Reja - Foyda ko’rsatkichi – samaradorlik ko’rsatkichi.
- Rentabellik ko’rsatkichi – Korxona xo’jalik faoliyati Samaradorlik nisbiy ko’rsatkichi.
- Menejment samaradorligi tushunchasi. Menejment samaradorligininG iqtisodiy ko’rsatkichlari tizimi.
Foyda ko’rsatkichi – samaradorlik ko’rsatkichi - Korxona iqtisodiy rivojlanishining asosiy manbasi foyda hisoblanadi. Foyda ko’rsatkichi korxona ishlab chiqarish va moliyaviy holatini baholash uchun muhim hisoblanadi. Foyda korxona ishining samaradorlik ko’rsatkichi va uning hayotiy faoliyati manbasi hisoblanadi.
- Bu ko’rsatkich quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Iqtisodiy sanksiyalar va zararlarni qoplash yig’indisi;
- Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yilgi daromadlar (zararlar);
- Tabiiy ofatlar zararlari;
- Debitor qarzdorligi va boshqa qarzlar yo’qotuvlari;
- Ijaraga berilgan mulk daromadi;
- Aksiyalar, obligatsiyalar, qimmatli qog’ozlar dividendlari;
- Qonunga asosan foyda va zararlar hisobiga tegishli boshqa daromadlar, xarajatlar va yo’qotuvlar.
Rentabellik ko’rsatkichi – korxona xo’jalik faoliyati samaradorlik nisbiy ko’rsatkichi
Korxonalar xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasini ifodalovchi ko’rsatkichlardan biri nisbiy ko’rsatkich – rentabellik darajasi ko’rsatkichidir. Bu ko’rsatkich hosil qilngan foyda summasidan mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni yoki ishlab chiqarish resurslarini solishtirish imkoniyatini beradi. Bu ko’rsatkichda korxonalar xo’jalik faoliyatining ko’p qirralari (mehnat unumdorligi darajasi, material xarajatlari, so’m aylanishi, asosiy fondlardan foydalanish) o’z aksini topadi.
Korxona moliyaviy natijalar shaklida foydani aniqlash usullari:
- Yalpi foyda = Sof tushum – Sotilgan mahsulot tannarxi.
- Asosiy faoliyat bo’yicha foyda = Yalpi foyda – Davr xarajatlari + Boshqa daromadlar – Boshqa xarajatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |