Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va
Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)
Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda
ifodalanishi foyda normasi deyiladi. Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir. Bular quyidagicha aniqlanadi: 1. R'=(P/W)*100 bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari; 2. R'=(P/Kavans)*100 bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati. Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi. Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning 105 foyda normasi ko‘rsatgichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi. 2000 yilda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelgan 169 ming korxonalar yil yakuni bo‘yicha 307,6 mlrd. so‘m foyda olgan bo‘lsa, ulardan 139 korxona 24,7 mlrd. so‘mlik zarar ko‘rgan. Butun olingan foydaning 35 foizi sanoat, 20,3 foizi transport, 11,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanish va 5,2 foizi qurilish korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelgan 1 . 1 Макроиқтисодиёт ва статистика вазирлиги статистика департаменти маълумотларидан олинган. 106 Xulosa Shuni aytishimiz joizki xar bir firma bozor iqtisodiyotida o`z o`rniga ega bo`lishi uchun birinchi navbatda raqobat bardosh xamda xamyonbob sifatli maxsulot ishlab chiqarishni yolga qoyish lozimfirma raxbarining maqsadi faqat katta daromad olish boilibgina qolmay xalq manfatlaarini o`ylashi kerak. Maxsulot tannarxiga ucha katta bolmagan miqdorda narx qoyish kerak. Shunda ishlab chiqargan xar bir maxsuloti xaridorlarga xarid qilishiga qulay bo`ladi. Korxona ishlab chiqarayotgan maxsulotini talab miqdoriga qarab belgilangan xajimda ishlab chiqarishi maqsadga muxofiq. Firma eng avallo ish faoliyatida tajribali xodimlar bilan ta`minlanishi zarur. Shu bilan bir qatorda olinga daromaddan samarali foydalanish darkor. Xar bir ishlab chiqarayotgan tovar va xom ashyosini reklamasi va uning sifatiga e`tabor qaratish lozim. Shunda korxonaning tovar aylanmasi normal darajadi bo`ladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling