Sanoat tarmoq tuzilishining ko’rsatkichlari
Download 100.37 Kb.
|
sardor referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O’zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasi xususiyatlari
- Qisqacha xulosalar
* - ma’lumot yo’q O’zbekiston sanoatining 1900-2014 yillardagi tarmoq tuzilmasining iqtisodiy tahlili hozirgi sharoitda O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishida fantexnika taraqqiyotini jadallashtirishni ta’minlaydigan tarmoqlar rivojining yuqori sur’atlar va keng ko’lami taqozo qilgan progressiv o’zgarishlar ro’y berayotganidan dalolat beradi. 4. O’zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasi xususiyatlariXXTUT - Xalq xo’jaligi tarmoqlarining umumdavlat tasniflagichi, hukumat qarorlari asosida ishlab chiqilgandir. XXTUTning maqsadi - xalq xo’jaligini boshqarishda axborotni qayta ishlash, hamda boshqaruvning har qanday darajasida har qanday vazifani yechish va axborot bilan ta’minlashdir. XXTUT funksiyalar xarakterlariga binoan tarmoqlar bo’yicha faoliyat turlarining guruhlari rolini bajaradi, bu rol ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida amalga oshiriladi. Klassifikator yordamida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida shakllanadigan iqtisodiyot tarkibi o’zlashtiriladi, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanish darajasi, ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlanish darajasi xarkterlanadi. XXTUT xalq xo’jaligi rivojida tarmoqlararo aloqalar va mutanosibliklarni ilmiy tahlilini taqdim etish, ijtimoiy ishlab chiqarish natijadorligi va ijtimoiy mehnatning foydalilik koeffitsiyentini qiyoslash, hamda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tasniflovchi rejadagi va hisobot ko’rsatkichlarini muvofiqlashtirish maqsadida korxonalar va tashkilotlarni tarmoqlar bo’yicha guruhlashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslanib shakllanadigan iqtisodiyotning yirik tarmoqlarida bir tipdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar jamlanmasini tashkil etuvchi yoki ma’lum bir ijtimoiy funksiyalarni bajarishga mujassamlashgan qo’shma muassasalarni birlashtiruvchi mayda tarmoqchalar paydo bo’ladi. Mustaqil balansga ega tashkilot yoki muassasa tarmoqning tasnifiy birligi hisoblanadi. Har bir tashkilot birligi asosiy faoliyat turi xarakteridan kelib chiqib iqtisodiyotning u yoki bu tarmog’iga biriktirilishi mumkin. Xalq xo’jaligi tarmoqlarining umumdavlat tasniflagichiga binoan sanoat quyidagi yirik tarmoqlarga bo’linadi: Yoqilg’i-energetika Metallurgiya Kimyo va neft-kimyo sanoati Mashinasozlik va metallga ishlov berish O’rmon, yog’ochni qayta ishlash va Selluloza-qog’oz sanoati Qurilish materiallari sanoati Yengil sanoat Oziq-ovqat sanoati O’z navbatida ushbu tarmoqlar tarkibida quyidagi kichik tarmoqlar mavjud: Yoqilg’i-energetika elektroenergetika yoqilg’i sanoati ko’mir sanoati Metallurgiya qora metallurgiya rangli metallurgiya Kimyo va neft-kimyo sanoati kimyo sanoati neft-kimyo sanoati Mashinasozlik va metallga ishlov berish mashinasozlik dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati traktor va qishloq xo’jalik mashinasozligi qurilish, yo’l va kommunal mashinasozlik engil va oziq-ovqat sanoati mashinasozligi hamda maishiy priborlar ishlab chiqarish metall konstruksiya va buyumlar sanoati mashina va uskunalarni ta’mirlash O’rmon, yog’ochni qayta ishlash va Selluloza-qog’oz sanoati Yog’och tayyorlash sanoati Yog’ochni qayta ishlash sanoati Selluloza-qog’oz sanoati O’rmon-kimyo sanoati Qurilish materiallari sanoati Sement sanoati Yig’ma temir-beton va beton konstruksiyalari hamda buyumlari sanoati Devor materiallari sanoati Noruda qurilish materiallar sanoati Tabiiy toshni qazib olish va undan qoplama materiallar tayyorlash Yengil sanoat To’qimachilik sanoati Tikuvchilik sanoati Charm, mo’yna va poyafzal sanoati Oziq-ovqat sanoati Oziq-ovqat sanoati Go’sht va sut sanoati Baliqchilik sanoati Mikrobiologiya sanoati Un, yorma va kombikorm (aralash ozuqa) ishlab chiqarish sanoati Quyida har bir tarmoq ichidagi kichik tarmoqlar va ularning tarkibiga kiruvchi kichik tarmoqchalar va ular tarkibidagi korxonalar funksiyalari yoritilgan:
Qisqacha xulosalarSanoat juda ko’p tarmoqlardan iborat bo’lib, ularning har biri korxonalar yig’indisidan tashkil topadi. Tarmoq hosil bo’lishi uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo’ladilar. Sanoat tarmoqlari o’rtasidagi ishlab chiqarishning o’zaro aloqadorligi va ularning takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan miqdoriy nisbatlari tarmoq tarkibini tashkil etadi. U sanoat taraqqiyotida ro’y beradigan texnika va texnologiya rivojining darajasi, ijtimoiy-tarixiy shartsharoitlar bilan bog’liq ravishda o’zgaradi. Turli sanoat tarmoqlari o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari o’zaro mahsulot almashish, tajribalarni o’rganish bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish taraqqiyotining istiqbolini aniqlash, hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, uning ahvolini tahlil etish maqsadida sanoat tarmoqlari guruhlarga ajratiladi. Guruhlarga ajratishning eng muhim tamoyili tayyorlanadigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligidir. Sanoat tarmoq tuzilmasining o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: birinchidan fan-texnika taraqqiyoti; ikkinchidan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari – konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kobinatlashtirish hamda hududiy joylashtirish. Respublika iqtisodiyotida va uning yetakchi tarmog’i bo’lgan sanoat sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy siljishlar yaqin kelajakda milliy iqtisodiyot salohiyatini yanada yuqori darajaga ko’tarish va sanoatning eksport ustunligini ta’minlash uchun juda katta imkoniyatlar yaratib beradi. ADABIYOTLAR RO’YXATI: Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги 07.02.2017 йилдаги ПФ-4947-сон Фармони Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. –Т.: Ўзбекистон, 2017. 488-б. Мирзиёев Ш.М.Ўзбекистон Республикаси Президентининг Олий Мажлисга мурожаатномиси. // Халқ сўзи. 2017 йил 23 декабрь. Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – 220 бет. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1 жилд. – Т.: «Давлат илмий нашриёти», 2000. – 288 бет Тўхлиев Н. Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёти .– Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1998. – 240 бет. Гаибназарова З.Т. Инновацион инвестициялаштириш самарадорлигини ошириш.- Т.: ТошДТУ, 2013.-124 б. Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. 144 бет. Ўзбекистон Саноати. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. 144 бет. 10. Lex.uz va Arxiv.uz cайти 1 2 3 Download 100.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling