Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 0.56 Mb.
bet54/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

Iqtisodiy sikllar. K.Marks tugallangan, yaxlit iqtisodiy sikllar nazariyasini yaratgan emas. Uningcha, inqirozlar bu «kapitalizmning asosiy ziddiyatlarining» namoyon bo'Iishidir. Xo‘jalikdagi anarxiya ishlab chiqarish strukturasi bilan iste’mol strukturasi doimo mos kelmasligini keltirib chiqaradi. Rivojianishning siklli xarakterda bo‘lishi, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozining muqarrarligi kapitalistik iqtisodiyotga xos xislatdir. Markscha iqtisodiy sikllar nazariyasi uning kapital jamg‘arilishi tahlili asosida ko‘rilgan. Siklli jarayon, K.Marks bo‘yicha yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo‘lgan talab (jamg'arish sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik tugatiladi va ishchi kuchining nisbatan yetishmasligi ish haqining oshishiga olib keladi; natijada foyda kamayadi .va jamg'arish sekinlashadi. Kapital jamg'arilishi me’yorining pasayishi yalpi talabning kamayishiga va shunga muvofiq bozor konyunkturasining pasayishiga olib keladi. Bunday inqirozli vaziyatda kapital qimmati qadrsizlanadi, ishsizlik esa qaytadan ko‘payadi va u ish haqining pasayishini keltirib chiqaradi. Bu hoi ishlab chiqarishning foydaliligini qayta tiklaydi, jamg‘arishni qaytadan boshlash uchun sharoit yaratib beradi; inqiroz bir vaqtning o‘zida ham buzadi, ham tuzatadi. Inqirozlar «hamma vaqt mavjud ziddiyatlaming faqat vaqtincha zo‘rma-zo‘raki hal qiiinishidan, zo‘rma-zo‘raki portlashlardan iborat bo‘lib, ular buzilgan muvozanatni bir lahzada tiklaydi». Inqiroz siklni tugallaydi va yangi navbatdagi sikl boshlanadi. Bu sikl davri mobaynida innovatsiya va yangi ish joylarini tashkil etish bilan birga iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, jamg‘arish jarayonida foyda me’yorining pasayish tendensiyasi va kapital qimmatining qadrsizlanishi, ishsizlar armiyasining ko‘payishi va ish haqining pasayishi qaytadan kelib chiqquncha va inqirozli vaziyat yuzaga kelguncha davom etadi.
K.Marks Sey qonunini tanqid qiladi. Bu qonunga muvofiq tovarlar taklifi avtomatik tarzda o‘ziga talabni keltirib chiqaradi Boshqacha aytganda, tovarlami sotishdan tushgan daromad ularni sotib olish uchun xarajatga aylanadi. К Marks tovarlarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) aktlari makon va zamonda mos tushmasligini ko‘rsatib berdi (tovar qiymati pulda saqlanadi). «Hech kim zudlik bilan sotib olishga majbur emas, chunki uning o‘zi nimanidir sotgan».
Demak, yalpi xarajatlar yalpi daromadlardan каш bo‘Iganda ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi mumkinligi kelib chiqadi, ya’ni siklli rivojlanishga olib keladi.
K.Marksning ko'rsatib berishicha iqtisodiy sikllaming moddiy asosi kapitalning vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi zarurligi hisoblanadi (har 5-10 yilda). Bunda texnika taraqqiyoti asosiy kapitalning ma’naviy eskirishi natijasida yangilanib turish muddatini qisqartirishi mumkin. Texnik Jcashfiyotlar va innovatsiyalar davriyligining xo‘jalik jarayoniga bo‘Igan ta’siri tahlili sikllar nazariyasining keying! rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatdi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling