Sanoat korxonalari va iste’molchilarning elektr yuklama grafiklari
M isol: Quyidagi ko‘rsatilgan grafik uchun o‘rtacha quvvatni aniqlang: a) O‘rta kvadradratik quvvat
Download 50.4 Kb.
|
4-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol
M isol: Quyidagi ko‘rsatilgan grafik uchun o‘rtacha quvvatni aniqlang:
a) O‘rta kvadradratik quvvat. O‘rta kvadratik aktiv reaktiv quvvat va tok quyidagicha aniqlanadi. T-yuklamalarni ko‘rib chiqiladigan vaktlari Q -reaktiv quvvat elektr energiya isrofini kamaytirish bilan oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Misol: YUqorida keltirilgan grafik uchun o‘rtacha kvadrat yuklama miqdorini aniqlang. b) Maksimal yuklamalar. kabilar bilan belgilanadi va bu yuklamalar ikki turga bo‘linadi. 1. Maksimal o‘zak davomiy yuklamalar (10,15,30,60,120 min)bo‘lib,elektr ta’minoti tizimining elementlarini kizish bo‘yicha salt ishlash va maksimal isrofi bo‘yicha hisoblash. 2. Maksimal Qisqa vaktli elektr yuklamalar (pikli)davomiyligi 1-2 soat bo‘lib,kuchlanish o‘zgarish,tarmokda kuchlanishni isrofini elektr dvigatellari o‘z o‘zini ishga tushurish,eriydigan saqlagichlarni tanlash maksimal tokli himoya ishlatish tokini tiplash kabilardir. v) Hisobiy yuklamalari. Hisobiy yuklama deb shunday yuklamaga aytiladiki:uzok davom etadigan o‘zgarmaydigan yuklamalar bo‘lib, og‘irlik-issiklik sharoiti ta’siriga ekvivalent bo‘lgan yuklamaga aytiladi. Zamonaviy sanoat korxonasining elektr ta’minoti tizimini loyihalashda echilishi kerak bo‘lgan murakkab texnik-iqtisodiy masalalarning asosini kutilayotgan elektr yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash tashkil etadi. Elektr yuklamalarni hisoblash har qanday elektr ta’minlash tizimini loyihalashda birinchi bosqich hisoblanadi. Elektr yuklamalarning ko‘rsatkichlari elektr tizimiga sarf bo‘ladigan kapital mablag‘lar, rangli metallar sarfi, elektr energiyasining nobudgarchiligi va ekspluatatsiya xarajatlarini belgilaydi. Agar hisobiy quvvatni oshirib aniqlansa, kapital mablag‘larning ortishiga, tanqis bo‘lgan elektr qurilmalar va o‘tkazgichlarning to‘la imkoniyat darajasida ishlamasligiga va elektr energiyasining nobudgarchiligi oshishiga sabab bo‘ladi. YUklamani kamaytirib aniqlash esa, elektr qurilmalarining tez ishdan chiqishiga, ayrim agregatlar ish unumdorligining kamayishiga, elektr ta’minoti tizimida nobudgarchiliklarning oshishiga, elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarining yomonlashishiga va elektr ta’minoti tizimining ishonchliligining kamayishiga olib keladi. SHuning uchun kutilayotgan yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash elektr ta’minoti tizimini optimal loyihalashtirishning asosiy omilidir. Hisobiy aktiv quvvat sifatida shunday davomli o‘zgarmas yuklama qabul qilinadiki, uning ta’sirida o‘tkazgich haroratining oshishi yoki izolyasiyaning issiqlikdan eskirish darajasi kutilayotgan o‘zgaruvchan yuklamadagiga ekvivalent bo‘ladi. Smena davomida ma’lum vaqt oralig‘i (10 min. yoki 30 min. yoki 60 min. yoki.....) uchun olingan barcha o‘rtacha quvvatlarning eng kattasi maksimal quvvat sifatida qabul qilinadi. Elektr ta’minoti tizimining elementlarini ularning qizishi nuqtai nazaridan qabul qilinsa, hisobiy quvvat sifatida 30 minutli maksimal yuklama olinadi. Bu vaqt oralig‘i ko‘ndalang kesim yuzasi kichik va o‘rta bo‘lgan o‘tkazgichlarining qizish vaqt doimiyligiga yaqin hisoblanadi. Agar sex tarmoqlari o‘tkazgichlarining qizish vaqt doimiyligi 0,5 soatdan katta bo‘lsa, maksimum koeffitsientining miqdori quyidagi munosabat orqali qayta hisoblanadi: Bu yerda: Km-maksimum koeffitsientining vaqt doimiyligi 0,5 soat bo‘lgandagi qiymati; Km t - maksimum koeffitsientining vaqt doimiyligi t bo‘lgandagi qiymati. Download 50.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling