Sanoat ishlab chiqarish qishloq xoʻjaligi zargarlik buyumlari maishiy uy roʻzgʻor buyumlari va maxsulotlarni tayyorlashda homashyo texnologik jarayonlarni loyihalash texnologiyasini oʻrganish


IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 5.74 Mb.
bet9/10
Sana21.11.2023
Hajmi5.74 Mb.
#1792364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zardo’zlik

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

  1. Xalq amaliy san`atining qaysi turlarini bilasiz?

J:Zardo`zi, quroq, kashtachilik, do`ppido`zlik.

  1. Zardo`zlikning kelib chiqish vatani qayer hisoblanadi?

J:Barcha sharq mamlakatlari.
3.Qadimda zardo`zlik qayerlarda ishlatilgan?
J:Vavilonda,Vizantiyada, Rim imperiyasida, ironda, sharq mamlakatlarida faqat imperatorlar va aslzodalr uchun tikilgan.
4.Qanday zardo`zi buyumlarni bilasiz?
J:To`nlar, kelinlar ust kiyimi, do`ppisi, oyoq kiyimi, bezak yostiqlar,yelpig`ichlar, choynak yopgich hokozolar.
5.Zardo`zlikda qanday iplardan foydalaniladi?
J:Rangli va rangsiz zar iplar ishlatiladi.
6.zardo`zlikda qanday gazlamalardan foydalaniladi?
J:Bo`z, chit, barxat, velvur.
7.Buyumlarni bezash uchun nimalar ishlatiladi?
J:Munchoqlar, pistonlar bisserlar bezak lentalar.
V. Darsga faol qatnashgan o`quvchini rag`batlantirish va baholash. “5” “4” ‘’3’’


VI.Uyga vazifa.
1.Zardo`zlik boyicha olgan bilimlaringizni daftarga tushurib kelish.
2.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzib kelis. VII.Ish o`rnini yig`ishtirish
XULOSA VA TAVSIYALAR
O’zbekistonning mustaqilligi milliy madaniyatimiz, ayniqsa xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi taraqqiyotigina keng yo’l ochib berdi. Qadimdan rivoj topib kelayotgan naqqoshlik, ganchkorlik, yogoch o’ymakorligi, badiiy kulolchilik, misgarlik, kashtachilik turlari yana gurkirab o’sa boshladi, uning milliy badiiy an’analari yanada rivojlanmoqda.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 10 iyul 346 – sonli qarorida 1997 yili “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab – quvvatlash chora tadbirlari to’grisida-gi qarori alohida ahamiyat kasb etadi.
Albatta, bunday qaror amaliy san’at rivojlanishida ham katta ta’sir ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasi, barcha viloyatlarda xususiy ustaxonalar ochilgan, ularda ko’plab yoshlar san’at sirlarini o’rganmoqdalar, badiiy asrlar yaratmoqdalar.
O’zbek xalqining madaniyati naqadar yuksak bo’lganligi ota-bobolarimiz qurgan binolar, me’morchilik bezaklari, ularning rang-barangligi, geometrik va o’simliksimon naqshlar ularning kompozistion tasviri zavq olishga, tarbiyalanishga, ular orqali o’z orzu umidlarini, muhabbatlarini xalqqa izhor etishga chorlaydi. Asrlar davomida orttirgan madaniy boyligimiz, xalq amaliy san’ati turlari ayniqsa, kandakorlik san’atida naqsh turlari, maktablari va ularning o’ziga xos tomonlari, ishlash texnologiyasi hamda buyumlarga mos naqsh kompozitsiyalar tuzish va uni bezash usullari etarli darajada chuqur o’rganilmagan deb hisoblaymiz. Shuning uchun xalqimizning asrlar bo’yi qilgan ijodiy mehnati natijasida yaratilgan amaliy san’atini ko’z qorachigidek saqlash, qadrlash va ulardan foydalanish hozirgi davrimizning eng muxim vazifalaridan biridir.
Madaniy meros va yuksak badiiylik milliy an’anani rivojlantirishga undan foydala­nish, undagi ijodiy amaliyot uslublarini joriy etish, tabiiy material bilan ishlash, kishilarda ayniqsa, yoshlarda qunt chidam, qat’iyat, xalq amaliy san’atining qizikarli o’ziga xos turlariga daxldor etish maqsadga muvofiqdir.
Tikuv tarz-tariqalarining bir qancha uslubiy xususiyatlari va tahliliga hamda ularning tayyorlanish jarayoniga asoslanib, XIX asr va XX asr boshlaridagi Buxoro zardo’zlik yodgorliklariki to’rt guruhga ajratish mumkin. XIX asrning 30—60 yillari; II—XIX asrning 70—80 yillari; III—XIX asrning 90-yillari; XX asrning birinchi o’n yilligi; IV—XX asrning ikkinchi un yilligi. Birinchi asrga oid zardo’zlik yodgorliklari, eng avvalo, o’zining oddiyligi na mukammal us-
lubga ega ekanligi bilan diqatni tortadi. Ularda aks ettirilgan islimiy kompozitsiyalar qanchalik oddiy bo’lsa, kashta gullari ham shunchalik ravon va jozibadordir. Kashtalar u qadar yirik bo’lmay, aksariyat hollarda butun maydonni bir tekisda to’ldirib turadi. Tagzaminning ma’lum kismiga kashtalar tiqilib, buyumga ortiqcha zargarlik bezaklari va taqinchoqlar bilan zeb berilmagan. Zardo’zlikda ko’pincha o’girilgan zar va kumush iplar, buyumning ayrim kismlari uchun esa eshilgan zar (kumush) ni kullanilgan. Bu davrga oid buyumlarning chok kashtalari uchun juda oddiy bo’lgan naqshlar tanlangan (mavji yak ro’ya va mavji du ro’ya, bulbulko’z, mavji chor dar chor).
O’rta Osiyoning mohir ustalari qulida barq urib gullagan Buxoro zardo’zlik san’ati o’zining badiiy qiymati bilan muhim o’rin tutadi. Necha asrlar davomida usta zardo’zlar tikishning eng ajoyib yo’llarini topdilar va uni takomillashtirdilar.
Ranglardagi nazokatni chuqur his etilgan holda ochiq rangli shoyilar zardo’zlikka tatbiq etila boshlandi. Milliy naqshlarning ayrim elementlari va kompozistion tuzilishlari beqiyos xayolot mahsuli ekanligi aslo sir emas. An’anaviy talqinlarning keng miqyosda qo’llanilishi va an’anaviy kompozistion sxemalarning mo’lligiga qaramay, bunda qotib qolgan andaza yoki shablondan asar ham ko’rmaymiz. Bular hammasi ustalarning Uzbekistan xalqlari madaniy merosi xazinasiga bebaho hissa bo’lib qo’shiladigan chinakam san’at durdonalari yaratishiga imkon beruvchi qizgin ijodiy mehnatdan darak berib turibdi.

Download 5.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling