Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 0.56 Mb.
bet57/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

Tayanch tushunchalar
Qo‘shimcha qiymat - qo‘shimcha ish vaqti»da yaratilgan qiymat.
Absolyut qo‘shimcha qiymat- Ish kunini mutlaq uzaytirish yo‘li bilan oiinadigan qo‘shimcha qiymat.
Qo‘shimcha qiymat me’yori — qo'shimcha qiymatning o‘zgaruvchi kapitalga bo‘lgan nisbati.
Nisbiy qo‘shimcha qiymat-zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirish yo‘Ii bilan oiinadigan qo‘shimcha qiymat.
Muhokama uchun savollar

  1. A. Sen-Simon, SH. Fure va R. Ouen iqtisodiy qarashlarining mohiyati nimada?

  2. K.Marksning bazis va ustqurma konsepsiyalarini qanday tushunasiz?

  3. K.Marks “qiymat”, “qo'shimcha qiymat” kategoriyalarini qanday talqin etadi?

  4. K.Marks bo‘yicha qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish mexanizmini ko‘rsatib bering.

  5. K.Marks absolyut renta, deganda nimani tushunadi?


HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARI
EVOLYUTSIYASI
Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati
Iqtisodiyotda bir qancha ofatiar, xususan, ommaviy ishsizlik va inflyatsiya ijfimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri boMib qoimoqda. Aholoning mo‘tadil va to‘la bandligini, real daromadlar o‘sishini qanday qilib ta’minlash mumkin, degan savollar hammani, iqtisodiyot fani namoyondalarini ham qiziqtirib kelmoqda.
Bu masalalar bilan neoklassik sintez yo‘naIishi shug‘ullanib, unda klassik iqtisodiy ta’limot tomonidan ilgari aniqlangan nazariyalar hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalar bilan sintez qilinadi. Bu sohada barakali ijod etgan P.Samuelson fikricha «neoklassik sintez» - bu aslida hozirgi neokeyns va neoliberal nazariyalaming neoklassik g‘oyalar shuningdek, klassik maktabning ayrim qoidalari va hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan birlashib ketadi.
Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi
g‘oyalari
Bu yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash shakldagi qarashlar ustunlik qiladi, iqtisodiyotni tartibga solishning turli shakllari taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tarbibga solishda asosan uchta ta’limot qarashlari - ishtirok etadi. Bular 1) turli modifikatsiyadagi keynschilik ta’limotlari; 2) taklif iqtisodiyoti nazariyalari va 3) monetarizm. Keynschilik qarashlarida asosan davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki keng targ‘ib etiladi. Bunda konyunkturaning o‘zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta’minlash, ish bilan bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos qilib olinadi. Bunda asosiy e’tibor davlat bdjetiga qaratiladi, shu yo‘l bilan to‘lov imkoniyatlariga talab to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solinadi. Monetaristlar fikricha esa iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik prinsipi qo‘llab-quvvatlanadi.
Ayrim fikrlar bo‘yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy muvozanatni modellashtidshni ham o‘z ichiga oladi. Ayrim olimlaming aytishicha (A.B. Anikin) Samuelsonning neklassik sintezi avvalo, klassik mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo‘shilishi, deb qaraladi. Yuqorida keltirilgan qarashlami uch qismga bo‘lish mumkin: ulaming birinchisi iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash va bu prinsipini erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan birgalikda (iqtisodiy liberalizm), shuningdek, erkin bozor stixiyasini chegarolovchi keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo‘llanilishi mumkin. Ayniqsa, davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda «ishsizlikning tabiiy normasi» (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflyatsion imkoniyatlar hamda Erxard-Ryopkelaming «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» prinsiplari birgalikda harakat qiladi. Ikkinchi qarashlarda XIX asming oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat) nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yoki xarajat nazariyasi va eng yuqori foydalilik nazariyasi aks ettiriladi. Bu yerda marjinalistlanting ikkinchi vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi to‘g‘risida gap bormoqda (V. Paretto va boshqalaming baho, talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko'zda tutiladi).
Uchinchi qarash bo‘yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi modeli bir vaqtning o‘zida makro va mikro iqtisodiy tadqiqotlarga asoslanadi. Bu tadqiqotlarda avvalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal raqobat to‘g‘isidagi qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste’mol sohalari bir-biriga qarama- qarshi qo‘yilmaydi. Bu qarashlarda Keynsning «Psixologik qonuni», ya’ni daromadlarning iste’molga nisbatan tezroq o'sishi, «Veblen Effekti» va boshqa noiqtisodiy omillarning ta’siri ham hisobga olinadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling