. Ular orasida qadimiy som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar bo'lib, ulaming aralashuvidan miloddan avvalgi 4-ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka o'tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalaming paydo bo‘lishiga olib kelgan. Dehqonchilik qilish uchun kanallar, to‘g‘onlar qurish zaruriyati tug‘ilgan, buning uchun esa o‘zaro urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish
ro‘y berib, urug‘ zodagonlari ajralib chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlari vujudga kelgan. Keyinchalik ular o‘rtasidagi kurash natijasida shimolda Quyi Misr, janubda Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3-ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo bo‘lgan. Misming keyingi tarixi 4 ta asosiy davrga bo'linadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000—2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), CXrta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050-1700), Yaogi podsholik (miloddan avvalgi 1580-1070), So‘nggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070-332).

  1. G'arbiy Yevropadagi iqtisodiy g‘oyalar

Rim imperiyasi yemirilgandan keyin G‘arbiy Yevropada juda ko‘p feodal davlatlar vujudga keldi. Ularda o‘sha davrdagi katolik cherkovining qoidalari ustunlik qilardi. Barcha ilmiy fikrlarda diniy cheklashlar mavjud edi. Shuning uchun iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rta asr mualliflarining talqinlari diniy-etnik shaklda ifoda etilgan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling