Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Merkantilizimning zamonaviy tahlili
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Merkantilistlarninig nazariy hissasi
- Merkantilizmning tarixiy ahamiyati
Merkantilizimning zamonaviy tahlili
J.M Keyns o'zining “...umumiy nazariyasi”ning merkantilistlarga bag‘ishlangan “Merkantilistlar haqida” deb atalgan qismida ulami iqtisodiy rivojlanishga olib keladigan chora-tadbirlar haqida tushunchaga ega boMgan iqtisodchilar sifatida ta’rifladi. Lekin klassik iqtisodchilar 1776- yildan Keyns davrigacha merkantilistik adabiyotlarini ahamiyatsiz, deb hisobladilar. Klassik va Keyns nazariyasining xususiyatlarini solishtirish orqali bunday farqlarni mavjudligini tushunish mumkin bo‘ladi, albatta. Smit va boshqa klassik iqtisodchilar ishlab chiqarishning real hajmini belgilab beruvchi omillarga asosiy e’tibomi qaratganliklari sababli ularning nazariyalari faqat taklif tarafiga urg‘u beradi. Keyns yalpi talabning ahamiyatiga e’tibor qaratgan bo‘lsa ham u o‘zining nazariyasi va merkantilist g‘oyalari o‘rtasida ma’lum darajada bog'liqliklar mavjudligini bildi. U ularning yetarlicha iste’mol qilmaslik g‘oyasini ma’qulladi va ularning pul miqdorining oshishi ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, degan fikrlarini to‘g‘ri deb baholadi. Keyns fikricha, merkantilistlar ijobiy savdo balansi ichki sarflami oshiradi va shu orqali daromadlar va bandlik darajasini oshiradi, deb hisoblaganlar. Avvalgi yozuvchilar hissasini baholashning yana bir muammoli tarafi ularning intelektual muvaffaqiyatlarini baholashning zarurligidadir. Bu baholash to‘liq zamonaviy mezonlar asosida amalga oshirilishi kerakmi, yoki bo‘lmasa, o'sha davr tahliliy rivojlanish darajasiga mos ravishda amalga oshirilishi kerakmi? Ta’limot tarixchilarining asosiy qismi bu ikki qarash o‘rtasidagi pozitsiyada bo‘lsalar ham, avvalgi iqtisodchilaming nisbiy ahamiyati haqida har xil fikrga keladilar9. Merkantilizmga nisbatan bildirilgan yana bir munosabatni qayd etib o‘tishimiz kerak. Ayrim iqtisodchilar merkantilizmni ulaming namoyondalari ilgari surgan g'oyalari asosida emas, balki ulaming manfaatlari asosida baholashadi. Merkantilistlar zamonaviy iqtisodiy tiida “manfaat qidiruvchilar” deb atalgan. Ular foyda ko'rish maqsadida davlatni ishga soiib o‘zlari uchun imtiyozlar yaratganlar. Umuman olganda ular davlatning monopollik imtiyoziga sazovor boMgan savdogarlar bo‘lib, bu monopol-savdogarlik ularga balandroq narx o‘rnatish imkoniyatini bergan. Merkantilistlarninig nazariy hissasi Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari merkantilizmni o'rganib, 1660- 1776-yilIar oralig‘ida iqtisodiy tahlil ham miqdoran, ham sifat jihatdan mukammallashganini aniqladilar. Ehtimol merkantilistlaming eng katta muvaffaqiyati iqtisodiyotni tahlil qilish mumkinligini anglab yetganligidadir. Bunday o‘zgarish o'sha davrda mashhur bo‘lgan fizika fanlaridan inson tabiatini o‘rganuvchi ijtimoiy fanlarga o‘tishni aks ettirar edi. Bu o‘tish Isaak Nyuton (1642-1727) davridan keyin o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi, uning ta’siri esa hozir ham seziladi. Sxolastlaming axloqiy tahlili o‘mini sabab va natija tahlillarining egallashi o‘tmishdagi usullar to‘xtatildi, degani emas albatta, chunki ayrim sxolastlar mantiqiy tahlildan foydalanishar edi va axloqiylashtirish hozirgi zamonaviy adabiyotlarda ham mavjud. Lekin fizika fani qonunlarini topgan metodologiyalar bilan iqtisodiy qonunlami kashf qilish mumkinligini anglash iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik merkantilistlar iqtisodiyotda ko‘plab mexanik sabablarni ko‘rishgan va ushbu qonunlami bilgan odam iqtisodiyotni nazorat qilishi mumkin deb ishonishgan. Shuning uchun aql bilan qabul qilangan qonunlar iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta’sir qilishi mumkin va iqtisodiy tahlil berilgan natijaga erishish uchun qanday shakldagi davlat aralashishuvi kerak ekanligini ko‘rsatadi. Merkantilistlar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi tasodifiy boMmasligi, talab va taklif qonunlari kabi asosiy iqtisodiy haqiqatlarni chalkashtirmasligi lozim deb tushunishgan. Keyingi merkantilistlar iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishda iqtisodiy odam va foyda tushunchalarini tez-tez qo'llay boshladilar. Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa, ularning egoistik harakatlarini o'zgartira olmaydi, deb hisoblaganlar. Siyosatchilar insonning bu xususiyatini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilib, bu xususiyatlami millatning farovonligi uchun safarbar qiladigan qonun va institutlarni shakllantiradilar. Keyingi merkantilistlar o‘zlaridan oldingi g‘oyadoshlari yo‘l qo'ygan xato va kamchiliklarini anglab yetishganini ko‘ramiz. Masalan, ular pul boylik o‘lchovi emasligini, barcha davlatlar bir vaqtning o‘zida ijobiy savdo balansiga ega bolishi mumkin emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini ushlab turishi mumkin emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali boMishi mumkinligini va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik keitirishi mumkinligini tushunishgan. Davlatning iqtisodiyotga aralashishini kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar edi. Shu tariqa ko‘pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g‘oyalari boshlanayotgan edi. Biroq klassiklardan oldingi hech bir iqtisodchi bozor mexanizmi ishlashini, ya’ni narxlar qanday shakllanishi va cheklangan resurslar qanday taqsimlanishini bir-biriga bog‘langan yagona qarash sifatida shakllantira olmadi. A. Smit merkantilistlar yetisha olmagan tuchunchalami anglab yetdi. Merkantilistlar shaxsiy manfaat va xalq farovonligi o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud, deb hisoblashgan. Shuning uchun ularning fikricha davlat shaxsiy manfaatni xalq farovonligi tomon yo‘naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda tabiiy uyg‘unlik borligiga ishonishgan va xalq farovonligi tabiiy ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi, deb hisoblashgan.10 Merkantilizmning tarixiy ahamiyati Merkantilizm va uning vakillari - ijodiy merosidagi ham pozitiv, ham negativ unsurlar nuqtayi nazaridan iqtisodiy ta’limotlar tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Birinchidan, merkantilistlar konsepsiyasi deyarli butunlay muomala sohasidagi xo‘jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. Shunday boMsada, bu ularga ko‘p!ab iqtisodiy kategoriyalami ilmiy muomalaga kiritish, savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga ulaming ta’siri doimo aynan bir xil bo‘lgan emas. Masalan, mamlakatning o‘z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul muhim vosita ekanligini to‘g‘ri tushuntirib bergach, merkantilistlar milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalami jalb qilishga e’tibor bermadilar. Bundan tashqari ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi «yalqovlik» yoki «axloqiy buzuqlik» deb hisoblashgan. Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakilanishining Yevropada ancha rivojlangan mamlakatlar -Angliya va Fransiyada klassik siyosiy iqtisodning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib berishgan. Xususan, Fransiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol proteksionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog‘i yaratildi. Ammo bir vaqtning o‘zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo‘li bilan fermer xo‘jaIiklarining shakllanishiga to‘sqinlik qilindi. Angliyada esa merkantilizm iqtisodiy tarixdan ma’lumki, Fransiyaga nisbatan ancha «unumli» bo‘ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu mamlakatning proteksionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari, odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri - Tomas Man nomi bilan bog‘!ab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma’lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan boMgan g‘oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalaming asarlarida o‘z aksini topdi. Bundan tashqari XIX asrda Angliya ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilistik chora-tadbirlarni, jumladan, ichki va tashqi savdoda to‘la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling