Sanoat ishlab chiqarish qishloq xoʻjaligi zargarlik buyumlari maishiy uy roʻzgʻor buyumlari va maxsulotlarni tayyorlashda homashyo texnologik jarayonlarni loyihalash texnologiyasini oʻrganish


Download 5.74 Mb.
bet6/10
Sana21.11.2023
Hajmi5.74 Mb.
#1792364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zardo’zlik

Fanlararo bog`liqligi: matematika, chizmachilik, iqtisod va boshqa fanlar
Darsning borishi:



Dars bosqichlari

vaqti

1

Tashkiliy qism

5

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10

3

Yangi mavzu bayoni

20

4

Amaliy mashg`ulot

30

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

6

O`quvchilarni rag`batlash

4

7

Uyga vazifa

3

8

Ish o`rnini yigi`shtirish

2

I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish.

  2. Davomatni aniqlash.

  3. Darsga tayyorgarlikni tekshirish.

  4. O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.

II. O`tilgan mavzuni takrorlash.Uyga vazifani so`rash.

  1. Savol –javob o`tkazish.

  2. Topshiriqlarni tekshirish.

O`quvchilar guruhlarga ajratiladi.
Guruh sardorlari turib guruh nomari va o`zlarini tanishtiradilar. Har bir guruhga savol beriladi.
1.Guruhga: gazlama ustiga yupka andazani joylashtirish
tartibini rasmda ta`svirlab bering.
2. Guruhga:Yubkaning bel va chet qismlariga ishlov berishni chok turini rasmda ta`svirlab bering.
1.Guruhga Yubka eskizini chizib bering.
2.Guruhga: Yubkani modellashtiring.
Kim epchilu kim chaqqon metodi.
Savol beriladi chaqqon guruh birinchi javob beradi, kamchilligini 2 -guruh to`ldiradi.
1.Molniya bu nima?
J:Molniya- yupka, kuylak, shim, boshqa buyumlarda ishlatiladigan furnitura hisoblanadi.
2.Yubka turlarni ayting.
J:Tug`ri bichimli, quyoshsimon, bo`lakli yubkalarga bo`linadi.
3.Yubkaga oxirgi ishlov qanday beriladi?
J:Iplardan tozalanib dazmollanadi.
4.Yubka ulchamlarini sanab bering.
J;Bel yarim aylanasi, buksa yarim aylanasi, Belda o`tirish chizig`igacha bo`lgan masofa,Yupka uzunligi, Qo`shimcha kengliklar bel uchun =1 buksaga +2
5.Nimaga Yubkaga andaza yarim olinadi?
J:Chunki bichilayotganda gazlama buklovda taxlanadi.
Yangi mavzu bo`yicha B|B.X|.B.O. metodi beriladi. O`quvchilar to`ldiradi. Bilishni xoxlayman bo`limidagi savollarga o`qituvchi tomonidan javob beriladi. Yangi mavzu bo`yicha to`liq ma`lumot beriladi.

5” ”4” “3”



III.Yangi mavzu bayoni.
Qadimda ham, hozir ham zardo’zlik bilan shug’ullanadigan hunarmandlarni «zardo’z» deb atashadi. O’zbekiston kashtachiligini noyob turi zardo’zlik san’atisiz to’la tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu san’at o’tgan asrning o’rtalarida Buxoroda gurkirab rivojlangan. U yerda mohir ustalar amir saroyining ustaxonalarida amir va uning saroy ahli kiyadigan dabdabali kiyimlarga pardoz berishgan. Zardo’zlik odatda erkaklarga mansub bo’lgan va ular o’z hunarini bolalariga meros qilib qoldirishgan. Zardo’zlik san’ati o’zining uzoq tarixiga ega bo’lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. Zardo’zlik san’atining an’analari o’z davrida ham mavjud va mashhur bo’lgandir. Hozirgi Eronda esa XV-XVII asrlardagi zardo’zlik namunalari anchagina saqlanib qolgandir.
Buxoro zardo’zi ashyolarining deyarli hammasi amir saroyining ehtiyoji uchun ishlatilgan, faqat juda oz miqdorigina sotish uchun bozorga chiqarilardi. U paytda zardan tikilgan erkaklar kiyimlarini faqatgina xonga va uning qon- qarindoshlariga tegishli insonlar kiyar edilar. Hech kim, hatto eng katta amaldorlardan birortasi ushbu qimmatbaho kiymlarni o’ziga buyurtirishga haqqi yo’q edi. Ular bu kiyimlarni amir sovg’a qilgandagina kiyishlari mumkin edi. Ayollar va bolalarning zardo’z kiyimlarini esa faqatgina badavlat xonadon a’zolari kiyishga haqli edilar. Zar va kumush ip bilan erkaklar to’ni, salla, do’ppi, shalvar, poyabzallar, ayollarning ko’ylak, kamzul kaltacha, peshanaband, ro’mol, etik va tuflilari tikilgan.
Mustaqillikka erishgan kunimizdan boshlab davlatimizning butun siyosati o’zligimizni qayta tiklash va mustahkamlashga qaratildi. Ayniqsa, mamlakatimiz ertasi bo’lgan yoshlarimizda bunday muqaddas his-tuyg’uni shakllantirishda ona tilimiz, ana’analarimiz va urf-odatlarimiz bilan birga milliy xunarmandchiligimiz ham muhim o’rin tutadi.
1997-yil 31 martda O’zbekiston Respulikasi Prezidentining «Xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonga asosan Respublika «Hunarmand» uyushmasi tashkil etildi va uning viloyatlarda hududiy bo’linmalari ochildi. Bu uyushma va uning hududiy bo’linmalarini tashkil etishdan maqsad, uzoq yillar mobaynida unutilib ketgan xalq amaliy san’ti va xunarmandchiligini tiklash, o’zbek milliy amaliy san’ati va xunarmandchiligini butun dunyoga tanitish edi.
Zardo’zlik - qiziqarli va ijodiy ish bo’lib, u insonga ko’p quvonch keltirishi, bo’sh vaqtida ermak bo’lishi, insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Zar tikish usullarini o’zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi chiqmasligi mumkin, chunki zardo’zlik sabr-toqatli, e’tiborli, tartibli bo’lishni talab etadi. Chidamli bo’lish lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish asta-sekin osonlasha boradi.
Mohir zardo’z bo’lishni xohlagan har bir hunarmand quyidagi uch hunarni bilishi zarur bo’lgan:
1.Rasm solish va naqsh chizish;

2.Naqshlarni tushirish va qirqish;

3.Qirqilgan naqshlarni zar ip bilan tikish va bezatish.





Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlar inson atrofidagi narsalar uchun mo’ljallangan bo’lib, insonga estetik zavq bag’ishlash va uning ijtimoiy mavqeini ko’rsatishga xizmat qilgan. Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlarning quyidagi turlari mavjud: choy xaltai zardo’zi, muxr xaltai zardo’zi, pul xaltai zardo’zi, jildi soat, g’ilofi zardo’zi, tumorchai zardo’zi, so’zanai zardo’zi, chimildiki zardo’zi, joynomozi zardo’zi, choynakpo’shaki zardo’zi va hokazo. Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan zardo’zi buyumlarni bichish usullari hamda bichimining tuzilishiga qarab uch turga ajratish mumkin:



  1. Bichimi to’g’ri chiziqdan iborat bo’lgan kichik xajmli zardo’zi uy-ro’zg’or buyumlari;

  2. Bichimi ma’lum shaklga ega bo’lgan kichik xajmli uy-ro’zg’or buyumlari;

  3. Bichimi to’g’ri chiziqdan iborat bo’lgan katta xajmli uy-ro’zg’or buyumlari.




Download 5.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling