Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 0.56 Mb.
bet52/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

Ish haqi. K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga o'xshab mehnat uchun to'lanadigan haq, deb emas, balki ishchi kuchi uchun to'lanadigan haq deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq ish haqi ishchining va uning oilasining hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan tovarlar miqdoriga teng bo'ladi. Ish haqi darajasi mehnat unumdorligiga bog'liq bo'lib, u o'z navbatida, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta’minlanishi sababli ro'y beradi. Bu hoi pirovard natijada ish haqining o'sishiga to'sqinlik qiladi, negaki texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Ishchi kuchining ortiqchaligi esa ishchilar bilan kapitalistlar o'rtasidagi munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va ishchi kuchi o'z qiymatidan past bahoda sotiiadi.
Demak, K.Marks bo'yicha ishchi mehnatini emas, balki ishchi kuchini sotdi, bunda «haq to'Ianmagan mehnat»ning (aniqlash va o'lchash mumkin bo'lgan) ish haqiga aloqasi bo'lmaydi, «haq to'Ianmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas, negaki bitim (kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini ayirboshlash yuzasidan tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki mehnat jarayoni tugagandan keyin to'laydi. Ishchi o'z ishchi kuchining qiymatini ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma’Ium miqdorda mehnat, shu jumladan, qo‘shimcha mehnat ham qilishi kerak. Mehnat sarfi esa uning nazariyasiga ko’ra ish vaqti bilan o‘lchanadi. Binobarin, ishchi kuchining ma’lum muddat davomida unumli mehnat qilishi uning qiymatiga haq to‘lash sharti bo‘lib qoladi.
K.Marks fikri bo‘yicha real ish haqi «hech qachon mehnat unumdorligi kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o'smaydi» va natijada ishchilarning kambag‘allik va ma’naviy qashshoqligi kelib chiqadi. Lekin tajriba bunday qarashlarn,ing mutlaq noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib berdi. Kapitalizm nafaqat texnologiyalar darajasini takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan), balki ijtimoiy masalalar bo‘yicha ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling