Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/45
Sana27.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1300477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)

2
 (mlrd. so’m)  
2012  
2013  
2014  
2015  
32578,6
40500,3
48259,5
55206,5
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston sanoatining asosiy fondlari juda tez 
sur’atlar bilan o’smoqda. Bu o’sish MDH davlatlarining o’rtacha o’sish 
sur’atlaridan anchagina tez va sifatliroqdir.
Hukumatimiz tomonidan jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan 
mashina-uskunalarini jadal yangilash masalariga alohida e’tibor qaratilib me’yoriy 
hujjatlar qabul qilingan
3
. Ushbu me’yoriy hujjatga binoan “Korxonalarda 
zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan texnologiyalarni 
2
Ўзбекистон саноати. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Статистик тўплам. Тошкент 
2016. Б.45.
3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 22.12.2016 й.даги “Саноат тармоқлари корхоналарининг 
жисмоний ишдан чиққан ва маънавий эскирган машина-ускуналарини жадал янгилаш, шунингдек, ишлаб 
чиқариш харажатларини камайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-2692-сон Қарори



ildam sur’atlar bilan o’zlashtirish, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini yanada oshirish, shu asosda 
sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishini va eksport salohiyatining o’sishini 
ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi 
standartlarining iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida: ...sanoat 
tarmoqlari korxonalari texnologik jihozlari va texnologiyalarining texnik auditini 
o’tkazish ...va texnik audit natijalarini o’rganish asosida 2017 — 2020 yillar 
davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy 
eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan o’tganlari bilan 
almashtir...”
4
ish nazarda tutilgandir.
Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish 
kerak bo’ladi.
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish 
vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga 
bo’linadi:
1. 
Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitekturaqurilish 
obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar
omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.
2. 
Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va mehnat 
buyumlarini o’zgarishi bilan bog’lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan 
muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko’priklar va h.k.).
3. 
Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi uskunalar.
4. 
Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:

energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga 
mo’ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va 
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari);
4
O’sha yerda




ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita 
ta’sir o’tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli 
yordamchi asbob-uskunalar: o’lchov va to’g’rilash asbobuskunalari, laboratoriya 
asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi.
5. 
Transport vositalari.
6. 
Har xil asboblar.
7. 
Ishlab chiqarish inventarlari.
8. 
Xo’jalik inventarlari.
9. 
Boshqa asosiy fondlar.
10-jadval Sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining turlari va sanoat 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling