Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining o‘zgarish tamoyillari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/45
Sana27.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1300477
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)

 
Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining o‘zgarish tamoyillari. 
Korxona foydalanadigan ko‘plab resurslar miqdori, ya’ni jonli mehnat, xom-
ashyo, yonilg‘i va energiya sarflari tovar hajmining o‘zgarishiga tez va oson ta’sir 
qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar hajmi o‘zgarishi uchun uzoq vaqt talab 
qilinadi. Masalan, og‘ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha 
uzoq vaqt oralig‘ida mahsulot miqdori o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin. Demak, 
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan 
pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli vaqt 
omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda 
alohida tahlil qilinadi. 
Korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda faqat o‘zining 
o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli 
xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, 
mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan 
foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. 
Boshqacha aytganda qisqa davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish 
quvvatlari o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va 


102 
boshqa resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali o‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud 
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin. 
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun 
band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini 
taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib 
chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmog‘ida kiyim-kechak ishlab 
chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo‘shimcha tikuv mashinasi o‘rnatish bilan 
o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish 
mumkin. Og‘ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha 
yil talab qilinadi.
Biz bilamizki, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd 
qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan 
ishlab chiqarish xajmini o‘zgartirishi mumkin. Bu yerda shunday savol tug‘iladi: 
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) ko‘proq va yanada 
ko‘proq miqdorda o‘zgaruvchi resurslarni qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab 
chiqarish hajmi qanday o‘zgarib boradi? 
Bu savolga javobni eng umumiy holda samaraning kamayib borishi qonuni 
beradi. Bu qonunga binoan,ma’lum davrdan boshlab; korxonaning ishlab chiqarish 
quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi resurslar birligini (masalan, 
jonli mexnat) ketma-ket qo‘shib borish, xar bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi 
qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shimcha mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, 
agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab 
chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmini o‘sishi 
tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni 
keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning doimiy miqdorigi 
(masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov 
bermasa, bir gektar yerdan 40 sentner hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga 
qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosil 50 s.ga ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi 


103 
ishlov berish hosilni 57 s. ga, uchinchisi - 61 s.ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s.gacha 
ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar faqat juda kam yoki nolga teng 
bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. 
Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, samaraning kamayib borish qonuni, 
o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jixatdan
bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni har bir qo‘shimcha jalb qilingan ishchi bir 
xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb 
hisoblanadi. 
Demak qo‘shimcha mahsulot, keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega 
bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar) ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p 
miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling