Mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti reja: J. M. Keyns makroiqtisodiyoti


Download 345.48 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi345.48 Kb.
#117023
Bog'liq
2 5314492171569595362 iqtisodiyot nazariyasi ppt

MAVZU. KEYNS VA KEYNSCHILIK TA’LIMOTI

Reja:

J.M.Keyns makroiqtisodiyoti.


1.

Keynsning multiplikator modelining shakllanishi: 1940-1960.

Yangi Keynschilik nazariyasi va muvofiqlashtirishda muammolar.

Samarali talab va insonning psixologik moyilligi

2.

3.

4.


Qisqacha tavsif

  • Keynschilik iqtisodiyoti atamasi o‘z davrida muhim iqtisodchi olimlardan biri bo‘lmish J.N.Keynsning otasi Jon Meynard Keyns nomidan kelib chiqqan. O’g‘ilning tezlik bilan erishgan yutuqlari otasining erishgan yutuqlaridan kam bo‘lmadi, albatta. Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish J.M.Keynsning hayoti ko‘p tomonlama J.S.Mill hayotiga o‘xshab ketganligidan dalolat beradi. Bu har ikkala iqtisodchining otalari ham o‘z davrining bilimli iqtisodchi olimlari bilan zamondosh bo‘lishgan: Jeyms Mill David Rikardononing, J.N.Keyns esa Alfred Marshallning do‘stlari sanalgan.

1. J.M.Keyns makroiqtisodiyoti


Jon Meynard Keyns (1883-1946y.)

Asosiy asarlari

«Ehtimollar to‘g‘risida traktat» (1923),

«Erkin tadbirkorlikning tugatilishi»(1926),

«Pul to‘g‘risida traktat»(1930),

«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936)

Birinchi Jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul muomalasi muammosiga alohida e’tiborni qaratdi va oltin standartni tartiblanadigan valyuta bilan almashtirish g’oyasini ilgari surdi. Bunday tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir ko’rsatish dastagiga ega bo’lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo’lgan.


Umumiy Nazariyada Konseptual Tabiiylik

Umumiy Nazariyada Konseptual Tabiiylik

Keyns Umumiylik nazariyasida o‘zgaruvchan narxlar darajasi haqida qisqacha fikr yuritsada, ishsizlik muammosini hal etishning iloji topilmadi, uning asosiy mohiyati haqida fikr bildirish u uchun ahamiyatsiz edi; ishsizlik muammosini qanday qilib hal etish kerakligi masalasining mavjudligi o‘zgarmas maosh hamda narxlar darajasini iqtisodiyotda qo‘llash zarurligidan dalolat berar edi. U realitik yo‘nalish bo‘yicha bu masalani hal eta oldi, chunki haqiqiy analitik model shu kabi gipotezalar qilishga imkon bera olmas edi. Keyns o‘z nazariyasiga analitik baza yaratish maqsadida uni boshqalarga qoldirdi.

2. Keynsning multiplikator modelining shakllanishi: 1940-1960.


1940-1950-yillarga kelib iqtisodchilar yuqori darajada takomillashgan multiplikatorlik modelini ishlab chiqdilar. Bu model o‘z ichiga xalqaro ta’sir doiralarini, davlat hamda individual xarajatlarninng turli xil ko‘rinishlarini olgan holda kengaytirib borildi. Balanslashgan budjet multiplikatorligi atamasi iqtisodiy atamalarning asosiy qismlaridan biriga aylandi va har bir iqtisodchi talaba Keynsning bu modelini o‘rganib chiqishiga to‘g‘ri keldi.

Buyuk turg’unlik va iqtisodiyot fanining rivojlanishi.

Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga solgan 1929–1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri iqtisodiyot fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 1929 yildan 1933 yilgacha AQShda ishsizlik darajasi 3 foizdan 25 foizgacha oshdi. 1941 yilga qadar u 14,3 foizdan (1937 yil) pastga tushmadi. 1937–1938 yillarda yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u II Jahon urushiga kelib to’xtatildi. Faqat 1942 yili ishsizlik darajasi 5 foizdan pastga tushdi. Bunday holatni dunyo hali ko’rgan emas.


3. Yangi Keynschilik nazariyasi va muvofiqlashtirishda muammolar

Yana iqtisodiy o‘sish va taklif haqida

  • Yangi klassik nazariya makroiqtisodga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, lekin o‘zining nazariyalari uchun, Keyns makroiqsodiy nazariyasidek ko‘p isbot yig‘a olmadilar. Statistik ma’lumotlar javob topish uchun yetarli emas edi. Shu nuqtada makroiqtisodchilar iqtisodiy sikl muammolariga e’tibor qaratmay qo‘ydilar va o‘sish iqtisodiyotiga ko‘proq e’tibor qarata boshladilar. Bu davr talabi edi, Amerika iqtisodiyoti 1990 yillar davomida o‘sib keldi va xech qanday iqtisodiy siklga duch kelmadi.

Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu – bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to’lovga qodir talab.

  • Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu – bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to’lovga qodir talab.

Samarali talab nazariyasining asosiy qoidalari:
  • aholining ish bilan bandlik darajasi samarali talabga bog‘liq, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi;

  • a) iste’molga bo‘lgan talabni;

    b) investitsiyaga bo‘lgan talabni;


  • XX asrning 30-yillari ko‘pchilik mamlakatlarda yalpi talabning (iste’mol talabi ham, investitsiya talabi ham) samarali bo‘lmaganligi asoslab beriladi:

  • a) iste’molga bo‘lgan talabning yetarli darajada samarali bo‘lmasligiga asosiy sabab, ish haqi oshganda kishilar iste’molining oshib borishi pul daromadining o‘sish sur’atidan doimo orqada qoladi, bu holat «asosiy psixologik qonun»ning amal qilishi bilan bog‘lab tushuntiriladi, bu qonunga ko‘ra, inson daromadlari oshib borganda oldingiga qaraganda daromadlarning ko‘proq qismi jamg‘arib boriladi;

    b) Investitsiyaga bo‘lgan talab ikkita sababga ko‘ra samarali bo‘lmagan:

    -o‘sha «asosiy psixologik qonun»ning amal qilishi tufayli iste’molchining sarflagan investitsiyasiga foyda ololmay qolishdan qo‘rqishi;

    - kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi;


  • J.Keyns yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va hukumatning quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini taklif qiladi:

  • - davlat uncha yuqori bo‘lmagan iste’mol talabini davlat xarajatlarini va iste’molini ko‘paytirish orqali kompensatsiyalashi kerak;

    - hukumat ssuda foizini ilmiy asosda tartiblash yo‘li bilan xususiy investitsiyani rag‘batlantirish siyosatini yurgizishi kerak;

    - bozordagi vaziyatga qarab, ayrim hollarda, aholi jamg‘armasining haddan tashqari ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, aholidan olinadigan soliqlarni ko‘paytirish zarur; shu maqsadda vaqti-vaqti bilan ish haqi darajasini muzlatib qo‘yish o‘rinli hisoblanadi;

    - makroiqtisodiy darajada qaror qabul qilishda «multiplikator»dan foydalanish zarur.



Multiplikator nazariyasi
  • Multiplikator investitsiya o‘sishi bilan daromad (milliy daromad) o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi, multiplikatsiyaning «ishlash» holati quyidagi sxema ko‘rinishida bo‘ladi:

Kishilarning o’z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo’yicha, quyidagi sabablarga bog’liq:

Kishilarning o’z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo’yicha, quyidagi sabablarga bog’liq:

– xarid qilish zarurligi (transaktsion motiv);

– kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan);

– chayqovchilik sababi (motivi).

Foiz stavkasi past bo’lganda qimmatli qog’ozlar kursi yuqori bo’ladi. Foiz stavkasi ko’tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasaydi. Demak, chayqovchilik funktsiyasi likvidligi foiz me’yoriga bog’liq. Foiz me’yori qancha past bo’lsa, chayqovchilik motivi bo’yicha naqd mablag’larga talab shuncha yuqori bo’ladi. Foiz me’yori qancha yuqori bo’lsa, naqd pulga talab shuncha past bo’ladi (yuqorida ko’rsatilgan sababga ko’ra).

  • Foiz stavkasi past bo’lganda qimmatli qog’ozlar kursi yuqori bo’ladi. Foiz stavkasi ko’tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasaydi. Demak, chayqovchilik funktsiyasi likvidligi foiz me’yoriga bog’liq. Foiz me’yori qancha past bo’lsa, chayqovchilik motivi bo’yicha naqd mablag’larga talab shuncha yuqori bo’ladi. Foiz me’yori qancha yuqori bo’lsa, naqd pulga talab shuncha past bo’ladi (yuqorida ko’rsatilgan sababga ko’ra).

pulga bo’lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib chiqadigan funktsiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funktsiyasi):

  • pulga bo’lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib chiqadigan funktsiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi funktsiyasi):
  • Dm = f (Y,R)

  • Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar – jamg’arma to’plashning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari bexatar hisoblangan naqd ko’rinishdagi o’ziga xos sug’urta fondi zarur.

E'tiboringiz uchun raxmat
Download 345.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling