Ishonchnomada quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lishi kerak:
ishonchnoma bergan xo’jalik sub’ekti nomi;
ishonchnomaning berilgan vaqti va amal qilish muddati;
kimga berilganligi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari;
qaysi xo’jalik sub’ektiga va nimalar olish uchun berilganligi;
ishonchnoma bo’yicha olinadigan tovar-moddiy boyliklar miqdori, summasi;
ishonchnoma bo’yicha rasmiylashtirilgan yuk xati sanasi va nomeri;
ishonchnoma xo’jalik sub’ekti rahbari, bosh buxgalteri tomonidan imzolangan va muhrlangan bo’lishi kerak.
Tovar oluvchi xo’jalik sub’ekti vakili nomiga berilgan ishonchnomaga asosan to’ldirilgan yuk xatida olinayotgan tovar nomi, miqdori, bahosi va jami chiqarilayotgan tovarlar summasi ko’rsatiladi.
Ishonchnomaga asosan tovar oluvchi xo’jalik sub’ekti vakiliga berilgan tovarlar uchun to’liq javobgarlik yuk oluvchi xo’jalik sub’ekti vakili zimmasiga o’tkaziladi, chunki tovar oluvchi xo’jalik sub’ekti vakili tovarni son va sifat jihatidan tekshirib olishi shart. Bunday tovarlar chiqarilayotganda moddiy javobgarlik bevosita ishonchnoma bergan xo’jalik sub’ekti vakiliga yuklanadi.
HISOB VARAQ-FAKTURA
Etkazib beruvchi: Norin “Tola” h/j.
Manzili: Haqqulobod shahri
Telefoni: 612-11-52
H/r: 20210000600470481001
Banki: Haqqulobod G’alla banki
MFO: 00236 INN: 200084183
|
Haridor: ________________________________
Manzili: _______________________________
Telefoni: ______________________________
H/r: ____________________________________
Banki: __________________________________
|
Do'stlaringiz bilan baham: |