Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g‘oyalar


Download 0.56 Mb.
bet58/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g‘oyalar
Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, 1901-yiIdan boshlab fizika, kimyo, meditsina (biologiya), adabiyot va tinchlikni saqlash sohalarida Nobel mukofoti berilib kelinadi. 1968-yili Shvetsiyadagi Riksbankning 300 yilligi munosabati bilan iqtisodiyot fanining insoniyat hayotidagi yuksak rolini tan olish va rag'batlantirish maqsadida iqtisodiyot bo‘yicha (oltinchi) Nobel mukofoti joriy etildi va 1969-yildan buyon har yili berib kelinmoqda. Birinchi boMib bu mukofot iqtisodchi - matematik olimlar gollandiyalik Yan.Tinbergen va norvegiyalik Ragnar Frishga («iqtisodiy jarayonlarni matematik tahlil etishda dinamik modellami rivojlantirish va qo'llash bo‘yicha tadqiqotlari uchun») berildi.
1970-yilda (ikkinchi bo‘lib) Nobel mukofoti P.Samuelsonga «statik va dinamik iqtisodiy nazariyani rivojlantirigani va shu bilan iqtisodiyot fani tahlilini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tarishga hissa qo‘shgan ilmiy ishi uchun» berildi. Quyida shu iqtisodchining iqtisodiy g‘oyalari to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Pol Antoni Samuelson (1915)ning «Ekonomiks» kitobi dastlab 1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, hozirgi iqtisodiy ta’limotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualiflikda nashr etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga o‘girildi.
Ma’lumki, hozirgi zamon (XX asr) iqtisodiy ta’limotlarida uch asosiy: l)neoklassik; 2) keynschilik va 3) institusional yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, Samuelson shulardan birinchisining vakili sifatida ijod qilgan.
Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar davlat xususiy tadbirkorlar kirisha olmaydigan yoki kirishni xohlamaydigan

ayrim tovarlami ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni (masalan, milliy mudofaa sohasiga taalluqli) uning o‘zi zimmasiga olish kerak, degan fikrga rozi boMganlar. Lekin shu bilan birga ular bunday ishtirok juda kam darajada bo‘lishi kerak, deb hisoblar edilar. Samuelson hal qilishni mumtoz maktab bozor ixtiyoriga qoldirishni istagan haddan tashqari ko‘p muammolarga bozoming ta’siri unchalik o‘tavermasligini sezdi. Qo‘shmcha oqibatiar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sanoatning atrof- muhitni ifloslantirishi muammolariga talab va taklif qonuni ta’sir etmaydi. Binobarin , davlat iqtisodiyot uchun maqsadlami aniqlashni o‘z zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o‘z kuchidan foydalanishi kerak.


Samuelson eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunni daromadlar pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli, deb hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida qo'Ilab-quvvatlaydi. Uning fikricha hozirgi davr iqtisodchilari «neoklassik sintez»ga erishish uchun samarali kredit- pul va fiskal siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini aniqlash bo‘yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish, ikkala yondashuvdagi barcha sog‘lom fikirlami jamlashtirishga harakat qilmoqdalar. Kitobning dastlabki boblarida A.Smitdan hozirgi davrgacha bo‘lgan iqtisodiy ta’limotlar mohiyati tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab chiqiladi. Ayniqsa, A.Smit, T.Maltu’s, D.Rekardo asarlari har tomonlama tahlil etilgan.
Uning fikricha 1820-1870-yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va siyosatchilar gipnoz holatida bo‘lgan, bunga asosiy sabab «sanoat inqilobi» bo‘lib, bir qancha g‘oyalar, ayniqsa, T.Maltus, D.Rikardolaming aholi o‘sishi bilan daromadlar pasayishi to‘g‘risidagi fikrlari chippakka chiqdi.
XX asming 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo‘nalish paydo boMganligi qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks g‘oyalari.
Ayniqsa, neoklassik yo‘nalishda matematik usullarning keng qo‘ Ilanilishi, talab, foydalilik, umumiy iqtisodiy muvozanat
masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo'lib qoldi. A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida matematik elementlar «iqtisodiy tahlilning nozik metodlari»ga olib keldi. J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, «Sey qonuni» ga ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va keynschilar ta’sirida «araiash iqtisodiyot» yaxshi faoliyat ko‘rsata boshlaganligi ta’kidianadi. 2-jahon urushidan so‘ng ishlab chiqarish nihoyatda tez o‘sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta’kidianadi.
Ammo, deb ta’kidlaydi olim hali bizni to‘la bandlik va mo‘tadil baholar o'rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi.
Samuelson Chikago maktabi vakillari faoliyatiga, xususan,
M.Fridmennmg monetar sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu olimlarda «erkin raqobat», «bozor baholari» asosiydir.
Olim iqtisodiy taraqqiyotning omiilariga baho berib, uni to‘rtta deb hisoblaydi:

  1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy).

  2. Tabiiy resurslar.

  3. Kapital.

  4. Texnologiyalar.

Olimning bu omillari «taraqqiyotning to‘rt g‘ildiragi» deb yuritiladi. E’tibor berib qarasak, inson roli eng yuksak qo‘yilgan. Haqiqatan ham inson bo‘Imasa boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya, GFR...).
Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Laffeming soliqlar hajmi va yalpi milliy mahsulot o‘rtasidagi bog‘lanish tahlil etilgan. Laffer effekti bo'yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma’lum miqdorga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa davr mobaynida byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, istiqbolda jamg‘armalar, investitsiya va daromadlar ko'payishi tufayli byudjet tushumlari oshadi. Soliq stavkasi o‘zgarishlari iqtisodiyotga ta’sirini izihlash uchun Laffer egri chizig‘i chizilgan.
Unga ko‘ra soliq ortishi bilan davlat byudjetiga tushumiar ortavermaydi. Aksincha, shunday ma’lum chegara borki, undan ortiq soliq stavkasi byudjetga tushumlami kamaytiradi, chunki yuqori soliqlar xo‘jalik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni (rag‘batni) kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga olib kela^i. Demak, ma’lum hollarda soliq stavkalarini pasaytirish faqat ishlab chiqarishning o‘sishigagina emas, shuningdek, byudjetga soliq tushumlarining o‘sishiga ham olib keladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling