Sаnоаt kоrхоnаlаridа аsоsiy fоndlаrni mоdеrnizаtsiyalаsh аsоsidа mеhnаtning fоnd bilаn qurоllаnish hоlаtini yaхshilаsh yo`llаri Reja


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


Download 102.75 Kb.
bet12/17
Sana17.06.2023
Hajmi102.75 Kb.
#1538097
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Industrial Iqtisodiyot maruza matni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori


2018-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Qayd etib o‘tilsinki, ushbu yilda respublikada qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar va bir qator normativ-huquqiy hujjatlar natijasida mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi va muayyan tartib joriy etildi, zargarlik buyumlarini sotishda chakana savdo tarmog‘i hamda ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari taqdim etildi.



Zargarlik san’atining ko‘p asrlik an’analarini tiklash va yanada rivojlantirish, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini rivojlantirish, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarning raqobatdoshligini ta’minlash, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasini (keyingi o‘rinlarda — “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchi, O‘zbekistonning turli hududlarida zargarlik san’atining ko‘p asrlik an’analarini saqlash va rivojlantirish;
ikkinchi, zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil olib borish;
uchinchi, tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, uning dizaynida talab etilayotgan yo‘nalishlar va texnologiyalarni ko‘proq o‘zlashtirish, xalqaro talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish;
to‘rtinchi, mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlarda zargarlik buyumlariga bo‘lgan narxlarni monitoring qilish, zargarlik mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish, zargarlik mahsulotlariga bo‘lgan narxlarni shakllantirishga oid maqbul mexanizmni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar berish;
beshinchi, dunyo bozorlarida raqobatbardosh bo‘lgan, yuqori likvidli zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan san’at mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini hamda zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsiyaviy izlanishlarni tatbiq etish tajribasiga ega xorijiy investorlarni jalb etish;
oltinchi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish orqali davlatdan yordam olishida ko‘maklashish, imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
yettinchi, zargarlik sanoati uchun tizimli professional kadrlar tayyorlashni tashkil etish va yangi ish o‘rinlari yaratish.
3. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 16 nafardan iborat tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisiga, zarur hollarda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi markaziy apparatining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi;
xususiy tadbirkorlar erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yo‘li orqali “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasida qatnashishlari mumkin;
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining raisi va uning o‘rinbosarlari muassislar umumiy yig‘ilishining qarori bilan saylanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga ko‘ra tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi ijro etuvchi apparatining joriy ta’minoti va faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi zargarlik sohasi tashkilotlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
5. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2018 — 2020-yillarda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi:
2018 — 2020-yillarda asosiy turdagi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
zargarlik sanoatini shakllantirish, rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash bo‘yicha kompleks tadbirlar (“yo‘l xaritasi”) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasini tashkil etish va zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va amaliy yordam ko‘rsatish Ishchi guruhi 5-ilovaga muvofiq tuzilsin.
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasini tashkil etish va zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashayotgan Ishchi guruh rahbari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova, moliya vaziri B.A. Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmurodov, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga mazkur qarorning 3- va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tadbirlarni sifatli va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi uch oy muddatda 2018 — 2020-yillarda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga oid manzilli dasturni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish bo‘yicha har yillik davlat dasturlari doirasida zargarlik va badiiy buyumlarga yaroqlilik darajasini hisobga olgan holda, zargarlik sanoati ehtiyoji uchun qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar konlarini qidirish va sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishni ta’minlasin.
9. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda zargarlik tarmog‘i uchun malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish, ilg‘or oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, shu jumladan xorijiy muassasalar negizida ularning malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. 2021-yilning 1-yanvarigacha “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga kiradigan zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin;
11. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga davlat bojini to‘lamagan holda Uyushma a’zolarining manfaatlarini ko‘zlagan ko‘rinishdagi da’vo arizalari berish, davlat organlari qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqlari berilsin.
12. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 9-kvartal, S. Yusupov ko‘chasi, 50-uyda joylashgan “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasini belgilangan tartibda telekommunikatsiya tarmoqlariga, jumladan, hukumat aloqasiga ulanishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-sonli qarorining 10-ilovasidagi “Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar” bo‘limi quyidagi mazmundagi 151 bandi bilan to‘ldirilsin:
“151. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi”.
15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.


XULOSA:
Mamlakatda mahalliy zargarlik tarmogʻini tiklash va rivojlantirish boʻyicha izchil saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallardan foydalanish imkoniyatining berilishi ishlab chiqarilayotgan mahalliy zargarlik mahsulotlari hajmini kengaytirish imkonini yaratdi.
Shu bilan birga, sohada tizimli kamchiliklarning mavjudligi investitsiyalarni faol jalb qilish, sifatli zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish, ushbu mahsulotlar eksportini kengaytirishga toʻsqinlik qilib, tarmoq rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Sifatli va raqobatbardosh zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, tarmoqqa chet el investitsiyalarini faol jalb etish, raqobatbardosh va sifatli zargarlik buyumlarini tayyorlashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, respublika zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


Download 102.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling