Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


-moddaga binoan soliq solinadigan baza


Download 0.74 Mb.
bet119/195
Sana08.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1757973
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

267-moddaga binoan soliq solinadigan baza quyidagilardir:
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo’yicha — asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning o’rtacha yillik qoldiq qiymati. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang’ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to’lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlari va ishga tushirilmagan asbob-uskunalar bo’yicha — tugallanmagan qurilishning va o’rnatilmagan asbob-uskunalarning o’rtacha yillik qiymati.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha imtiyozlar mavjud. Xususan, 269-moddaga binoan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza ob’ektlarning o’rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o’rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:


1) sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va san’at tashkilotlari;
2) uy-joy-kommunal xo’jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo’jaligi korxonalari;
3) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi;
4) yangi tashkil etilgan korxonalar — davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida;
5) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini — yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling