Sanoat korxonalari xonalari havosidagi zararli chang va zaharli moddalarning konsentrasiyasini


ISH JOYLARINI ZAHARLI GAZLAR BILAN IFLOSLANGANLIK


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana21.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1793303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-tajriba ishi. Sanoat korxonalari xonalari havosidagi zararli chang va zaharli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash — копия

 
ISH JOYLARINI ZAHARLI GAZLAR BILAN IFLOSLANGANLIK 
DARAJASINI ANIQLASH
 
Ishning maqsadi: Ish joylarining Zaharli gazlar bilan ifloslanish sabablari
ifloslanganlik darajasini aniqlash usullari va asboblari bilan tanishish, Zaharli gazlar 
kontsentratsiyasini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish. GOST 
12.1.007.76 ga asosan zararli moddalarning organizmga ta’sir qilish darajasi. 
Mashg‘ulot rejasi:
1. Umumiy ma’lumotlar
2. Zaharli gazlar kontsentratsiyasini aniqlash usullari.
3. Ishni bajarish tartibi. 
4. Hisobot tarkibi. 
Kerakli jihozlar: Portativ Gaz Detektori SKY2000 modeli hamda 
Portativ KANE975 Sanoat chiqindi gaz va tutun gazanalizatorlari, Zaharli 
gazlarning ruxsat etilgan miqdori keltirilgan jadvallar. 
Topshiriqlar:
1.Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan Zaharli gazlar va ularning ruxsat etilgan 
miqdori bilan tanishing.
2.Gaz analizatorining tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishing.
3.Gaz analizatori yordamida belgilangan ish joyi havosi tarkibidagi Zaharli 
gazlar turini va miqdorini aniqlang. 
4.Olingan natijalar Zaharli gazlarning ruxsat etilgan miqdori bilan solishtirib, 
ish joyi holatini baholang. 



5. 
Quyida 
ko‘rsatilgan 
tarkibda 
hisobot 
tayyorlab 
topshiring.
Tayanch iboralar: zararli omil, ruxsat etilgan miqdor, gazanalizator
kontsentratsiya. 
Umumiy ma’lumotlar
Ishlab chiqarishda ko‘pgina texnologik jarayonlar Zaharli gazlar ajralib 
chiqishi bilan amalga oshadi. Ushbu Zaharli gazlarning turi va miqdori ishning 
turiga, ishlab chiqarish texnologiyasiga va mexanizatsiya darajasiga bog‘lik bo‘lib 
inson organizmiga turlicha ta`sir etadi va turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladi.
Ma’lumki, ko‘pgina zararli moddalar harorat oshishi bilan suyuk va qattiq 
holatdan bug‘ yoki gaz holatiga o‘tadi va nafas olish a’zolari orqali inson sog‘ligiga 
salbiy ta`sir etadi. Nafas olish a’zolari orqali o‘tgan Zaharli gazlar havo bilan qonga 
so‘riladi. Bu esa ushbu gazlarning inson organizmiga salbiy ta`sirini boshqa yo‘llar 
bilan o‘tganiga nisbatan 20 martagacha kuchaytiradi. Masalan, avtomobil’ yoqilg‘isi 
uy haroratida 1 m
2
yuzadan 400 gr/soat tezlik bilan bug‘lanadi. Shu sababli boshqa 
neft’ mahsulotlariga nisbatan u kuchli zaharlanishga olib keladi. Agar havo tarkibida 
benzin bug‘larining miqdori 3…4 g/m
3
bo‘lsa, bunday sharoitida 2…3 minutdan 
keyin insonda kuchli yo‘tal boshlanadi, ko‘zi yoshlanib yurish holati buziladi. 
Benzin bug‘larining miqdori 30..40g/m
3
bo‘lsa inson 3-4 nafasdayoq hushidan 
ketadi va u kuchli zaharlanadi. Bundan tashqari ayrim texnologik jarayonlar vaqtida 
ajralib chiqadigan serovodorod va ammiak gazlari ham xavfli hisoblanadi, ularning 
ma`lum miqdordagi kontsentratsiyasi portlashga ham olib kelishi mumkin. Masalan, 
ammiak bug‘larining havo tarkibidagi kontsentratsiyasi 16..27%, benzin 
bug‘lariniki esa 0,76…5,03 % bo‘lganda, bunday havo muhiti portlashga xavfli 
hisoblanadi. Shu sababli Zaharli gazlar va bug‘lar ajralib chiqishi ehtimoli bor 
bo‘lgan barcha ish joylarining havosi davriy ravishda tekshirilib turilishi va olingan 
natijalar sanitar-gigienik me`yorlar asosidagi ruxsat etilgan miqdor bilan 
solishtirilib, uni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling