Sanoat portlovchi moddalari detonatsiyasining fizik mohiyati va uning parametrlarini aniqlash


Sanoat portlovchi moddalari portlaganda ajralib chiqadigan zaharli gazlar va


Download 315.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.05.2023
Hajmi315.08 Kb.
#1449031
1   2
Bog'liq
4-maruza-1

 
Sanoat portlovchi moddalari portlaganda ajralib chiqadigan zaharli gazlar va 
ularning xossalari 
Sanoat portlovchi moddalari portlagandan ajralib chiqadigan zaharli gazlar 
va ularning xossalari. Sanoat portlovchi moddalari portlaganda ma’lum miqdorda 
quyidagi zaharli gazlar ajralib chiqadi: 
Uglerod oksidi; 
Azot oksidlari; 
Oltingugurt angidridi; 
Oltingugurtli vodorod; 
Simob bug’lari; 
Is gazi (karbonat angidrid). 
Uglerod oksidi (CO) rangsiz, hidsiz gaz bo’lib, havoga nisbatan zichligi 
𝜌 
=0,967. +15
o
C haroratli suvda eriydi. Uglerod oksidining havo bilan aralashmasi 
portlash xususiyatiga ega 12,5-74,2% bo’lsa portlaydi. Uglerod oksidi havo 
tarkibida kam miqdorda bo’lganda, kuchli bosh og’rig’I, ko’p miqdorda bo’lganda 
esa zaharlanish oqibatida hishsizlanish, sudirgi berish, havo yetishmasligi va bosh 
aylanishi kuzatiladi. Uglerod oksidi bilan zaharlangan odamni toza havoga zudlik 
bilan olib chiqish, yurak to’xtashi kuzatilganda esa sun’iy nafas berish lozim. 
Uglerid oksidining atmosfera tarkibida ruxsat etilgan qiymati 0,0016% dan 
oshmasligi shart. Havo tarkibida uning miqdori 0,017% ga yetganda zaharlanish 
belgilari kuzatiladi. 0,05% bo’lganda bir marta nafas olganda ham zaharlanish 
kuzatiladi. 
Atmosfera tarkibida 0,13%ga yetganda xavfli zaharlanish kuzatiladi. 0,42% 
ga yetganda o’lim bilan tugaydi. 


Azot oksidlari uglerod oksididan ham xavfliroq, zaharliroq bo’lib, kuchli 
hidga ega, rangi qo’ng’ir sariq. Portlatish ishlaridanso’ng azot oksidi NO 
ko’rinishida ajralib chiqib, atmosfera tarkibidagi kislorod bilan birikib NO
2
yoki 
N
2
O
4
gaziga aylanadi. Havo tarkibida namlik mavjud bo’lganda hamda kon 
hajmini devorlaridagi namlik bilan birikib azot kislotasini hosil qiladi. Havo 
tarkibida 0,02% bo’lganda qisqa muddatli nafas olishda ham o’lim bilan tugaydi. 
Azot oksidining ruxsat etilgan miqdori 0,0001%. 
Oltingugurt angidridi rangsiz gaz bo’lib, nordon ta’mga ega va kuchli zaharli 
gaz hisoblanadi. Namlik bilan birikib, oltingugurtli kislotani hosil qiladi. Havo 
tarkibidagi miqdori 0,03% bo’lganda inson hayoti uchun xavfli, ruxsat etilgan 
miqdori 0,0007%. 
Oltingugurtli vodorod (H
2
S) rangsiz, aynigan tuxumning hidi keladigan 
shirin ta’mli gaz. Havo tarkibida 4,6% dan 46%gacha bo’lganda portlash 
xususiyatiga ega, 0,05% bo’lganda inson hayoti uchun xavfli, ruxsat etilgan 
miqdori 0,00066%. 
Simob bug’lari rangsiz, hidsiz va ta’msiz gaz bo’lib, markaziy nerv 
sistemasi va buyrakda og’riq bo’lishi bilan kechadi. Ruxsat etilgan miqdori 
0,00001 mg/litr, yoki 0,0000008%ga teng. 
Is gazi (CO
2
) zaharli emas, lekin yer ostida ishlovchilar uchun xavfli. 
Zaharlanish kuzatilmaydi. CO
2
ning konsentratsiyasi ko’p bo’lganda yurak urish 
ritmi o’zgaradi. Bosh og’rishi, quloq bitib qolishi kuzatiladi. 

Download 315.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling