Sanoat korxonalari ishlab chiqarishida aylanma mablag’lar va ulardan samarali foydalanish yo’nalishlari


Download 7.94 Kb.
bet3/3
Sana23.03.2023
Hajmi7.94 Kb.
#1288775
1   2   3
Bog'liq
Sanoat korxonalari ishlab chiqarishida aylanma mablag’lardan sam-fayllar.org

Ayma = Aymo‘s*Ks / Q,

bunda:
Ayma – aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi;

Aymo‘s – aylanma mablag‘lar o‘rtacha yillik summasi;

Qmahsulot sotish summasi;

Ksdavrdagi kunlar soni (odatda, bir yildi 360, yarim yilda 180, 1 chorakda 90, 1 oyda 30 kun).
Aylanma mablag‘lar daromadliligi (Aymd) yalpi foyda summasini aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun quyidagi formula tavsiya qilinadi:
Aymd = Yalpi foyda / Aymo‘s
Aylanma mablag‘lar rentabelligi sof foydaning aylanma mablag‘lar o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Aymr = SF*100 / Aymo‘s
bunda: Aymr – aylanma mablag‘lar rentabelligi;

SF – sof foyda

Bu ko‘rsatkich korxona aylanma mablag‘larining 1 so‘miga qancha foyda olinayotganligini bildiradi.


Aylanma mablag‘larni yuklanish koeffitsiyenti aylanish koeffitsiyentiga teskari bo‘lgan qiymatdir. U sotilgan har 1 so‘m mahsulotga sarflangan aylanma mablag‘larni tavsiflaydi hamda quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
Kyuk = Aymo‘s / Q
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlariga juda ko‘p omillar ta’sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar:

Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish samarasi, ulardan foydalanishni yaxshilash tufayli kamroq iste’mol qilinishi yoki qisman ozod qilinishida aks etadi. Aylanma mablag‘lar mutlaq yoki nisbiy ozod qilinishi mumkin.


Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan ratsional foydalanishga oid turli tashkiliy-texnik chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
Nisbiy ozod qilish aylanma mablag‘lari hajmining o‘zgarishi hamda sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida aylanma mablag‘larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo‘yicha haqiqiy aylanish hamda o‘tgan davrdagi aylanishni (kunlarda) inobatga olgan holda hisoblash zarur. Ular o‘rtasidagi farq ozod qilingan vositalar miqdorini beradi.
http://fayllar.org
Download 7.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling