Sanoat korxonalarining Daromadi va samaradorligi


Download 10.28 Kb.
bet1/4
Sana14.11.2023
Hajmi10.28 Kb.
#1772475
  1   2   3   4
Bog'liq
SI va M slayd

Sanoat korxonalarining Daromadi va samaradorligi

Reja

  • Foyda ko’rsatkichi – samaradorlik ko’rsatkichi.
  • Rentabellik ko’rsatkichi – Korxona xo’jalik faoliyati Samaradorlik nisbiy ko’rsatkichi.
  • Menejment samaradorligi tushunchasi. Menejment samaradorligininG iqtisodiy ko’rsatkichlari tizimi.

Foyda ko’rsatkichi – samaradorlik ko’rsatkichi

  • Korxona iqtisodiy rivojlanishining asosiy manbasi foyda hisoblanadi. Foyda ko’rsatkichi korxona ishlab chiqarish va moliyaviy holatini baholash uchun muhim hisoblanadi. Foyda korxona ishining samaradorlik ko’rsatkichi va uning hayotiy faoliyati manbasi hisoblanadi.
  • Bu ko’rsatkich quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • Iqtisodiy sanksiyalar va zararlarni qoplash yig’indisi;
  • Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yilgi daromadlar (zararlar);
  • Tabiiy ofatlar zararlari;
  • Debitor qarzdorligi va boshqa qarzlar yo’qotuvlari;
  • Ijaraga berilgan mulk daromadi;
  • Aksiyalar, obligatsiyalar, qimmatli qog’ozlar dividendlari;
  • Qonunga asosan foyda va zararlar hisobiga tegishli boshqa daromadlar, xarajatlar va yo’qotuvlar.

Rentabellik ko’rsatkichi – korxona xo’jalik faoliyati samaradorlik nisbiy ko’rsatkichi


Korxonalar xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasini ifodalovchi ko’rsatkichlardan biri nisbiy ko’rsatkich – rentabellik darajasi ko’rsatkichidir. Bu ko’rsatkich hosil qilngan foyda summasidan mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni yoki ishlab chiqarish resurslarini solishtirish imkoniyatini beradi. Bu ko’rsatkichda korxonalar xo’jalik faoliyatining ko’p qirralari (mehnat unumdorligi darajasi, material xarajatlari, so’m aylanishi, asosiy fondlardan foydalanish) o’z aksini topadi.
Korxona moliyaviy natijalar shaklida foydani aniqlash usullari:
  • Yalpi foyda = Sof tushum – Sotilgan mahsulot tannarxi.
  • Asosiy faoliyat bo’yicha foyda = Yalpi foyda – Davr xarajatlari + Boshqa daromadlar – Boshqa xarajatlar

Download 10.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling