Sanoat korxonalarida asosiy fondlarni modernizatsiyalash asosida mexnatning fond bilan qurollanish xolatini yaxshilash yo‘llari


Asosiy fondlardan foydalanish ko'rsatkichlari


Download 0.59 Mb.
bet4/5
Sana22.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1376971
1   2   3   4   5
Asosiy fondlardan foydalanish ko'rsatkichlari
Asosiy fondlarni ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish majmuasi rejali- oldini oluvchi ta'mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o'tkazilishini qayd qilish jurnallari mavjud bo'lib, ularda profilaktika va ta'mirlash tadbirlarini o'tkazish tartibi va grafigi belgilab qo'yiladi.
Ta'mirlash ishlari tufayli korxona asosiy fondlarning joriy ekspluatatsiyaga tayyorligini ta'minlaydi. Biroq shu bilan bir qatorda korxona asosiy fondlarni yara- tish, foydalanish, amortizatsiya, qayta tiklash kabi bosqichlarni o'z ichiga oluvchi takror ishlab chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi lozim. Bu bosqichlarni quyidagi chizma yordamida aks ettirish mumkin
Ishlab chiqarish quvvatining mohiyati va hisoblash usullari
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol' o'ynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenk­latura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha potentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati - bu, ma'lum bir vaqt davomida ilg'or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg'or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo'lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko'ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko'rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o'rtasidagi o'zaro nisbatiga ko'ra aniqlanadi.
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash yo'llari
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida chegaralangan resurslar doirasida mavjud barcha resurslardan oqilona foydalanish korxonalar ish samaradorligini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu boisdan, paxta tozalash korxonalarida ham ishlab chiqarish quvvatidan imkon boricha maksimal foydalanish zarur bo'ladi. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish deganda qo'shimcha mablag'larni jalb etmasdan mahsulot hajmi va sifati oshishi, uni ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirilishi tushuniladi. Bu esa, o'z navbatida mavjud asbob-uskunalardan e
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling