Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
Iqtisodiy determinizm. K.Marksning iqtisodiy nazariyasi uning ijtimoiy qarashlari bilan, ayniqsa, ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasi bilan bevosita bogMiq. Keyingisining shakllanishi jarayonida u uch asosiy ilmiy manbaga: Smit-Rikardoning ingliz klassik siyosiy iqtisodiga, Gegel-Feyrbaxning nemis klassik falsafasiga va fransuz utopik sotsializmiga asoslanadi. Markscha ijtimoiy rivojlanish sxemasida markaziy o'rinda iqtisodiy determinizm («tarixning materialistik tushunchasi») turadi. K.Marks ijtimoiy rivojlanishga va uning tarixiga tatbiq etilgan determinizmning asosiy qoidalarini «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» asarida quyidagicha aniq va to‘liq ifodalab beradi:
«Kishiiar o‘z hayotlarida ijtimoiy jihatdan ishlab chiqarishda muayyan, zarur o‘zlarining irodalariga bog‘liq boMmagan munosabatlarda ishlab chiqarish munosabatlarida bo'Iadilar, bu munosabatlar ularning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotining muayyan bosqichiga muvofiq keladi. Bu ishlab chiqarish munosabatlarining yig'indisi jamiyatning iqtisodiy tuzilmasini, real bazisini tashkil etadi, yuridik va siyosiy ustqurma shu real bazis ustiga quriladi hamda ijtimoiy ongning muayyan shakllari shu bazisga muvofiq keladi. Moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli umuman hayotning ijtimoiy, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi bo'ladi. Kishilaming ongi ularning borlig‘ini belgilamaydi, balki aksincha, ularning ijtimoiy borlig‘I ulaming ongini belgilaydi. Jamiyatning moddiy islilab chiqaruvchi kuchlari o‘z taraqqiyotining ma’lum bosqichida mavjud ishlab chiqarish munosabatlariga yoki buning yuridik ifodasigina bo‘lgan - mulkchilik munosabatlariga zid bo‘lib qoladi; ular shu paytgacha mazkur munosabatlar bag'rida rivojlanib kelgan edi. Bu munosabatlar ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish shakllaridan ularning kishaniga aylanadi. Ana shu vaqtda ijtimoiy inqilob davri boshlanadi. Iqtisodiy _asos o‘zgarishi bilan butun bir g‘oyat katta ustqurmada ham ozmi-ko‘pmi tezlik bilan tub o‘zgarish yuz beradi... Ayrim odam haqida uning o‘zi to‘g‘risidagi fikriga qarab xulosa chiqarish mumkin bo‘lmagani singari, bunday o‘zgarish davri to‘g‘risida ham shu davming ongiga qarab hukm chiqarish mumkin emas. Aksincha, bu ongning sababini moddiy hayot ziddiyatlaridan, ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida bo‘ladigan ixtiloflardan topmoq kerak... Burjua ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining so‘nggi antagonistik shakli hisoblanadi,... lekin burjua jamiyatining bag‘rida rivojlanayotgan ishlab chiqaruvchi kuchlari, shuningdek bu antagonizmni yechish uchun moddiy sharoit yaratadi». Demak, K.Marksning nazariy konsepsiyasida ishlab chiqarish shakli o‘zining maxsus xususiyatiga, o‘zining ichki mantig‘iga ega. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi. Ishlab chiqarish munosabatlari yig‘indisi jamiyatning moddiy bazisini tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: huquq, idealogiya, siyosat, din va boshqalar bog‘liq bo‘ladi. Huquq, siyosat, din bazis tomonidan boshqarilib turiladi. Ishlab chiqarish omillari yig‘indisi jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. K.Marks ishlab chiqarish vositalarini, eng avvalo, mehnat qurollarini, mashina va asbob- uskunalami industrial tizimi ishlab chiqaruvchi kuchlaming muhim elemendi, deb hisoblagan. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi (ya’ni hozirgi zamon tushunchasida iqtisodiy o‘sish) ishlab chiqarish munosabatlarining (yoki ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning) takomillashuvini taqozo etadi. U o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga faol aks ta’sir ko‘rsatadi, iqtisodiy o‘sishiga imkon berishi yoki to‘sqinlik qilishi mumkin. Ijtimoiy organizmning ikki tomoni o‘rtasidagi o‘zaro aloqa juda murakkab, ko‘p qirrali va ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniqlovchi omil hisoblanmaydi. Jamiyatda ama! qiluvchi ijtimoiy qonunlar ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi hamda ideologik va siyosiy ustqurma bilan bazis o‘rtasidagi muvofiqlik tamoyilni ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik tamoyilning amal qilishi iqtisodiy o‘sishga olib keladi, ishlab chiqarish munosabatlarining iqtisodiy o‘sishiga to‘sqinlik qilishi esa bunday tamoyilning buzilganligini bildiradi. Shu bois, K. Marks fikricha ular ijtimoiy taraqqiyot dialektikasiga muvofiq o‘z o'mini boshqa progressiv ishlab chiqarish munosabatlariga bo‘shatib berishi kerak. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling